Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor. Reja


Hozirgi o`zbek she’riyatida janrlar


Download 112.15 Kb.
bet4/22
Sana08.01.2022
Hajmi112.15 Kb.
#254908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Hozirgi o`zbek she’riyatida janrlar

Reja

  • Hozirgi she’riyatning asosiy xususiyatlari.

  • Hozirgi o`zbek she’riyati tasnifi

  • She’riyatda komil insonni shakllantirishda milliy g`oya va mafkuraning roli.

  • She’riyatdagi shakliy izlanishlar.

  • O`zbek modern she’riyati.

  • Hozirgi o`zbek she’riyatida janrlar.


Adabiyotlar

1.U. Normatov. Tafakkur yog`usi. Toshkent. 2005.

2. U. Hamdamov. Badiiy tafakkur tadriji. Toshkent. Yangi asr avlodi.2002.

3. Mustaqillik davri o`zbek adabiyoti. Toshkent. G`.G`ulom nomidagi nashriyot.2002.

4. Q. Yo`ldoshev. Yoniq so`z. Toshkent. Yangi asr avlodi. 2006.

5. H. Karimov. Istiqlol davri adabiyoti. Toshkent. Yangi nashr. 2010.

6. XX asr o`zbek she’riyati antologiyasi. Toshkent. Milliy entsiklopediya nashriyoti. 2007.
Adabiyotshunos Ibrohim Haqqul ta’kidlaganidek “She’riyat – butun mohiyat e’tibori bilan bedorlikka da’vat. Shoirlik – ruhan va qalban bedorlik, jamiyat, davr, xalq va muhitga nisbatan bedorlik. Shoir mudroq hissiyotlarga tayanib yashashi, ma’lum bir toifa kishilariga o`xshab olam voqea-hodisalarining sharpalarinigina ko`rib ko`rmasdan qanoat etishi mumkin emas. Uning beorom, halovat bilmas yuragi, qaysi bir darajada bo`lmasin, aniqlik markazi. Unda hayot, inson, ezgulik, yovuzlik, adolat haqidagi aniq haqiqatlar aks etadi. Unda yolg`on va aldovlar pardasidan ozod buyuk g`oya va maqsadlar nafas oladi. Mana shuning uchun biz chin shoir qalbining inqilobiy g`alayonlarini muqaddas bilamiz”. Munaqqid yozganidek, chin shoir qalbining inqilobiy g`alayonlarini istiqlol yillari she’riyatimizga kirib kelgan shoirlar ijodida ko`p uchratamiz.

Hozirgi o`zbek she’riyatini shartli ravishda quyidagicha tasnif qilish mumkin. 1. An’anaviy she’riyat. 2. Xalqona she’riyat. 3. Modern she’riyat.

An’anaviy she’riyat – an’anaviy barmoqda yozilgan she’rlar alohida turkumni tashkil etadi. Uning namoyandalari: A.Oripov, O.Matjon, H.Xudoyberdiyeva, S.Hakim, I.Mirzo, G`.Mirzo kabi shoirlar. Xalqona she’riyat folklor motivlari, ohanglari asosida yozilgan she’rlar bo`lib uning namoyandalari: M.Yusuf, S.Sayyid, R.Musurmon kabi shoirlar. Modern she’riyat ramziylikka, majoziylikka asoslangan she’rlar bo`lib, uning namoyandalari: A.Qutbiddin, B.Ro`zimuhammad, Faxriyor kabi shoirlardir.

Adabiyotshunos U.Hamdam istiqlol davri she’riyatini quyidagicha tasnif qiladi. 1. An’anaviy barmoq. 2. Xalqona ohang. 3. Aruz. 4. Modernistik ohang (yoki ohangsizlik). 5. Sinkretik (qorishiq) usul.

Adabiyotshunos H.Karimov istiqlol davri she’riyatini to`rt tamoyilga ajratib o`rganadi.


  • Istiqlol mohiyati aks etgan she’riyat.

  • Milliy g`oya va milliy mafkura ifodasi aks etgan she’riyat.

  • Islom asotirlari va g`oyalarining badiiy talqini aks etgan she’riyat.

  • Modern va modern yo`nalishidagi she’riyat.

Bu tasniflar, albatta, nisbiy. Hozirgi o`zbek she’riyatida ona-Vatan, ona-yurt mustaqilligini ulug`lash, ona-tabiatimizni asrab-avaylash, milliy o`zlikni anglash, qadriyatlarni madh etish, umuman olganda, azaliy va abadiy mavzular yetakchilik qiladi. Quyida hozirgi o`zbek she’riyati rivojiga salmoqli hissa qo`shgan A.Oripov, M.Yusuf, U.Azim, S.Sayyid ijodi yuzasidan ayrim kuzatishlarimizni havola qilamiz.


Download 112.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling