Adabiyotlar Mashinasozlikda uch XIL ishlab


Download 131.38 Kb.
bet2/5
Sana28.09.2023
Hajmi131.38 Kb.
#1689066
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mashinasozlikda uch xil ishlab chiqarish turi

Polimerlar.
Polimerlar qoida bo‘yicha, uglerod va bir yoki ko‘proq boshqa elementlardan tashkil topgan. Uch kategoriyaga bo‘linadi:
1-termoplastik polimerlar;
2-termoplastik polimerlar;
3-yelastomerlar.
Termoplastlarni bir necha marta qizdirib sovitish mumkin, xossasi va moleqo‘lyar strukturasi o‘zgarmaydi. Bular polietilen, plastrol, neylon. Makromoleqo‘lalari chizig‘iy yoki shaxobchali strukturaga ega. Termoreaktiv polimerlar qizdirganda eriydi, sovitilgach qotadi. Qayta qizdirilganda qayta erimaydi. Kimyoviy reaksiya bilan qotadi. Fazoviy-to‘qilgan strukturaga ega. Bular fenollar, amino-smolalar, epoksidli smolalar. Elostomerlar yuqori elastik xususiyatig‘a ega. O‘z ichiga tabiiy kauchukni, neopirilinni, silikon va poliuretanni oladi.
Kompozitlar
Kompozitlar alohida katergoriyali toifali materiallar; ular uch xil materiallar aralashmasidir. Tarkibi ikki yoki ko‘proq fazali materiallar. Alohida ishlanadi va maxsus xossa (tashkil etuvchilarni bittasiga ham o‘xshamaydigan) olish maqsadida birga birlashtiriladi. Odatda kompozitsion materiallar strukturasi bir fazoning zarrachalaridan yoki tanalaridan iborat. Ikkinchi fazoda aralashgani matritsa deyiladi. Kompozitlar tabiatda ko‘p uchraydi: masalan, yog‘och. Kompozitlarni sun’iy usulda olish kattaroq qiziq: tola bilan sinchlangan plastik; polimer matritsada shisha tola; bir tipdagi polimer tolalari ikkinchi tip polimerli matritsa ichida; keramika metal matritsada (BKG, T15K6). Kompozitlarning xossalari uni komponentlariga – tashkil etuvchilariga bog‘liq, ularni fizik formasiga, ularni birlashish usuliga bog‘liq. Ba’zi kompozitlar yuqori mustahkamlikka ega va yengil: bular aviatsiyada va avtomobillar kuzovlarida va h.k.da ishlatiladi. Ba’zilari baquvvat, qiyin ishlanadi, o‘z xossalarini (ayniqsa, mexanik) yuqori haroratda ham saqlab turadi.
Ishlab chiqarish jarayonlari

19.2-Rasm. Ishlab chiqarish jarayonlari klassifiklatsiyasi
Ishlab chiqarishdagi texnologik operatsiyalar, asboblar (va albatta, insonlar) yordamida amalga oshiriladi. Har bir texnologik jarayonni o‘zini mashina va asboblari bor.

Download 131.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling