Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor. Reja
Download 112.15 Kb.
|
Qo`ygil, u kunlarni eslatma, jonim,
Qo`ygil, yuragimga sen berma azob. O`zgalar yuzimga boqsa ham hayron, Faqat sen tomosha qilma holimni. Faqat sen she’rimni sevma hech qachon, Faqat sen himoya qilma nomimni. Darig` tutish va yu nazokatlaring, Faqat sen yuzimga boqmagil kulib, Hayhot, endi barcha iltifotlaring Menga tuyuladi masxara bo`lib. She’rdagi “ko`ngil”, “faqat” so`zlarining bot-bot takrorlanishi tragik holatni yanada kuchaytiradi. Aslida lirik qahramon “endi begonadir menga ham vasling” deb yozsa-da, yana shu achchiq qismat mayidan totmoq istaydi, unga talpinadi. Xazon bo`lgan muhabbatning qaytishini istaydi. Shusiz she’r ham, shoir ham yashay olmasligini anglaydi. Muhabbatdan zada bo`lgan ko`ngil tabiatdan najot qidiradi. “”Garchand yuragimga gulruxsoridan, xazon yaproqlari endi yaqinroq” deb yozadi shoir. U ilhom farishtasini endi xazon davrasida kutadi. Kuz manzaralari shoir ijodiga yangi tashbeh va istoralar yaratishda muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. Masalan, “... bizning tegramizda yonayotgan kuz, qaysi bir oshiqning yongan yuragi”, “do`stlarim, bu kuzning barglari emas, mening yuragimdan to`kilgan olov” kabi. Abdulla Oripovning tabiat haqidagi she’rlarida kata hayotiy falsafa ifodalanadi. U insonni tabiatning bir bo`lagi, bu tirik dunyoning go`zal mavjudoti sifatida e’tirof etadi. Shoirning “Kuz xayollari” she’ridagi satrlar har bir kitobxonni o`yga toldiradi: Mangu yashillikning maskani qayda, Qaydadir xazonni bilmagan bahor? Nechun u hovliqib oqquvchi soyda Chavandoz umrining qaytmas sehri bor?! Nechun uyg`onadi qaytadan bahor, Nechun inson umri bo`lmagay takror?.. Bu savollarga javob bormi? Gadoning bergan savollariga Iskandar javob berolmagani singari bu savollarning ham javobi yo`q. Unga izoh berishning hojati ham yo`q, chunki javob – savolning o`zida. Shoir tabiatdagi o`zgarishlarni doimo kuzatib boradi, undagi yilt etgan hodisadan birorta obraz yaratishga intiladi. “Bahor” – Abdulla Oripovning kata falsafiy mushohadalarga boy she’ri. Bahor–tabiatda o`zgarish, yangilanish, uyg`onish davri. Bahor–nafaqat tiriklikni, balki mangu ko`z yumgan aziz insonlarni ham xotiralash. “Bahor, qatra yoshim aylagil qabul, onam boshiga ham bordingmikan, ayt?!” – deb bahorga murojaat qilgan lirik qahramon hayotning shafqatsiz hukmini tan olishga majbur bo’ladi. Chunki inson uchun “bahor ham baxt kabi yagona”. Lekin inson hayoti faqat g`amdan iborat emas. U tabiat go`zalliklaridan bahra olishga, sevib ardoqlashga haqli. Soir tabiatdagi o`zgarishlarni xuddi rassomdek mohirona ifodalashga intiladi. Inson va tabiat orasidagi ruhiy uyg`unlikni, mushtarak holatlarni quyma poetic obrazlarda suratlantiradi:
Abdulla Oripov she’riyatining markazida – inson taqdiri, uning murakkab va rang-barang olami turadi. “O, inson qismati bunchalar chigal, bunchalar xilma-xil foje va ajal” deb yozadi shoir. Inson faqat mavjudot emas, sirli xilqat, unga yurak bor, mehrbor. U tabiat va jamiyatda erkin yashashga haqli. Har qanday biqiq muhitga, “qo`riqxonaga”, “tilla baliqcha” kabi tor hovuzchalarda yashash uning insonlik huquqiga to`g`ri kelmaydi. Shu boisdan biz “temir odamlar”ni emas, jonli odamlarni asramog`imiz lozim: O, buyuk mavjudot, hazrati inson, Sening asling gahi g`aflati inson. Gahi sen barkamol bo`lib ko`rinding Gahi bechora hol bo`lib ko`rinding... Hazrati insonni bir-biriga bog`lab turuvchi mangu tushunchalar: iymon, savob, mehr-muhabbat, sadoqat shoir she’rlarida bir butun mukammallik hosil qilib, kashfiyot bo`ladigan ramziy obrazlarni paydo qiladi: Inson inson uchun to`ka olsa yosh... – Agar shunday bo`lsa odamlarda orasini bog`lab turuvchi rishta – mehr, muhabbat insoniyatni tanazzulga emas, taraqqiyotga boshlaydi. Afsuski, bu olamda ezgulik va yovuzlik yonma-yon yuradi. Ikki odamning orasida uchinchi odamlar ham bor bu dunyoda. Shoir ana shunday odamlarni insof, diyonatga chaqiradi: Qo`llarim ko`ksimda betinch, betoqat Ta’zimlar qilurmen senga ushbu dam, U – menmi, u – senmi, kim bo`lma, faqat, Senga insof bersin uchinchi odam! A.Oripov kata poetic falsafiy tafakkur egasi. Shoirning yaratgan obrazlari munaqqid ta’kidlaganidek, odamlarni chuqur mulohaza yuritishga, o`y – xayol surishga chorlaydi. Ayrim quyma poetik obrazlar yuksak ramziy ma’no kasb etib, ko`p ma’nolilik ifodalaydi. Masalan: Mag`lub bahodirning nazasi misol Ma’yus egiladi tera kuchlari... yoki:
O`lim bu – nishonga borib tekkan o`q, Tug`ilish – shiddatla tortilgan kamon. yoki:
Qizg`aldoq bargidek uchar dildan g`am... kabi.
Hazrat Navoiy “Ne nazmkim o`tlug` ko`ngildin chiqordim” deb yozgan edilar. A.Oripov ham neki yozgan bo`lsa, chin qalbdan yozdi. Shoir kamtarlik bilan “davrimdan qayga ham tushardim yiroq”, deya e’tirof etsa-da, u o`z zamonidan ancha ilgarilab ketdi. To`g`ri, o`z davrida uning ijodida ham zamonasozlik ohanglari uchraydi. Ammo bu Abdulla Oripov degan iste’dodning ijodiga soya tashlay olmaydi. Buni birgina 60-yillarda yaratgan she’rlar ham isbotlay oladi. Yurtim faqat sening qo`lingdan tutib, Bolangday ergashib keta olsam, bas! Sen piri komilsan, men senga muhib Seni tanimagan meni ham bilmas... Download 112.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling