!
75
?
* * *
Oxir zamon shayxlaridin so‘zloyin,
Iymon-islom bilmay shayxliq qilor ermish,
Ilm o‘rganmay, amal qilmay, ma’ni uqmay,
Oxiratda qaro yuzluk bo‘lor ermish.
O‘ylab ko‘ring:
Ahmad Yassaviy bundan to‘qqiz asr ilgari ko‘targan masalalarning
hali ham dolzarbligini qanday izohlaysiz?
XI-XII asrlarda pand nasihat – didaktik yoʻnalishdagi asarlarga ehtiyoj
“Qutadg‘u bilig” (“Saodatga eltuvchi bilim”, Yusuf Xos Hojib), “Hibat ul-
haqoyiq” (“Haqiqatlar armug‘oni”, Ahmad Yugnakiy) kabi asarlarning yu-
zaga kelishiga rag‘bat berdi. “Qutadg‘u bilig”da davlatni boshqarish qoi-
dalari, odob, axloq, adolat, insonparvarlik, sabr kabi bugungi kun uchun
ham o‘ta muhim bo‘lgan masalalar muayyan voqelikka asoslangan syu-
jetlar va ramziy obrazlar orqali ifodalansa, “Hibat ul-haqoyiq”da muallif
ilm, ma’rifat, saxiylik, baxillik, kamtarlik va inson odobini belgilaydigan
shirinsuxanlik kabi muammolarga e’tibor qaratadi.
Amir Temur tomonidan qurilgan Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi.
Turkiston shahri (Qozog‘iston)
76
* * *
Bilikli kishi ko‘r bilur ish o‘zin,
Bilib etar ishni o‘kunmas kendin.
Ne turluk ish ersa biliksiz oʻngi,
O‘kunch ul anga yo‘q unga anda oʻndin.
* * *
O‘chukturma erni tiling, bil, bu til
Bajaq tursa, butmas, butar o‘q bashi.
* * *
Bilimli kishi o‘z ishini bilib qiladi,
Bilib qilgan ishiga keyin o‘kinmaydi.
Har qanday ish bilimsizga oʻng ko‘rinadi,
Unga o‘kinchdan boshqa chora yo‘q.
* * *
Tiling bilan o‘ch hissini qo‘zg‘ama,
Bil: o‘q yarasi butub ketadi-yu,
lekin til yarasi bitmaydi.
Ahmad Yugnakiy
Do'stlaringiz bilan baham: |