Adabiyotshunoslik
Download 249.39 Kb.
|
o\'g\'ilsaam
(Maqsud Shayxzoda)
Metafora Sharq adabiyotida istiora deb yuritiladi. Metonimiya ikki tushuncha o‘rtasidagi yaqinlikka asoslangan o‘xshashsiz ko‘chimdir. Metonimiya yunoncha “qayta nomlash” demakdir. Metafora (istiora)da bir-biriga o‘xshash narsa-buyum va ularning belgilari ko‘chiriladi. Metonimiyada esa tashqi ko‘rinishi yoki ichki xususiyatlari bilan bir-biriga aloqador, biroq bir-biriga о‘xshamagan narsa-buyumlar belgilari chog‘ishtiriladi. Metonimiya bir necha xil bo‘ladi: Muallif nomi uning asari o‘rnida qodlanadi: Fuzuliyni oldim qo‘limga, Majnun bo‘lib yig‘lab, qichqirdi. (Hamid Olimjon) Bu o‘rinda Fuzuliy asarlarini deyilmoqchi. Biror narsa u yasalgan material bilan almashtirib ataladi: Po‘lat qush ham qanotin rostlab, Bulutlami etar tumtaroq. (Hamid Olimjon) Po‘lat qush deyilganda samolyot nazarda tutilgan. Sinekdoxa ham metonimiyaning bir shaklidir. Sinekdoxa yunoncha synekdoche, unda bir qism yoki bodak orqali yaxlit, butun narsa bildiriladi va aksincha. Ya’ni bir butun hodisa orqali uning ayrim bodagi haqida mulohazayuritiladi. Halol, pokizadir yegan oshimiz, Ming karra tashakkur peshona terga. (G'afur G'ulom) Peshona ter mehnatning bir bodagidir. Mahallangda oyoqlar tentirab qoldi, Qovjirab dilda ishqim armoni qoldi. (Oybek) Oyoqlar kishilar vujudining bir a’zosidir. Allegoriya (majoz) ko‘chim turlaridan biridir. U ertak va masallarda, ayniqsa, keng qodlanadi. Masalan, tulki obrazida ayyor kishilar nazarda tutiladi. Chumoli esa mehnatkash, zahmatkash odamlar timsolidir. Allegoriya fikrni pardalab, sal yashirib ifoda qilishning eng o‘ng‘ay shaklidir. Allegoriya yunoncha alios - boshqa, o‘zga va agoreuo - gapiraman, demakdir. Gulxaniyning “Zarbulmasal”, Hamzaning “Toshbaqa va chayon”, A.Krilovning “Bo‘ri bilan qo‘zichoq” kabi masallari allegorik, ya’ni majoziy asarlardir. Jonlantirish ham badiiy asarlarda keng qodlanadigan badiiy tasvir vositalari sirasiga kiradi. Jonlantirish kishilarga xos xususiyatlarnijonsizvamavhum narsa-hodisalargako‘chirishdir. Masalan, xo‘mraygan bulutlar deyiladi. Bunda kishilarga xos xo‘mrayish jonsiz bulutga ko‘chirilgan. Asarlarda tog‘-tosh, shamol, daraxt, mevalar xuddi odamlarga o‘xshatib gapirtiriladi. Sifatlash jonlantirishdan birmuncha farq qiladigan badiiy tasvir vositasidir. Sifatlash narsa-hodisaning biror belgi, xusu- siyatini aniq-ravshan ajratib kodsatishdir. Sifatlash ikki xil bodadi. Birinchisi oddiy sifatlash bodib, unda narsa-hodisa- laming o‘tkinchi belgilari ta’kidlanadi. Ikkinchisi, doimiy sifat- lash bodib, bunda narsa-hodisalarning doimiy xususiyatlari aytiladi. Podat nayza, olmos qilich, uchqur ot kabilar doimiy sifatlashdir. Har ikkala sifatlash turi voqea-hodisani ta’sirchan ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan, oppoq tong, ona zamin. Narsa-hodisalar orasidagi yaqinlik, o‘xshashlikni ko‘ra olish ijodkorning obrazli tafakkur etish iqtidorini namoyon etadi. Ijodkorning ana shu qobiliyati boshqalarning ongida ham narsa-hodisalar to‘g‘risida bodakcha tasawur - obraz hosil qiladi. Shoir, adib topadigan obrazlar so‘zning ma’no qamrovini kengaytiradi. So‘zdagi obrazlilik xususiyati o‘z-o‘zicha emas, balki unga yuklanadigan ma’no orqali yangilanib boradi. Ada- biyotdagi narsa-hodisalarni bir-biriga qiyoslash, o‘xshatish fikrni chiroyli taqdim etish usuli, yodi bodishi barobarida, badiiy tafakkurning o‘ziga xos shakli, ko‘rinishi hamdir. 0‘xshatish badiiy adabiyotdagi barcha tasvir vositalari orasida eng ko‘p qodlanadi. 0‘xshatish narsa-buyumning ma’- lum bir belgisini boshqa narsa-buyumga solishtirishdir. Arastu poeziya, ya’ni adabiyotning paydo bodishi xususida so‘z yuri- tib, “poeziya - o‘xshatish san’ati” ekanligini ta’kidlaydi va: “Poetik san’atning kelib chiqishiga ochiq-oydin ikkita sabab bodib, ikkalasi ham tabiiydir. Birinchidan, taqlid, o‘xshatish insonga bolalikdan xos bodgan xususiyatdir. Inson boshqa jonli mavjudotlardan o‘xshatish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ham farq qiladi, xatto, dastlabki bilimlarni u o‘xshatishdan oladi va bu jarayon samaralari barchaga huzur bagdshlaydi” deydi (Arastu. Ahloqi kabir. - T: “Yangi asr avlodi”, 2016. - 25-bet). 0‘xshatish fikrni ta’sirchan ifodalash, ko‘pchilikka tanish, hammaga ma’lum narsa-hodisa orqali hah uncha yaxshi ma’lum bodmagan narsa-hodisani bilish, uning mohiyatiga yaqinlashishga imkon beradi. 0‘xshatish narsalarning bevosita o‘xshash tomonlarini ko‘rsatish yoki -dek (-day) qo‘shimchasi, xuddi, o‘xshash, go‘yo, misli, misoli, singari, yanglig‘, bamisoli, kabi ko‘makchilari yordamida hosil qilinadi. Badiiy asarlarda tasvir vositalari ayrim holda ham, bir nech- tasi birgalikda, o‘zaro bogdiq holda ham ishlatiladi. Masalan, ayrim she’rlarning bir bandida o‘xshatish ham, sifatlash ham, mubolag‘a, jonlantirish ham qodlanishi mumkin. Ular ta’sirchan obraz va manzara yaratish barobarida ijodkorning voqebkka munosabatini ham ay on etadi. Mubolag‘anarsa-hodisalarning xususiyat, belgilarini kuchay- tirib, orttirib tasvirlashdir. Mubolag‘amuayyannarsa-hodisalarni boshqalaridan alohida ajratib kodsatish maqsadida qodlanadi. Mubolag‘a badiiy asarda aksariyat hollarda o‘xshatish, jonlantirish, sifatlash, metafora kabi tasviriy vositalar bilan birgalikda qodlanadi. Mubolag‘a, ayniqsa, folklor asarlarida, xususan, er- tak, dostonlarda ko‘p qodlanadi. Ma’naviy san’atlar nutqning ma’no jihati bilan bogdiq bodib, uningma’no go‘zalbgini ta’minlovchi she’riy san’atlardir. Iyhom, tavhij, tajohuli orif, talmeh, irsoli masal, husni ta’lil, laffu nashr, mubolag‘a,tashbeh, tamsil, istiorakabi badiiy san’atlar ma’naviy san’atlar sirasigakiradi. She’rning shakl jihatigae’tibor qaratgan holda, uning uslubiga bezak beruvchi badiiy san’atlar lafziy san’at deyiladi. Tarse’, tajnis, saj’, qalb, tajziya, zulqofiyatayn kabi badiiy san’atlar lafziy san’atlardir. Ayrim badiiy san’atlar ham ma’noga, ham shaklga aloqador bodgani bois lafzi-yu ma’naviy san’atlar yoki mushtarak san’atlar deyiladi. Tazmin, husni matla’, husni maqta’, taqobul, muqobala, ta’dil, tansiq us- sifot, iqtibos, husni ibtido, husni taxallus kabi badiiy san’atlar mushtarak san’atlardir. Aruzshunosbkda nutqni go‘zal qiluvchi badiiy vositalar “sanoyi”’ deyiladi. Ushbu vositalar ikkiga ajratiladi: zotiy go‘- zalliklar va oraziy go‘zalliklar. Nutqning ataylab, maxsus ish- lov berilmagan, kundalik muloqotda keng qodlanadigan tabby go‘zalligi zotiy go‘zalbklar, nutqqa bezak berish, uning ta’sirchanligini kuchaytirish uchun ataylab yaratiladigan go‘zal- ligi oraziy go‘zalliklar deyiladi. Lekin badiiy san’atlarni bu tarzda guruhlarga ajratish shartlidir. Chunki shaklni ma’nodan, ma’noni shakldan ajratib, san’at hosil qilib bodmaydi. Ingliz adabiyotshunosi Terri Igltonning yozishicha, XX asr 20-yillaridan keyin ingliz adabiyoti o‘rganishga munosib obyekt emas, balki tarbiya uchun zarur vositaga aylandi. U bunday e’tiborga voqelikni badiiy aks ettirishi, tilining ta’sirchanligi tufayli erishib, jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy hayotida muhim o‘rin egalladi. Badiiy asarlarning tilida ingliz so‘z san’atiga xos awalgi an’analar jonli so‘zlashuv tili bilan uyg‘unlashdi. Ingliz adabiyotida inson kim, shaxs kim, boshqalar bilan o‘zaro munosabatda bodishning ahamiyati nimada, kabi muhim mu- ammolar asosiy mavzuga aylandi. Ushbu mavzularning mu- hokama turi nuqtayi nazaridan muhokama qilinishi va badiiy so‘z vositasida ta’sirchan ifodalanishi ko‘pchilikni qiziqtirib qo‘ydi. Agar 20-yillardan awal ingliz adabiyotini o‘rganish shartmi, deb kelingan, bu ish bilan shug‘ullanish vaqtni bekorga ketkazish deyilgan bodsa, keyinchalik badiiy asarlar to‘g‘risida fikr bildirish, turli janrdagi asarlarni tahlil qilish, baho berishni jiddiy ish sanaydigan, unga mas’uliyat bilan qaraydigan kishilar maydonga chiqdi. Badiiy so‘z kishilarning hissiyoti, ong-ta- fakkuriga qaysidir darajada o‘z ta’sirini o‘tkazishi xususida mulohazalar “Skrutini” (“Sinchkov nigoh”) adabiy-tanqidiy jurnalining asosiy mavzusiga aylandi. Bu paytda adabiyot dol- zarb mavzularga e’tibor qaratishi emas, balki hayot voqeligini ta’sirchan badiiy til orqali yoritishi bois jamiyatning diqqatini o‘ziga tortdi. (Иглтон T. Теория литературы. Введение. 52-53-betlar). Badiiy asar tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri uning o‘ziga xos qurilishidir. U gap tuzilishiga ko‘ra oddiy so‘zlashuvdagi nutqdan jiddiy farq qiladi. Badiiy asar tili ba’zi o‘rinlarda, hatto, grammatika qoidalariga ham mos kelmaydi. Ilmiy asarlar tilida esa grammatika qoidalariga toTiq rioya qilinadi. Badiiy asar tilida fikrning ta’sirchan bodishi asosiy maqsad qilib qo‘yilsa, ilmiy asarlarda fikrning mantiqan ishonarli bodishiga e’tibor qaratiladi. She’riy, nasriy asarlarda fikrning hissiy ta’sirchan bodishiga erishish uchun gap qurilishining intonatsiya, parallelizm, takror, anafora, inversiya, antiteza, ritorik murojaat, ritorik so‘roq kabi ifoda usullaridan foydalaniladi. Intonatsiya lotincha “intonare”, “qattiq talaffuz etish” degan ma’noni bildiradi. U so‘zlovchining, asar muallifining hodisaga munosabatini anglatuvchi ifoda vositasidir. Badiiy asarda tinish belgilari, misralarning joylashish tarzi intonatsiyani bildiradi. Parallelizm ikki yoki undan ortiq narsa-hodisani yonma- yon qo‘yish orqali mazmunni yorqinlashtirish uslulidir. Unda narsa-hodisalar bir-biri bilan muqoyasa qilinadi yoki zidlash- tiriladi. Ushbu yo‘l bilan fikr aniqlashtirilib, uning ta’sirchanligi kuchaytiriladi. Parallelizm yunoncha parallellos so‘zidan hosil qilingan bodib, “yonma-yon boruvchi” degan ma’noni bildiradi. Parallelizmlar mazmunan teng yoki ularda bir-biriga yaqin ho- disalar qiyoslanishi, o‘xshatilishi, qarama-qarshi qo‘yilishi, ta- laffuzda bir xil ohangdorlikka asoslanishi (intonatsion parallelizmlar) va boshqa ko‘rinishda bodishi mumkin. Radiflar ham parallelizmning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Albatta, bunda misra- larda fikr mazmuni o‘xshash yoki bir-biriga yaqin hodisalarni ifoda qilishi lozim. Takror parallelizmga yaqin tasvir usulidir. Matnda u aniq ko‘rinib turadi. Chunki takror ayrim so‘z, iboralarning maTum bir tartib asosida qayta-qayta qoTlanishidir. Takror muayyan maqsadga muvofiq qodlanadi. Takrorning anafora, epifora, mis- ralar takrori singari ko‘rinishlari bor. Anafora yunoncha “anaphor”, “yuqoriga ko‘tarilish” degan ma’noni bildiradi. Bunda bir xil so‘z yoki so‘z birikmasi she’r misralari boshida aynan bir xil tarzda takrorlanib keladi. Qaysi bir ozorin aytay jononima ag‘yoming, Qaysi bir og‘ritganin ko‘nglimni dey dildoming. Download 249.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling