Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor. Reja


Download 112.15 Kb.
bet1/22
Sana08.01.2022
Hajmi112.15 Kb.
#254908
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor.

Reja

  • Adabiyot yashasa – millat yashar (Cho`lpon).

  • Adabiyotning millat hayotidagi o`rni.

  • Adabiyot- hayot darsligi.

  • Inson ma’naviyatiga badiiy adabiyotning ta’siri.

Adabiyotlar

  • Karimov I. Adabiyotga e’tibor–ma’naviyatga, kelajakka e’tibor. T.: O`zbekiston, 2009.

  • Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – T.: O`zbekiston, 2016.

  • Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijnob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O`zbekiston, 2017.

  • Normatov U. Ijod sehri, T.: –Sharq, 2007.

  • Normatov.U. Umidbaxsh tamoyillar. Toshkent. Ma’naviyat. 2000.

  • Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. T.: – Sharq, 2007.

  • Jo`raqulov U. Hududsiz jilva. – T.: Fan, 2006.

  • Yo`ldoshev Q. Yoniq so`z. – T.: Yangi asr avlodi, 2007.

  • Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. –T.: Sharq, 2004.

  • Rasulova U. Hozirgi adabiy jarayon. Mumtoz so`z, 2014.

O`zbekiston Respublikasi mustaqilligidan so`ng barcha jabhalarda bo`lgani singari badiiy-estetik tafakkurda ham katta ijobiy o`zgarishlar bo`ldi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek “Mustaqillikka erishganimizdan so`ng biz soxta mafkuraning yakka hokimligidan qutuldik. Ma’naviyatni, mafkurani zug`umlaridan ozod qilib, erkin fikrga, milliy tafakkurga yo`l ochdik”. Darhaqiqat, har qanday ijod, ijodkor erkin bo`lolmas ekan badiiy kashfiyot darajasidagi asarlar yarata olmaydi.



O`tgan yigirma yil ichida bugungi milliy adabiyotimiz qiyofasini belgilaydigan asarlar yaratildi. Avvalo, nohaq qatag`onga uchragan, milliy adabiyotimiz poydevoriga tamal toshini qo`ygan adiblarimiz – A.Qodiriy, A.Fitrat, Cho`lpon, U.Nosir singari ijodkorlarimiz muborak nomlari oqlanib, adabiy merosi nashrga tayyorlandi. Shu bilan birga Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg`oniy, So`fi Olloyor, Husayn Boyqaro, Abulg`ozi Bahodirxon, Amiriy, Feruz kabi shoirlarning ijodi xalqqa qaytarildi.

Istiqlol yillarida adabiyotimizga yuksak darajada e’tibor qaratilgani, bu soha ma’naviyatimizning eng muhim va ustuvor yo`nalishi sifatida e’tirof etilgani barchamizga birdek ma’lum. Vatan adabiyotining buguni va ertangi istiqboli, ijodkorlar zimmasidagi dolzarb vazifalar, ularning ijtimoiy burchi, adiblarni o`z safida birlashtirgan O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim amaliy taklif va xulosalar ilgari surilgan “Adabiyotga e’tibor- ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” nomli risolasida birinchi prezidentimiz Islom Karimov o`zbek adabiyoti rivojiga nafaqat ijod ahli, balki butun jamiyat mas’ul ekanini alohida ta’kidlagan edi. Mazkur risolada ilgari surilgan g`oyalar, fikr-mulohazalar ijodiy jarayonning dolzarb masalalarini chuqur anglashda, jamiyat hayotida adabiyotning o`rni va ahamiyatini tushunishda muhim qo`llanmadir. Risolada ijodkorlarning Vatan va millat taraqqiyotidagi o`rnini quyidagicha izohlaydi:”...yozuvchilik- bu oddiy kasb emas, Xudo bergan iste’doddir. Bu-qismat, peshonaga yozilgan taqdir. Bu kasbga hech qayerda o`qitib, o`rgatib bo`lmaydi. Yozuvchilikning maktabi ham, dorilfununi ham bitta. U ham bo`lsa, bir umr hayotning ichida bo`lish, o`z xalqi bilan hamdardu hamnafas bo`lib yashash, haqiqat va adolatga sadoqat bilan xizmat qilishdir”. Shuningdek, ijod va ijodkor mas’uliyati, adabiyotning millat ma’naviyatini yuksaltirishdagi o`rni xususida ham risolada ibratli fikrlar bildirilgan.” Adabiyot masalasi-bu ma’naviyat masalasidir. Bu Fond yozuvchilarni qo`llab-quvvatlash bilan bir qatorda, yurtimizda ijod sohasining, milliy madaniyatimizning rivoj topishi uchun, kelajagimiz uchun xizmat qilishini yoddan chiqarmasligimiz lozim. Ijodiy jarayonning, adabiyotning asosiy bunyodkori- bu yozuvchi va shoirlardir. Lekin bu ishni faqat ularning yelkasiga tashlab qo`ymasdan, jamoatchilik, butun jamiyatimiz unga o`z hissasini qo`shishi kerak... Ijod – bu o`zini qiynash, mashaqqat chekish, huzur-halovatdan voz kechish, tom ma’noda fidoyilik demakdir. CHinakam yozuvchi odamlarning dardu g`ami bilan yashashi, xalq ichiga kirib borishi, o`zi uchun ilhomni, yangi mavzularni shu hayotdan, unda bo`layotgan o`zgarishlardan olishi kerakligini barchamiz yaxshi bilamiz... Agar biz O`zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug` kelajagini ulug`lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo`lsak, avvalambor, buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug` adib Cho`lpon aytganidek, adabiyot yashasa- millat yashaydi”.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O`zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o`rganish va targ`ib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferentsiya ishtirokchilariga tabrik yo`lladi.

“Bugungi kunda O`zbekiston o`z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga qadam qo`ymoqda. Biz milliy tiklanishdan– milliy yuksalishga erishishni o`z oldimizga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qo`ydik. Bu ulug` maqsadga esa jahon ahli bilan hamjihat va hamkor bo`lib yashash, ochiq demokratik jamiyat qurish, hayotimizda milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg`usini yanada keng qaror toptirish orqaligina erishish mumkinligini biz yaxshi anglaymiz. Ayni shu nuqtai nazardan qaraganda, o`zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o`rganish va targ`ib qilish, ko`p qirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog`liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilab olish, o`ylaymanki, katta ahamiyatga ega. ... Shu bilan bir qatorda, asrlar davomida komil inson tarbiyasi, adolatli jamiyat, shaxs erkinligi, Vatan ozodligi, bunyodkorlik, bag`rikenglik va baynalmilalchilik, odamiylik kabi o`lmas fazilatlarni tarannum etib kelayotgan mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning eng sara namunalarini xorijiy tillarga o`girish va chet ellarda targ`ib etish bo`yicha ham mamlakatimizda kata ishlar amalga oshirilmoqda”.

Mustaqillikdan so`nggi yillarda adabiy jarayondagi eng muhim hodisalardan biri ijodiy uslub va yo`nalishlarning rang-barangligi. Totalitar tuzum davrida adabiyotimizda faqat sots.realizm ijodiy metodi yakka hukmronlik qilgan bo`lsa, endilikda ijodkor o`zi hohlagan ijodiy metodda ijod qilishi mumkin. Hayotni realistik, romantik, modern usuli yo`lida tasvirlash imkoniyatlari paydo bo`ldi. Buning yorqin namunalarini M.M.Do`st, O.Muxtor, X.Do`stmuhammad, T.Rustam, E.A’zam, Sh.Bo`tayev, N.Eshonqul, A.Qutbiddin, B. Ro`zimuhammad, Faxriyor kabi ijodkorlar ijodida kuzatish mumkin.

M.M.Do`stning “Lolazor”, X.Do`stmuhammadning “Bozor”, O.Muxtorning “Ko`zgu oldidagi odam”, T.Rustamning “Kapalaklar o`yini”, E.A’zamning “Shoirning to`yi”, Sh.Bo`tayevning “Sho`rodan qolgan odamlar”, N. Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” asarlarini o`qir ekanmiz, unda an’anaviy realizmdan ko`ra ko`proq noan’anaviy tamoyillarga asoslangan tasvirlarni uchratamiz. Ayniqsa,hozirgi adabiy jarayonda sof an’anaviy va modern yo`nalishida ijod qilayotgan adiblar o`rtasida ma’lum darajada bahs munozara davom etmoqda. Bu haqda munaqqid U.Normatov shunday yozadi. ”Hozirgi nasrimiz rivoji bilan bog`liq munozarali masalalar juda ko`p, ayniqsa, nasrdagi an’anaviylik va modernism muammosi qizg`in tortishuvlarga asos bo`lmoqda. So`nggi yillarda prozaga bag`ishlangan birorta muhokama, davra suhbatlarida bu mavzu chetlab o`tilganini bilmayman. Badiiy asar qimmati qaysi yo`nalish– an’anaviy yoki modernism shaklida yaratilganida emas, balki u chinakam san’at namunasi darajasiga ko`tarilgan yoki ko`tarilmaganligi bilan belgilanadi-ku".

Hozirgi she’riyatimizda ham shunday yangilanish holatlarini kuzatamiz. Ko`ngil kechinmalarini izhor qilishda ramziy timsollarga, semiotic obrazlarga murojaat qilish A.Qutbiddinning “Nayson”, “Izohsiz lug`at”, B.Ro`zimuhammadning “Kunduz sarhadlari”, Faxriyorning “Ayolg`u” she’riy asarlarida ko`p bor uchraydi.

1997 yilda Prezidentimizning sa’y-harakatlari bilan “Jahon adabiyoti” jurnalining ta’sis etilishi va unga ustoz Ozod Sharafiddinovning bosh muharrir etib tayinlanishi adabiyot ahli uchun chinakam bayram bo`ldi. O.Sharafiddinov jurnalning 100 ta soniga rahbarlik qildi. Sharq va G`arb adabiyoti, falsafasining noyob durdona asarlarini tarjima qildirib o`zbek kitobxoniga tuhfa etdi. Hozirda ushbu asarlarning aksariyati “Jahon adabiyoti” kutubxona seriyasida alohida kitob holida nashr qilindi. Shuningdek, “Sharq yulduzi”, “Yoshlik”, ”Tafakkur” jurnallari, “O`zbekiston adabiyoti va san’ati” haftanomasi ham adabiy jarayon materiallarini yoritishda faol nashrlarga aylanib bormoqda.



Download 112.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling