Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor. Reja


Yosh ijodkorlar faoliyati


Download 112.15 Kb.
bet22/22
Sana08.01.2022
Hajmi112.15 Kb.
#254908
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Yosh ijodkorlar faoliyati
Zamonaviy o`zbek she’riyati
Guljamol Asqarova ijodi
Nazarimda, she’r tug`ilishi uchun shoir ruhini larzaga soladigan kuch kerak. Dard, iztirob, yorug` tuyg`ular lozim. She’r iztirob bo`g`zingga tiqilganida yoziladi, quvonch ruhni ko`kka parvoz ettirganida, zavqu shavqqa to`ldirganida yoziladi…”

G. ASQAROVA

Iste’dodli shoira Guljamol Asqarova 1978 yil 5 mart kuni Samarqand viloyati, Kattaqo`rg`on tumani, Beshdarg`at qishlog`ida tug`ilgan. O`zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi. 2001 yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. «Dil fasli», «Ro`shnolik», «Bedor qo`ng`iroq»,» Baxt dastxati» va boshqa she’riy kitoblari nashr etilgan.Shoira o`zi haqida quyidagilarni aytgan:

— Mashqlarim tuman gazetasida chiqib turardi. Ammo men respublika matbuotini ko`zlardim… «Saodat» jurnalida she’rlarim nashr etilganida endi zo`r shoira bo`ldim, deb o`ylaganman, ko`chada ko`rgan har bir odam mening she’rimni o`qigan bo`lsa kerak, ismimni bilsa kerak, degan bolalarcha sodda va g`o`r fikrda bo`lganman. Har bir ijodkorda ma’lum ma’noda xudbinlik, o`zini qattiq yaxshi ko`rish tuyg`usi bo`ladi. Jumladan, eng xokisor shoirda ham. She’rim ortidagi shuhratdan umidvor bo`lmaganman, degan shoirga ishonish qiyin.

Nazarimda, she’r tug`ilishi uchun shoir ruhini larzaga soladigan kuch kerak. Dard, iztirob, yorug` tuyg`ular lozim. She’r iztirob bo`g`zingga tiqilganida yoziladi, quvonch ruhni ko`kka parvoz ettirganida, zavqu shavqqa to`ldirganida yoziladi. Lekin bir haqiqat ayonki, qanday yozganim yodimda qolmaydi… Bu holat shu qadar oniyki, men uni yodimda tutib qololmayman… Kapalak tutganmiz-ku bolaligimizda, to`g`rirog`i, tutolmay ovvora bo`lganmiz… She’r yozish, ilhom desa, bolaligimdagi ana shu xotira elas-elas yorqin, rangin holatlarda yodimga tushadi negadir…

Bolaligimdan onamga, opamga, dugonalargayam sir, dard aytmaganman. O`zim kuchli bo`lsam, hamma narsani o`zimda saqlab qolsam-da, kunlardan bir kun hayotimda eng sevimli va beminnat bir odam paydo bo`lsa-yu, men hammasini o`shanga ishonsam, degan fikr bor edi. Hayotimda o`shanday odamni haliyam kutyapman, chog`i… (U turmush o`rtog`im bo`ladi, degan fikrdan mutlaqo yiroqman). Do`st izlash har bir odamda shunday kechar, balki… Shunday do`stu qadrdon, hayotu ruhimga singib ketadigan odam bo`lsa, sirlarim, ming yillik hasratlarimni aytardim, balki… Shunday deyman-u, ammo ijodkor odam hammasini xalqiga, muxlislariga she’rlarida aytib qo`yadi, nazarimda…

Mumtoz shoirlarimizni hech bir muhokamasiz hammasini yaxshi ko`rib o`qiyman. Barcha-barchasi jonu jahonimga tutash. Ularning satrlari meni benihoya maftun etgan.

Zamonamiz shoirlaridan o`qiydiganlarim bor. Nomma-nom sanashga imkon yo`q. Mashhur shoirlarni o`qishimiz tabiiy. Lekin matbuotda tez-tez ko`rinmasa-da, go`zal she’rlar yozayotgan ijodkorlarimiz, masalan, Farog`at Kamolova, Ibodat Rajabova kabi shoira opalarimizni sevib, izlab o`qiyman. Odam Yoshi o`savergani sayin negadir hayqiribmas, ichida o`qiladigan she’rlarga, qalb qiroatiga moyil bo`laverar ekan-da. Xurshid Davron, Eshqobil Shukur, Salim Ashur bugun men sevib o`qiyotgan shoirlarim.

Bir paytlar ijodiy rejalar qilardim, shu rejalarimni bajarardim ham… Hozir negadir sal o`zgarganman. Aslida, ijodkorning bitta rejasi bo`ladi, bu ham bo`lsa eng yaxshi she’rini yozish… Zo`r she’rlar yozsang, seni haqiqiy so`z qadrini bilganlar sevsa, kitoblaring xonadonlardagi eng qimmatbaho buyumdek tursa, O`qilsa, odamlarning qalb javonlaridan har kuni olib varaqlansa, ko`z yoshlar tomib, sevilib o`qilsa…. Shu — rejalarim.



Hayotning tashvishlariyu taloto`plaridan ortib, she’r o`qiyotgani va e’tibori uchun o`quvchilarimga tashakkur aytaman. Aslida, umrning go`zal o`tishi adabiyotga oshuftalik bilan belgilanadi. «Kichkina shahzoda» asarida «Feruza gulimizni asraylik», degan so`zlar keladi. Shu qatorda men ham she’r muxlislariga ichimizdagi gulni, ya’ni ko`nglimizni asraylik, deb qolaman.
Download 112.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling