Adabiyotshunoslik maktablari
Download 23.14 Kb.
|
ADABIYOTSHUNOSLIK MAKTABLARI
Metod va uslub birligi. Metodlarning o’zaro birligi har qaysi yozuvchida oziga xos ravishda shaxsiy iste’dod, madaniy saviya va hayotiy tajribaga, ya’ni ijodiy uslubga qarab yuzaga keladi. Metodni kompasga o’xshatish mumkin: u yozuvchi ijodining yo’nalishini, shu yo’nalishda oldinga qarab borishini ko’satadi. Metod yozuvchi ijodida individual holda yuzaga keladi. Chunki yozuvchi hayotni ma’lum nuqtai nazardan baholaydi, hayotdan o’z ijodi uchun kerakli materialni ajratib oladi va uni o’zining hayotiy tajribalari, o’z mulohazalari asosida aks ettiradi. Hayotni aks ettirishdagi uslubi orqali uning badiiy metodi aniqlanadi. Shu zaylda metod tushunchasi uslub tushunchasi bilan uzviy bog’lanadi. Metod faqat konkret badiiy ijodda ko’rinadi. Biz asarni analiz qilish bilan yozuvchi uslubi haqida tasavvurga ega bo’lamiz; turli yozuvchilar uslubini o’zaro qiyoslash bilan ularni birlashtiruvchi badiiy metodni aniqlaymiz.
Demak, uslub yozuvchi ijodi uchun xarakterli bo’lgan ifodalash yo’lini, g’oyaviy-badiiy xususiyatlar birligini, dunyoqarashlarning umumiyligini anglatadi. Metodning o’zgarishi uslubga, shubhasiz, o’z ta’sirini ko’rsatadi. Alohida olib qaralgan biror asarning uslubi yozuvchining butun ijodiga xos uslub taraqqiyotining bosqichlaridan biridir. Uslubning qanday bo’lishi yozuvchi iste’dodining yo’nalishiga ham bog’liq. Shu ma’noda uslub jamiyat taraqqiyoti bilan o’zgaruvchi tarixiy hodisadir. Chunonchi, yozuvchi asar yozishdan oldin hayotni o’rganadi, voqyea-hodisalarni, odamlarni kuzatadi, material to’playdi. Ana shu jarayonda unda g’oyaviy maqsad paydo bo’ladi. Bu g’oyaviy maqsad yozuvchining dunyoqarashi bilan uzviy bog’lanadi. Chunki yozuvchi hayotni kuzatish jarayonida o’z dunyoqarashiga ko’ra voqyea va kishilar bilan munosabatda bo’ladi. Ularni o’z ongida qayta ishlashda faktlarni saralab, eng zarurlarini tanlab oladi, s o’ngra yozishga kirishadi. Asarda turmush voqyealari va kishilar yozuvchining dunyoqarashi orqali o’z ifodasini topadi. Yozuvchi uslubi ham mustaqillik kasb etadi. Har bir yozuvchining dunyoqarashi va uslubining shakllanishida u yashab, ijod etgan muhit va sharoit bilan birga, uning adabiy merosni o’rganishi, ustoz san’atkorlar an’analarini ijodiy o’zlashtirishi muhim rol o’ynaydi. Yozuvchining uslubi keng ma’noda adabiy faoliyat davomida shakllangan o’ziga xos individuallik bilan birga shu individuallikni ta’minlangan ijodiy ta’sirini o’z ichiga oladi. Yozuvchining badiiy uslubi shu ma’noda individuallik bilan ijodiy ta’sirning birligidan iboratdir. Yozuvchilar ijodida g’oyaviy-estetik pozitsiya jihatidan umumiylik b o’lsa ham, badiiy ifodada, obrazlar sistemasida, tasvir uslubida individuallik mavjuddir. Oybek uslubiga xos xususiyatlar uning portret va peyzaj chizishida, tilida yaqqol sezilib turadi. Masalan, s o’zlovchining maqsadini bildirishda ta’kidlash usulini ko’proq q o’llaydi: «Bu yigit aqlli k o’rinadi, ham ulug’vor, vazmin yigit» («Qutlug’ qon»); «Sodda, odamshavanda, quvnoq qizni O’ktam nihoyatda hurmat qilar edi» («Oltin vodiydan shabadalar»); «Yaxshi odam edi u. Sodda, t o’g’ri so’z, insofli, rahmdil odam» («Navoiy») va hokazo. Har bir yozuvchi o’zini qiziqtirgan hayotiy voqyealarga e’tibor beradi va ularni o’ziga xos tarzda aks ettiradi. Bir yozuvchini sinflar, kishilarning keskin to’qnashuvi, ikkinchi yozuvchini qahramonning ichki dunyosi, ruhiy holati, boshqa bir yozuvchini tabiat go’zalligi qiziqtiradi va uni asarida ifodalaydi. Masalan, Oybekni k o’proq tarixiy tema qiziqtiradi, uning «Temirchi J o’ra», «Qutlug’ qon», «Navoiy», «Bolalik», «Ulug’ yo’l» kabi asarlarida tarixiy voqyealar umumlashtirilgan. Uslub u yoki bu asar g’oyasida aks etadi. «Asarning bosh g’oyasi, asosiy g’oyaviy y o’nalishiga qarab yozuvchi turmush materialini, obrazlar sistemasini, syujetini, kompozitsiyani va badiiy asarning boshqa komponentlarini tanlaydi va saralaydi». Uslub yozuvchi asarining janr xususiyatini ham o’z ichiga oladi. Shunday qilib, yozuvchi uslubi g’oya, tema, til, kompozitsiya, obraz va janr elementlaridan tashkil topadi, yozuvchi o’zining ijodiy faoliyatida ulardan o’ziga xos uslubda foydalanadi. Download 23.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling