Adabiyotshunoslik maktablari


Klassitsizm, romantizm, realizm metodlarining xususiyatlari


Download 23,14 Kb.
bet2/4
Sana27.01.2023
Hajmi23,14 Kb.
#1130686
1   2   3   4
Bog'liq
ADABIYOTSHUNOSLIK MAKTABLARI

Klassitsizm, romantizm, realizm metodlarining xususiyatlari. Romantizm, realizm, tanqidiy realizm adabiyot va san’atdagi ijodiy metodlar bo’lib, ularning har biri adabiy taraqqiyot jarayonining ma’lum bosqichida tarixiy-zaruriy ehtiyoj natijasida yuzaga kelgan, biri ikkinchisining tug’ilishiga zamin hozirlagan. Shuning uchun bu ijodiy metodlarning bir-biridan farqli belgilarini, har biriga xos xususiyatni bilib olish biror tarixiy davrda yaratilgan asarlarning qanday yo’nalishda yozilganligini aniqlashimizga yordam beradi.
Yozuvchi o’z davri uchun xarakterli hodisa va hayotiy faktlarni ajratib olib, ularni o’z asarida umumlashtirib tasvirlar ekan, bu hodisa va faktlarga o’z munosabatini bildiradi, ularni estetik jihatdan baholaydi. Yozuvchining xuddi ana shu munosabati va bahosida uning qanday tasvirlash prinsipidan, ya’ni qaysi ijodiy metoddan foydalanganligi o’z ifodasini topadi. Chunonchi, romantizm hayotning o’zidan ko’ra ko’proq turmush haqidagi orzu-umidlarni tasvirlash prinsipiga asoslanadi. Shuning uchun romantizm metodi asosida yaratilgan asarlarda hayotiy voqyelikka nisbatan ijodkor erkin munosabatda bo’ladi, ya’ni tasvirda hayotiy faktga qaraganda badiiy to’qima ustunlik qiladi, fantaziyaga, ramziylikka va mubolag’aga keng o’rin beriladi, yuksak xarakterlarni tasvirlash birinchi planda turadi. Romantik asarlarda yozuvchi orzu qilgan narsalar ideallashtirib tasvirlanadi, shu bilan yozuvchilarning o’zlari yashab turgan hayotdan noroziligi ifodalanadi. Shuning uchun bunday asarlarda yozuvchi yashagan davr, ijtimoiy munosabatlar ifodalanishi bilan birga, asar qahramoni hukmron sinfga qarshi qo’yiladi.
Romantik yozuvchilar yaratgan obrazlar butunlay hayot haqiqatidan uzoq, undan ajralib qolmagan bo’lsalar ham, biroq bu obrazlar bevosita hayotiy haqiqatning badiiy haqiqatga aylangan obrazi bo’lmay, balki ular orzu qilgan hayotning in’ikosidan iborat.
Romantizm metodi asosida yaratilgan asardagi obrazlar romantik obrazlar deyiladi. Masalan. Alisher Navoiy ijodidagi Farhod, Shirin, Layli, Majnun va boshqa obrazlar romantik obrazlar namunasi bo’lib, yozuvchi bu obrazlar orqali o’zining ilg’or, olijanob orzu-umidlarini ifodalagan.
Realizm yozuvchidan hayotni badiiy obrazlarda butun to’laligi bilan haqqoniy va to’g’ri tasvirlashni talab etadi. Realizm kurtaklari adabiyot va sa’nat tarixining dastlabki bosqichlaridayoq mavjud bo’lib, uning butun tarixiy taraqqiyoti bilan bog’liq holda rivojlanib, turli xarakter kasb etib keldi va, nihoyat, ijodiy metodga aylandi.
Realizm ijodiy metod sifatida yozuvchiga hayotiy haqiqatni to’la va mukammal tasvirlash, uning kengroq badiiy umumlashtirish imkonini beradi. Realizm ijodiy metod sifatida konkret va tarixiy xarakter kasb etadi. Chunki u ijtimoiy hayot, inson ongining o’sishi bilan bog’liq holda o’sib, rivojlanib boradi, mohiyati va ijtimoiy-estitek vazifasi kengayadi. Realist yozuvchilar jamiyatning barcha yaramas illatlarini shafqatsiz tanqid qildilar. Shuning uchun ham XIX asr rus realismi –tanqidiy realizm deb ataladi.
Demak, tanqidiy realizmning asosiy xususiyati hayotdagi salbiy hodisalarni chuqur va haqqoniy tasvirlashdan iboratdir. Tanqidiy realizm xalqparvarlik, vatanparvarlik g’oyalariga asoslanadi. U shu ilg’or g’oyalar pozitsiyasidan turib turmush hodisalariga baho beradi, mehnatkash xalq manfaatlariga, ijtimoiy hayot taraqqqiyotiga, adolatli turmush uchun olib borilgan kurashlarga va bu yo’ldagi intilishlarga to’sqinlik qilgan turmush illatlarini keskin qoralaydi, ularni tanqid ostiga oladi, fosh qiladi. Masalan, Muqimiyning "Tanobchilar" va «Dodxohim», Avaz O’tarning «Sipohilariga» asarlarida chorizm davrida mahalliy hokimiyat idoralarida ishlovchi amaldorlarning tipik obrazi (Hakimjon, Sulton Alixo’ja va boshqalar) yaratildi, ular orqali amaldorlarning yovuz niyatlari, iflos kirdikorlari fosh etildi, shu yo’l bilan o’sha davrdagi ijtimoiy tuzumning tub mohiyati ochib tashlandi. Bu–tanqidiy realizm adabiyoti vakillarining ezilgan xalqqa xayrixohligidan, yorqin kelajakka ishonch bilan qarashidan, hayotdan ijobiy qahramon izlashidan dalolatdir.
O’zbek adabiyotida realizm tendensiya sifatida klassik adabiyotimizning ko’pgina namoyandalari ijodida mavjud edi. Masalan, Lutfiy, Navoiy, Mashrab kabi shoirlar ijodidagi realizm tendensiyalari keyinchalik Turdi, Maxmur, Gulxaniylar ijodida va, nihoyat, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O’tar kabi demokratik adabiyotimiz vakillari ijodida taraqqiy etadi. Chunonchi, Muqimiyning «Hapalak qishlog’i to’g’risida», «Tanobchilar», Avaz O’tarning «Xalq», «Ulamolarga», Zavqiyning «Qahatchilik» she’rlarida o’zlari yashagan davr hayotining realistik lavhalari ifodalangan.

Download 23,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling