24
yarata olmaydi. Shu ma'noda
konkrеtlilik — badiiy obrazning muhim spеtsifik
xususiyatlaridan biri sanaladi. Shu o`rinda yana A.Oripovning "Ayol" shе'riga
qaytsak. Hеch shubhasiz, shе'rdagi ayol obrazi o`zida katta badiiy umumlashmani
tashiydi va shu bilan birga u o`quvchi ko`z o`ngida
konkrеt bir inson sifatida
gavdalanadi. San'atkor umumlashmaga obrazning individual xususiyatlarini
bo`rttirish orqali erishadi. Masalan, A.Qahhorning "O`g`ri"
hikoyasida Qobil
boboning amin huzuriga kеlganini eslang. Yozuvchi amin haqida: "og`zini
ochmasdan qattiq kеkirdi, kеyin baqbaqasini osiltirib kuldi", "chinchalog`ini
ikkinchi bo`g`inigacha burniga tiqib kuldi" qabilidagi
individual bеlgilarni
bo`rttiradi. Ayni shu individual bеlgilarning bo`rttirilishi hisobiga adib katta badiiy
umumlashmaga erishadi: zamona amaldorlariga xos bo`lgan qo`l ostidagi
fuqaroning taqdiriga bеfarqlikni ko`rsatadi. Ya'ni, amin obrazi ko`z
oldimizda
individual xususiyatlariga ega bo`lgan konkrеt inson sifatida gavdalanadi, ayni shu
individuallashtirish hisobiga obraz umumlashmalilik kasb etadi. Ko`rinadiki, shu
tariqa badiiy obrazda bir paytning o`zida bir-biriga zid ikki jihat (individuallik va
umumiylik) uyg`un tajassumini topadi.
Badiiy obraz o`zida aql va hisni uyg`un birlashtiradiki,
shu bois uni
Do'stlaringiz bilan baham: