Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor. Reja
Abdulla Oripov she’riyati
Download 112.15 Kb.
|
Abdulla Oripov she’riyati
60 – yillar avlodi ko`ngil she’riyatiga qaytish qildilar. She’riyat ko`ngil mulki, tuyg`ular silsilasidan iborat ekanligini, bu hayot faqat shodlikdan iborat emasligini, muqaddas g`am va qayg`uning go`zal suvratlari mavjudligini isbot etdilar. Shu avlodning to`ng`ich vakili Abdulla Oripov she’riyatning yuragi bo`lgan obrazning original namunalarini yaratdi. Shoirga ilk bor oq yo`l tilab, fotiha bergan taniqli adabiyotshunos Ozod Sharafiddinov yozishicha: “Abdulla Oripov lirikasi hamisha yorqin, to`laqonli, ma’nosi keng va teran obrazlar asosiga qurilgan. Shoir hayotni kuzatar ekan, minglab turli tuman har xil hodisalarning guvohi bo`ladi. Bular shoir xotirasida izsiz yo`qolib ketmaydi. Aksincha, ular turli assotsiatsiyalar qo`zg`aydi, yangi fikr va hislarni uyg`otadi hamda shoirga hayot haqida, insonning mohiyati to`g`risida mulohaza yuritishga imkon beradi. Abdulla Oripov ijodining jozibasi shundaki, u o`ziga qadar boshqa shoirlar tomonidan ko`plab marta qalamga olingan hodisalar va predmetlardan ham haqqoniy she’riyat uchqunini chiqara oladi. Natijada bu hodisalar va predmetlar bizning nigohimiz qarshisida yangi qirralari bilan namoyon bo`lib, bizni hayot haqida jiddiy o`ylashga undaydi”. Haqiqatan, Abdulla Oripov she’riyatining poetik dunyosi nihoyatda keng. Shoir ijodidagi bosh mavzu: Vatan va Ona obrazlari. Vatan haqida qancha she’rlar yozilgan. Lekin Abdulla Oripov nazarida Vatan o`zining o`zgacha tarovati va go`zalligi bilan kitobxon nazarida namoyon bo`ladi: Xalqim tarix hukmi seni agarda, Mangu muzliklarga eltgan bo`lsaydi, Qorliklar nima konetgan bo`lsayding, Mehrim bermasmidim o`shal muzlarga... Lirik qahramon yuragida Vatan muhabbati shu qadar yonganki, u hattosi bir muzliklarini eritishga ham qodir. Vatanning bundan-da go`zal, bundan-da yuksak badiiy ifodasini boshqa biror shoirda topishimiz qiyin. Abdulla Oripov she’riyatida Vatan va Ona obrazlari bir-biri bilan yo`g`rilib ketgan. Talabalik yillarining mahsuli bo`lgan “Onamga xat” shoirning eng xarakterli she’rlaridan. Qaytgim keldi onam yoningga Yuragimda ismsiz dardlar Sovuq xonam soat chiq-chiqi Tashqarida xazonrez bog`lar... Shaharning sershovqin, serg`alva ko`chalarida, xazonrez bog`larida kezgan lirik qahramon onasi qoshiga, qadrdon qishlog`iga qaytgisi keladi. U shunchaki bekorchilikdan bormoqchi emas, yuragida o`zi bilmagan, hali adog`iga yetmagan, “ismsiz dard”larni olib bormoqda. Chunki bu dunyo shunchalik murakkab, shunchalik shafqatsizki, shoir yozganidek “boshimizni doim ham ona bo`lib silamas hayot...”. Abdulla Oripov she’riyatni yoniq bir muhabbat bilan boshlagan. Muhabbat shoir nazarida visol sog`inchi, uning lazzatli onlari emas, aksincha, iztirobli, qayg`uli manzaralar yaratish, shu manzara va obrazlar orqali inson ruhiyatining murakkab tomonlarini ifodalashdir. Shoirning “Muhabbat”, “Birinchi muhabbatim”, “Derazangni qoplar oqshom zulmati”, “Qo`ygil, u kunlarni eslatma menga”, “Chuvaladi o`ylarim sensiz”, “Sevgidan so`ylarding u kun entikib”, “Sevgi o`limi”, “Xayr endi...” she’rlarida shunday holatlarni kuzatamiz. Inson uchun dunyoda o`zi e’tiqod qo`ygan muqaddas tuyg`ular mavjud. “Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan”. Bu “his” hammaga ham nasib bo`lavermaydi. Lekin muhabbat deb atalgan “ko`ngil shishasi” bir so`z bilan darz yeb qolgan qahramon qalamidan ilk marotaba g`amlar to`kiladi. Endi qaytmas bo`lib ketgan shoirning muhabbat to`lqini uni yana yangi baytlar yozishga undaydi. Ayriliq, hijron azobi, lirik “men” ning fojiaviy kechinmalari yangidan-yangi ohori to`kilmagan muhabbat haqidagi she’rlarning tug`ilishiga sabab bo`ladi. Shoir bir she’rida “ruhim, sen vujudning g`amini yema” deb yozadi. Haqiqatan ruh vujudga bo`ysunmaydi. Shoir “qo`ygil, ukunlarni eslatma menga” deya yolvorsa-da, ko`ngildagi go`zal iztirob unga yana hamrohlik qiladi. Lirik “men” endi o`z ixtiyorini “sayd”ning qo`liga topshiradi: Download 112.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling