Adabiyotshunoslik


Download 249.39 Kb.
bet6/13
Sana09.03.2023
Hajmi249.39 Kb.
#1255629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
o\'g\'ilsaam

v V V V
Ne yuzdur? Yuzlari dilbar. Ne dilbar? Dilbari zebo. v V V V
Bahr arabcha so‘z bodib, “dengiz” demakdir. Bahr - aruzda yozilgan she’r va ruknlarning takrorlanish tartibi, muayyan she’rdagi odchov asosi. Aruzda hijo, rukn, misra va bayt (arab aruzida, harf, juzv rukn, bahr, bayt) she’rning odchov birliklari bodib, bunda bayt konkret she’rning ritmik jihatdan tugal birligi, boshqalari esa uning tarkibiy qismlaridir. Bahr misra doirasida voqe bodadi. Chunki birinchi misradagi ruknlar tartibi keyingi misralarda aynan takrorlanadi. Aruzda 8 ta rukn (asl)ning muayyan tartibdagi takroridan bahrlar paydo bodadi. Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida aruzda 19 ta bahr mavjudligini, Bobur esa “Muxtasar”ida unda 21 ta bahr borligini ko‘rsatadi. Bahrlarning 7 tasi (mutaqorib, mutadorik, hazaj, ramal, razaj, komil va vofir) bitta rukn takroridan (masalan: mafoiylun / mafoiylun... - hazaj; foilotun / foilotun... - ramal) hosil bodadi. Faqat maf’ulotu ash (rukni) o‘zi mustaqil holda bahr hosil qilmaydi. Bittadan olingan ikkita asl (rukn) takroridan у ana 8 ta bahr (muzori’, hafif, mujtass, munsarih, muqtazab, tavil, madid vabasit)hosil bodadi. Masalan: mafoiylun/foilotun... -muzori’; foilotun / mustaf’ilun... - hafif. Ikkita bir xil va bitta boshqa asl (rukn) takroridan esa yana 4 ta bahr (qarib, mushokil, g‘arib va sari’) hosil bodadi. Masalan: foilotun / foilotun / mustaf’ilun - qarib; foilotun / foilotun / mafoiylun - mushokil. 0‘zbek tili xu- susiyati bilan bogdiq holda she’riyatimizda hazaj, ramal, rajaz, muzori’, hafif, mujtass, munsarih, sari’, mutaqorib bahrlari faol qodlangan. 0‘zbek she’riyatida mutadorik, komil, tavil bahrlari esa juda kam uchraydi. She’riyatimizda vofir, muqtazab, madid, basit, qarib, mushokil, g‘arib, ariz, amiq bahrlari ishlatilmagan.
Muzori’, hafif, mujtass, munsarih, muqtazob, tavil, mavid va basit, ya’ni 8 ta bahr bittadan olingan ikkita ruknning takroridan hosil bodadi. Masalan: mafoiylun/foilotun ... -muzori’; foilotun / mustaf’ilun ... - hafif.
Qarib, mushokil, g‘arib va sari’, ya’ni 4 ta bahr ikkita bir xil va bitta boshqa rukn takroridan hosil bodadi. Masalan: foilotun / foilotun / mustaf’ilun - qarib; foilotun / foilotun / mafoiylun - mushokil.
Ruknlar hijolarning miqdori hamda sifati, ya’ni cho‘ziq yoki qisqaligiga qarab, 8 ta afoyil yoki asllarga bodinadi va ularning har biri “faala”, ya’ni harakat so‘zidan yasalgan alohida nom bilan ataladi: 1. faulun. 2. faulun. 3. mafoiylun. 4. foilotun. 5. mus­taf’ilun. 6. maf’ulotu. 7. mafoilatun. 8. mutafoilun. Ana shu sak- kizta afoyil yoki asllardan ruknlar vujudga keladi.
Bahr misra doirasida voqe bodadi. She’rdagi bandlarni tashkil etuvchi misra esa awal qayd etilganidek, arabcha so‘z bodib, “eshikning bir tabaqasi” degan ma’noni bildiradi. She’rning birinchi misrasidagi ruknlar tartibi keyingi misralarda hech qanday o‘zgarishsiz aynan takrorlanadi. She’r dengizdan olingan durga o‘xshatiladi. She’rdagi ruknlar tartibining “bahr”, ya’ni “dengiz” deb yuritilishi shu bilan bogdiqdir. She’r haqi- qatan ham so‘zlar dengizi tubiga tushib, undan dur topishdek mashaqqat bilan dunyoga keladi. Aruzda juzvlarning muayyan tartibda qo‘shilishidan sakkizta afoyil yoki asllar (ruknlar) ning yuzaga kelishi ham shundan dalolat beradi. Ular quyidagilar:
Fauvlun = vatadi majmu’ + sababi hafif Foilun = sababi hafif + vatadi majmu’
Mafoiylun = vatadi majmu’ + sababi hafif + sababi hafif Foilotun = sababi hafif + vatadi majmu’ + sababi hafif Mustaf’ilun = sababi hafif + sababi hafif + vatadi majmu’ Maf’ulotu = sababi hafif + sababi hafif + vatadi mafruq Mafoilatun = vatadi majmu’ + fosilai sug‘ro Mutafoilun = fosilai sug‘ro + vatadi majmu’
Ma’lum bodadiki, ruknlar vatad sabab va fosilaning turli shakli qo‘shilishidan hosil bodadi. “Vatad” arabcha so‘z bodib, “qoziqcha” demakdir. Vatad - sokin (cho‘zgdsiz) va mutaharrik (cho‘zgdli) harflarning muayyan tartibda birikishidan hosil bodadigan ritmik birlik ya’ni juzv. Vatad harflarning qan­day birikishiga ko‘ra ikki xil: 1. Vatadi majmu’ (yoki maq- run). 2. Vatadi mafruq.
Oldin kelgan ikkita mutaharrik (cho‘zgdli) harfga bir sokin (cho‘zgdsiz) harf qo‘shilishidan vatadi majmu’ (yoki maqrun) hosil bodadi: samar, bashar, qamar. Masalan, bashar so‘zi: mutaharrik (ba) + mutaharrik (sha) + sokin (r). Vatadi mafruqda ikki mutaharrik orasida bir sokin harf joylashadi: “nola”, “lola”, “zora”. Masalan, “nola”: mutaharrik (no) + sokin (1) + mutaharrik (a).
Ikkita mutaharrik (cho‘zgdli) harf bir sokin ( cho‘zgdsiz) harf joy lashishi dan vatadi mafruq hosil bodadi: lola, nola, zora. Masalan: nola so‘zi: mutaharrik (no) + sokin (1) + mutaharrik (a).
Sokin - mustaqil undosh yoki guruh unli harf. Mutaharrik - harakatlunuvchi, ya’ni qisqa unli oldidagi undosh harf.
Sabab arabcha so‘z bo‘lib, “chodirning arqoni” demakdir. Sabab - sokin va mutaharrik harflarning muayyan tartibda birikishidan hosil bofiuvchi ritmik birlik. Harflarning qanday tartibda birikishiga ko‘ra sababning ikki turi farqlanadi: sababi hafif (yoki yengil sabab) va sababi saqiyl (yoki og‘ir sabab).
Sababi hafif bitta mutaharrik (cho‘zg‘ib) harfga bitta sokin (cho‘zg‘isiz) harf birikishidan hosil bofladi: ko‘z, gul, qad. Masalan, gul: mutaharrik (gu) + sokin (1).
Sababi saqiyl ikkitamutaharrik(cho‘zg‘ili) harf qo‘shilishidan hosil bofladi: sana, gala, bila. Masalan, bila: mutaharrik (bi) + mutaharrik (la). Sababi saqiyl sababi harifdan qiyinroq talaffuz qilinadi. Uning nomlanishi shu bilan bogfliq.
Hafif arabcha so‘z bo‘lib, yengil demakdir. Hafif - aruz bahrlaridan biri. Aytibshi va taqti’ (paradigma yoki chizma) si yengil bodgani uchun ushbu bahr shunday nomlangan. Hafif
bahri foilotun (- V ) va mustaf’ilun ( V -) asllarining
ketma - ket kelib, takrorlanishidan hosil bofiadi.
Hafif o‘zbek she’riyatida keng qodlanadigan bahrlaridan biridir. Navoiyning “Mezon ul avzon” asarida hafif bahrining yigirma ikkita vazni misollar bilan ko‘rsatib berilgan. 0‘zbek mumtoz she’riyatida hafif bahrining olti ruknli sakkiz vaznidan keng foydalanilgan. 0‘zbek adabiyotida ushbu bahrdagi dastlabki she’rlar Atoyi va Lutfiy she’riyatida mavjud. Hofiz Xorazmiy she’rlarining aksariyati, Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostoni va devonidagi turli janrga mansub oltmish ikkita she’ri hafif bahrida yozilgan. “Sab’ai sayyor” dostonidagi quyidagi
bayt hafifi musaddasi solimi maxbuni maqtu’ vazni (- V /
V - V - / — )da yozilgan:
Bir necha zavraq asrabon tayyor,
Yangi oy zavraqi kibi sayyor.
Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy “Xamsa” sidagi to‘rtinchi doston ham hafif bahri (foilotun, mafoiylun, fa’ulo‘n)da yozilgan.
Fosila arabcha so‘z bo‘lib, “namat, ajratuvchi, oraliq” demakdir. Fosila - sokin va mutaharrik harflarning muayyan tartibda brikishidan hosil bofluvchi ritmik birlik. Harflarning qanday tartibda birikishiga ko‘ra fosilaning ikki turi farqlanadi: fosilayi sug‘ro (kichik fosila) va fosilayi kubro (katta fosila). Ketma-ket kelgan uchta mutaharrikka bitta sokin harfning qo‘shilishidan fosilayi sug‘ro hosil bofladi: “kelaman”, “ka- palak”. Masalan, “kapalak”: mutaharrik (ka) + mutaharrik (pa) + mutaharrik (la) + sokin (k). Fosilayi kubro ketma-ket kelgan to‘rtta mutaharrikka bitta sokin harf qo‘shilishidan hosil bofladi: “chidamadim”, “yashamadim”, “qaramading”. Masalan, “qaramading”: mutaharrik (qa) + mutaharrik (ra) + mutaharrik (ma) + mutaharrik (di) + sokin (ng).
Aruzshunoslikka doir ayrim manbalarda fosila alohida juzv sifatida ko‘rsatilmaydi.
Zihof arabcha so‘z bo‘lib, o‘zgargan, aslidan uzoqlashgan, chetlashgan, joyidan qo‘zg‘algan demakdir. Aruz she’r tizimi asosini tashkil etuvchi 8 aslning sifat yoki miqdor jihatidan turli o‘zgarishlarga uchrashi zihof deyiladi. Asllarning zihofga uchrashi natijasida ularning turli tarmoqlari - furu’lar hosil bofladi. Asllar uch xil yo‘l bilan zihofga uchrashi mumkin: 1. Hi- jolarning miqdor jihatidan o‘zgarishi. Bunda rukn tarkibidagi hijolar soni o‘zgaradi. Ya’ni rukn tarkibidan bir yoki bir necha hijo tushib qoladi. Masalan, foilotun aslining hazf zihofiga uchrashi natijasida oxirgi cho‘ziq hijo (tun) tushib qoladi va foilun (mahzuf) furu’si hosil bofladi. Furu’ - rukn tarmog‘idir.
2. Hijolarning sifat jihatidan o‘zgarishi. Bunda rukn tarki­bidagi hijolar sifati o‘zgaradi. Ya’ni cho‘ziq hijo qisqa yoki o‘ta cho‘ziq hijoga, qisqa hijo cho‘ziq yoki o‘ta cho‘ziq hijoga, o‘ta cho‘ziq hijo qisqa yoki cho‘ziq hijoga aylanadi. Masalan, mafoiylun aslining kaff qaytarish zihofiga uchrashi natijasida oxirgi cho‘ziq hijo (lun) qisqa hijoga aylanadi va mafoiylu furu’si (makfuf) hosil bodadi.
3. Rukn tarkibidagi hijolar bir paytning o‘zida ham miqdor, ham sifat jihatidan o‘zgarishga uchraydi. Ya’ni rukn tarkibidagi bir yoki bir necha hijo tushirilib, qolgan hijolardan birida sifat o‘zgarishi yuz beradi. Masalan, mafoiylun aslining qasr (qisqartirish) zihofiga uchrashi natijasida oxirgi cho‘ziq hijo (lun) tushirilib, undan oldingi cho‘ziq hijo (iy) o‘ta cho‘ziq hijo (iyl)ga aylanadi va mafoiyl furu’si (maqsur) hosil bodadi.
Vatad, sabab, fosila to‘g‘risidagi mulohazalarni umumlash- tirib, shunday deyish mumkin:
Qisqa va cho‘ziq bo‘gdnlarning birikuvidan vatad, sabab, fosila hosil bodadi.
Sabab bir cho‘ziq yoki ikki qisqa bo‘gdnning birikishidan hosil bodadi. Bir cho‘ziq bo‘gdndan iborat sabab (chizmasi: - ) sababi hafif (yengil sabab) ikki qisqa bo‘gdndan tuzilgan sabab (chizmasi: V V) esa sababi saqiyl (ogdr sabab) deb ataladi.
Vatad bir cho‘ziq bo‘gdn (chizmasi: -) bilan bir qisqabo‘gdn (V) ning birikuvidan hosil bodadi. Bunday birikmada qisqa bo‘gdn cho‘ziq bo‘gdnning oldida yoki undan keyin kelishi mumkin. Shunga ko‘ra vatadlar ikki xil bodadi:
Vatadi majmu’ (qo‘shilgan vatad).
Vatadi rnafruq (ajratilgan vatad).
Vatadi majmu’ cho‘ziq bo‘gdnning o‘zidan oldin kelgan qisqa bo‘gdn bilan birikuvidan tuziladi. Chizmasi: V -
Vatadi rnafruq esa aksincha bodib, cho‘ziq bo‘gdnning o‘zidan keyin kelgan qisqa bo‘gdn bilan birikuvidan tuziladi. Chizmasi: -V Vatadlar tarkibidagi cho‘ziq va qisqa bo‘gdn bir - biri bilan uzviy bogdiq bodib, ular qo‘shib talaffuz qilinadi. Masalan, “go‘zal vatan” birikmasidagi har ikki so‘z bo‘gdnlari tuzilishi jihatidan vatadi majmu’ga misol bo da oladi. Ularda birinchi bo‘gdn qisqa bodib, keyingi cho‘ziq bo‘gdn bilan birikib kelgan. Kitob, hayot, bahor so‘zlari ham vatadi majmu’ga misol boda oladi.
Fosila ikki yoki uch qisqa bo‘gdnning o‘zidan keyin keluvchi bir cho‘ziq bo‘gdn bilan birikishidan hosil bodadi. Agar ikki qisqa bo‘gdn bilan cho‘ziq bo‘gdn biriksa, fosilayi sugdo (kichik fosila) tuziladi. Chizmasi: VV -. Uch qisqa bo‘gdndan so‘ng cho‘ziq bo‘gdn kelib qo‘shilsa, fosilayi kubro (katta fosila) hosil bodadi. Chizmasi: VVV -.
Zihof to‘gdisidagi mulohazalarni esa umumlashtirib, shunday deyish mumkin:
Aruz tizimining murakkabliklaridan biri shundaki, undagi sakkiz asosiy rukn she’r misralarida, bahrlarda ko‘pincha turli o‘zgarishlar bilan qodlanadi. Ushbu o‘zgarishlar aruz ilmida zihof deb yuritiladi. Sakkiz rukn hammasi bodib, 45 xilgacha o‘zgaradi, ya’ni zihofga uchraydi. Mazkur o‘zgarish - zihoflarni uch guruhga ajratish mumkin:
Ruknlar tarkibida bo‘gdnlarning tushirilishi yoki orttirilishi.
Ruknlar tarkibidagi cho‘ziq bo‘gdnlarning qisqa yoxud oda cho‘ziq, shuningdek, qisqa bo‘gdnlarning cho‘ziq bo‘gdnlarga aylantirilishi.
Ruknlar tarkibidagi bo‘gdnlarning bir vaqtda tushirilishi, orttirilishi hamda cho‘ziq bo‘gdnlarning qisqa yohud o‘ta cho‘ziq, shuningdek, qisqa bo‘gdnlarning cho‘ziq bo‘gdnlarga aylantirilishi.
Aruz tizimi asosi bodgan ruknlarning o‘zgarishidan furudar, ya’ni tarmoq ruknlar hosil bodadi. Bunday ruknlar soni har bir asosiy ruknda har xil miqdor va har xil kodinishida bodshi mumkin.
Mumtoz aruzshunoslikda harf, juzv, rukn va bahr aruzning ritmik birligi sifatida kodsatiladi. Bu ko‘proq arab aruziga xosdir. 0‘zbek aruzshunosligida hijo, rukn va bahr aruzning ritmik birligi sifatida qayd qilinadi hamda hijo aruzdagi eng kichik birlik ekanligi ta’kidlanadi. Harf vajuzv atamalari o‘zbek aruzshunosligida kam qodlanadi.
Harf arabcha so‘z bodib, tovushning yozuvdagi shakli, belgisi demakdir. Harf arab aruzshunosligida eng kichik birlik bodib, u ikki turli bodadi: 1. Mutaharrik (cho‘zgdli). 2. Sokin (cho‘zgdsiz).
Cho‘zgd”degandaunlitovushnazardatutiladi. Mutaharrik harf (harakatli) va sokin harf (harakatsiz) atamalarining ma’nosi shu bilan bogdiq holda anglashiladi. Masalan, ko‘z so‘zi bir mutaharrik (ko‘) va bir sokin (z) harfdan iborat. Nola so‘zi ikkita mutaharrik: no va la; Vojib so‘zi ikkita mutaharrik (vo, ji) va bir sokin (b) dan harfdan tarkib topgan. Mutaharrik va sokin harflarning muayyan tartibda qo‘shilishidan juzvlar hosil bodadi.
0‘zbek she’riyatida hazaj, ramal, rajaz, muzori’, hafif, mujtass, munsarih, sari’, mutaqorib bahrlari mutadorik, komil, tavil bahrlariga nisbatan ko‘proq qodlanadi.
Hazaj arabcha so‘z bodib, bir xil ovozni takrorlash, ovozni yoqimli qilish, kuylash degan ma’noni bildiradi. Hazaj o‘zbek mumtoz she’riyatida eng faol qodlanadigan bahrlardan
biridir. U mafoiylun ash (V ) takroridan hosil bodadi.
Mafoiylun aslining oxirida vatad (V -) dan keyin ikkita sabab
( ) takrorlanishi yoki ushbu bahrning vaznlari bir xil tarzda
takrorlanishi ham mumkin.
Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” devonidagi g‘azal- larning 669 tasi (taxminan 22 foizli) hazaj bahrida bitilgan. Sharq she’riyatida keng tarqalgan ruboiylar ham hazaj bahrining axrab va ahram tarmoqlarida yozilishi shart. Ayrim dostonlar ham hazaj bahrida yozilgan. Masalan, Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni Nizomiy, Xusrav Dehlaviy dostoni kabi hazaj i musaddasi mahzuf vazni (mafoiylun, mafoiylun, faulo‘n) da, “Layli va Majnun” dostoni esa ustoz xamsanavislarning dostoni singari hazaj i musaddasi axrabi maqbuzi makfuf vazni (maf’ulu, mafoilo‘n, faulo‘n) da yozilgan va masnaviy yodida qofiyalangan. Bunda birinchi misra ikkinchi, uchinchi misra to‘rtinchi, beshinchi misra oltinchi misra bilan qofiyadosh bodadi va dostonda misralar shu tarzda qofiyalanib boradi.
Navoiyning:
G‘ami din gar chi jon yo‘q erdi tonda,
Tirildim la’lidan o‘ldum deganda
matla’si bilan boshlanuvchi g‘azali hazaji musaddasi mahzuf vazni (V V V —)da yozilgan. Boburning:
Bahor ayyomidur dag‘i yigitlikning avonidir,
Ketur, soqiy, sharobi nob kim, ishrat zamonidur
matla’li g‘azali esa hazaji musammani solim vazni (V V
V V )da bitilgan.
Ramal arabcha so‘z bodib, tuyaning lo‘killashi, kuy nomini bildiradi. Aruzdagi bahrlardan biri ramal foilotun asli (- V - -) takroridan hosil bodadi. 0‘zbek mumtoz she’riyatida ko‘p qodlanadi. Shu bois ramal - “turkiy bahr” ham deyiladi. Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida ramalning o‘n uch vazni to‘g‘risida, Bobur “Muxtasar” asarida uning ellik to‘qqiz vazni haqida mulohaza bildirib, fors va turkiy she’riyat namoyandalari ijo- didan misollar keltirgan. Husayn Boyqaro (Husayniy) ning g‘a- zallari shu bahrda yozilgan. Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” devonidagi 1827 ta she’r (devondagi she’rlarning yarmidan ko‘pi) ramal bahrida bitilgan. 0‘zbek she’riyatida ramal bahrida yozilgan dastlabki she’rlar “Qissasi Rabg‘uziy”da mavjud. Navoiyning:
Dilbaro, sendan bu g‘amkim, menda bordur, kimda bor? Furqatingdin bu alamkim, menda bordur, kimda bor
matla’li g‘azali ramali musammani mahzuf vazni (foilotun, foilotun, foilotun, foilun) da yozilgan. Paradigmasi, ya’ni taqti’si

Download 249.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling