Adabiyotshunoslik
Download 249.39 Kb.
|
o\'g\'ilsaam
(Abdulla Oripov)
Mazkur satrlardagi hilol - behol, nimta - yarimta, tugmaday - nay, yulduz - ildiz, visol - misol, arvohi - gohi, g‘am - dam, manim - Vatanim so‘zlari o‘zaro to‘la ohangdosh bo‘lib, ular to‘liq qofiya hosil qilgan. Ba’zi she’r misralarida so‘zlardagi aksariyat tovushlar emas, balki ba’zi bir tovushlargina bir xil bo‘lib ular muayyan ohangdoshlikni yuzaga keltiradi. Bunday ohangdosh so‘zlarga och qofiya deyiladi. Biz Romeo, telba Romeo, Sevib qolgan oshiq Dartanyan. Romanlarda ishqiy sarguzasht, Romanlarda haqiqat tuban... Shaharchamiz navqiron Parij, Karetalar... xayollardayor. Direktoming qoshida g‘urur- Bumi qonayotgan mushketyor. (A. Qutbiddin) Dartanyan - tuban, yor - mushketyor so‘zlari “hilol - behol”, “nimta - yarimta” darajasida ohangdosh emas. Shuning uchun ularni och qofiya deyish mumkin. Qofiyalar she’riy asarlardagina emas, ba’zan nasriy asarlarda ham uchraydi. Bunday nasriy asarlar saj’ (qofiyali nasr) deb yuritiladi. Saj’, ayniqsa, folklor asarlarida keng qofllanadi: “Uning uchta o‘g‘li bor edi, uchovi o‘qigan, oq-u qorani tanigan, yuzlari oyday, o‘zlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joydaturmagan ekanlar”. Ekan - o‘qigan - tanigan, oyday - toyday, yurmagan - turmagan so‘zlari o‘zaro qofiyadoshdir. Radif qofiyadan keyin misralar oxirida takrorlanib keluvchi aynan bir xil so‘z yoki so‘z birikmasidir. Radif arabcha “otga mingashib kelmoq” degan ma’noni bildiradi. Sharq she’riyatida radif keng qoMlanadi. Jumladan, Alisher Navoiy g‘azal, ruboiy, tuyuqlarida ham radiflar ko‘p ishlatiladi. Masalan: Jondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz, Sondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz. Har neniki sevmak ondin ortiq bo‘lmas, Ondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz. Ushbu ruboiyda “seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz” so‘zlari radif sifatida misralar oxirida takrorlangan. Radiflar bitta so‘z yoki yuqoridagi singari bir necha so‘zdan iborat boflishi mumkin. Turoq bo‘g‘inlar guruhidan tashkil topadi. Turoqlar guruhidan misralar vujudga keladi. Misralar ham xuddi bo‘g‘in, turoqlar singari uyushib, muayyan musiqiylik hosil qiladi. Misralarning bunday birikuvi bandlarni vujudga keltiradi. Band misradan ko‘ra kengroq, koflamliroq, tugallangan fikrni anglatadi. Band she’rning ritm-intonatsiya va mazmun jihatidan nisbiy mustaqillikka ega bodagidir. Band turlari ko‘proq undagi misralar sonidan kelib chiqib belgilangan: ikkilik (masnaviy, bayt, distix), uchlik (musallas, terset), to‘rtlik (murabba’, katren) va boshqa. Mumtoz she’riyatda she’riy asarda bandlarning bir xil (misra soni, odchovi, qofiyalanish tartibi) bodishiga qat’iy amal qilingan. Keyinchalik astofik (bandlaridagi misralar soni turlicha), getrometrik (odchovi turlichamisralardantarkibtopgan bandlardan iborat) she’rlar paydo bodgan. Jahon she’riyatida har bir bandi 2 tadan 16 tagacha misrani birlashtirgan she’rlar mavjud. Har bir milliy adabiyotning o‘ziga xos she’r shakllari bor. Negaki she’r milliy tillarga xos xususiyatlar asosida paydo bodadi. Shu boisdan she’r tizimlari, vaznlari har bir xalq tilining ichki qonun-qoidalariga mos holda vujudga keladi. Jahon adabiyotidato‘rttashe’rtizimi, ayniqsa, keng tarqalgan. Bular: sillabik (bo‘gdnlar miqdoriga ko‘ra), metrik (turoq, to‘xtam (pauza), takt miqdoriga ko‘ra), sillabo-tonik (bo‘gdn va ohang), tonik (ohang) tizimlaridir. “She’r- muayyan odchovdagi ritmik nutq” deyiladi. Bo‘gdn she’rga xos eng muhim unsur bodgani bois u she’r tizimini belgilashda asos qilib olinadi. Jahon xalqlarining tili bir-biridan so‘zlarda bo‘gdnlarning tuzilishi, tarkibi va miqdori jihatidan ham farq qiladi. Ayni xususiyat she’rda ham aks etadi. Ya’ni har bir xalqning she’riyati shu xalq tiliga xos xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Shundan kelib chiqib, jahon she’riyatida sillabik, tonik, metrik she’r tizimlari mavjudligi ta’kidlanadi. Sillabik she’r tizimi muayyan miqdordagi bo‘gdnlardan iborat misralarning takrorlanishiga asoslanadi. So‘zlarda urg‘u o‘zgarmaydigan tillar (masalan, fransuz tilijda she’r uchun asosiy xususiyat misralarning bir xil miqdorda bodishidir. Sillabik she’r tuzilishiga xos xususiyatlar fransuz, polyak she’riyatida yaqqol seziladi. Fransuz tilida urg‘u, odatda, so‘zning oxirgi bo‘gdniga, polyak tilida esa oxirgisidan oldingi bo‘gdnga tushadi. Bu tillarda urg‘u ma’noga ta’sir etmaydi. Rus tilida esa urg‘u so‘z ma’nosini belgilaydi. Fransuz tilidagi o‘n ikki hijoli she’rda urg‘u doim oltinchi va o‘n ikkinchi bo‘gdnlargatushadi. 0‘zbek tilidaham so‘zlardaurg‘u o‘rni o‘zgarmaydi. 0‘zbek tilidaurg‘u doimo so‘zning so‘nggi bo‘g‘inida keladi. 0‘zbek she’riyatini sillabik she’r tizmiga kiritish mumkin. Chunki misralarda bo‘g‘inlar miqdori teng bodishi o‘zbek xalq she’riyati uchun ham, zamonaviy she’riyatimiz uchun Ьам asosiy xususiyatdir. Sillabik yunoncha “syllable” bo‘g‘in so‘zidan olingan. Bar- moq vaznidagi she’rlar sillabik she’r tizimiga mansub. Barmoq vazni uchun misralarda bo‘g‘inlar tengligi asosiy xususiyatdir. Barmoq vaznidagi she’rlarda misralardagi bo‘g‘inlar muayyan tartibda turoqlanadi, ya’ni guruhlanadi. Barmoq vazni misralardagi bo‘g‘inlar miqdorining tengligi va ularning bir xil tartibda guruhlanib takrorlanishiga asoslanadi. Tonik she’r tizimida she’r misralaridagi bo‘g‘inlarning ur- g‘uli yoki urg‘usizligi asosiy o‘rin tutadi. Tonik she’r tizimida urg‘uli hijolar muayyan nisbatdatakrorlanadi. Bunday she’rlarda urg‘uli hijolar o‘rtasida urg‘usiz hijolar nisbatan erkin bodadi. Rus, ingliz nemis she’riyati urg‘uli hijolar ma’lum tartibda takrorlani shiga asoslanadi. Metrik she’r tizimida misralardagi bo‘gdnlarning cho‘ziq va qisqaligi va ularning ma’lum tartibda kelishi muhim ahamiyat kasb etadi. Metrik she’r tizimi qadimgi yunon she’riyatida kuzatiladi. Unda qisqa hijolar, cho‘ziq belgisi (-) bilan ifoda- langan. Bu belgilar mora deb yuritiladi. Qisqa hijolar bir moraga teng bodsa, cho‘ziq hijolar ikki moraga tengdir. Qisqa vacho‘ziq hijolarning ma’lum tartibda guruhlanishi stopa deyiladi. Metrik she’r tuzilishi musiqa va she’r bir paytda ijro etil- gan zamonlarda vujudga kelgan. Qadimga Yunonistonda turli marosimlarda she’rlar musiqa jo‘rligida aytilgan. 0‘sha davrda musiqa va she’riyatga yaxlit san’at hodisasi sifatida qaralgan. Keyinchalik ular alohida san’at turi sifatida ajratilgan. Misralardagi bo‘gdnlarning qisqa va cho‘ziqligi she’riyat uchun asosiy odchov birligi sifatida saqlanib qolgan. Sillabik, tonik, metrik tizimlarga xos ushbu xususiyatlardan she’r tizimi muayyan o‘lchov tamoyiliga asoslangan vaznlar majmui ekani ayon bo‘ladi. She’r tizimi xalq tili xususiyatlariga bogdiqhodisadir. 0‘zbek tilining ifoda imkoniyatlari, grammatik me’yorlari sillabik va metrik she’r tizimiga mos tushadi. She’rlar ham boshqa badiiy asarlar kabi shakli, hajmi kabi jihatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Ayni chog‘da ular o‘rtasidaumumiyjihatlar ham mavjud. She’rlar umumiy vafarqli xususiyatlariga ko‘ra tasniflanadi. Bu “she’r tizimi” deyiladi. She’r tizimi - ma’lum odchovga asoslangan she’riy vaznlar majmuidir. She’r tizimi she’rga xos asosiy xususiyatlarni umum- lashtirishga asoslanadi. Ma’lumki, she’rda shu xalq tiliga xos, o‘zigaxos sifatlar ifodalanadi. She’r tizimi belgilashda ham xalq tiliga xos xususiyatlardan kelib chiqiladi. Aruz she’r tizimi musulmon Sharq she’riyatida juda keng tarqalgan. U misralardagi hijo (bo‘g‘in)lar miqdori va sifati (qisqa yoki cho‘ziqligi)ning qat’iy tartibda kelishiga asoslanadi. Aruz arab tili xususiyatlariga mos she’r tizimi bo‘lsa-da, u fors, turk va boshqa sharq xalqlari she’riyatiga ham chuqur kirib borgan. Aruz arab adabiyotida pay do bo‘lgan va u keyinchalik boshqa xalqlar she’riyatida shakllangan. Bu “Qur’on”ning arab tilida nozil qilingani bilan bogdiqdir. Islom diniga e’tiqod qiluvchi xalqlar ilohiy kitob “Qur’on” arab tilida nozil etilgani bois ushbu tilga hurmat-ehtirom bilan qarashgan. Adabiy-badiiy, ilmiy asarlarni arab tilida yozish taomilga aylangan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Zamaxshariy, Beruniy, Ibn Sino, Forobiy singari allomalar o‘z asarlarini arab tilida bitishgan. Nizomiy, Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari shoirlar doston, devonlari, nasriy asarlarini fors tilida yozishgan bo‘lsa-da, arabcha nomlashgan. Alisher Navoiy ham turkiy tilda bitgan asarlarini “Xazoyin ul-maoniy” (“Ma’nolar xazinasi”), “Mezon ul-avzon” (“Vaznlar odchovi”), “Mahbub ul-qulub” (“Ko‘ngillarning sevgani”), “Nasoyim ul-muhabbat” (Muhabbat shabadalari”), “Tarixi muluki ajam” (“Ajam podshohlari tarixi”) deb atagan. Tabiiyki, u bu jarayonda har bir tilning o‘ziga xos xususiyat- larini o‘zida akslantirgan. Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy kabi Sharq mutafakkirlarining she’riy asarlari aruz vaznida yozilgan. Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida “Aruz fani sharif fandur” deydi. Aruz - murakkab she’riy tizim. Uning nazariy asoslarini o‘rganishni dastlab arab olimi Xalil ibn Ahmad binni Umar binni Tamim-ul Basriy (hijriy 174, milodiy 790 -791-yilda tug‘ilgan) boshlab bergan. Aruz shu olim yashagan vohaning nomidir. Bayt arabcha so‘z bodib, “uy” degan ma’noni bidiradi. Bayt - sharq she’riyatidagi ikki misrali band turi. Lekin har qanday ikki misra she’rning bayti bodolmaydi. Bayt ritm-intonatsiya va mazmun jihatidan nisbiy mustaqillik kasb etishi, ya’ni band maqomiga ega bodishi kerak. Shu bois bayt atamasi g‘azal, qit’a, qasida janrlariga nisbatan ishlatish, Sharq she’riyatidagi boshqa janrlarning ikki misrali bandlariga nisbatan esa “masnaviy” atamasini qo diash maqsadga muvofiqdir. Misralardagi bo‘gdnlarning uzun yoki qisqa, ochiq yoki yopiqligi quyidagicha aniqlanadi: Oxiri undosh tovush bilan tugagan bo‘gdn yopiq bo‘gdn sanaladi. Masalan: kun, tun, quyosh, oy, yil. Yopiq bo‘gdnlar cho‘ziq bo‘gdndir. Cho‘ziq unlilar ishtirokida yasalgan bo‘gdnlar ham cho‘ziq bo‘gdn deyiladi. Misol uchun: bo-la, xo- la, o-na. Cho‘ziqbk “—” belgisi bilan ko‘rsatiladi. Qisqa unlilar ishtirokida yasalgan ochiq bo‘g‘inlar qisqa bo‘g‘inlar hosil qiladi. Masalan: so-g‘i-nib, bor-ga-ni. Qisqalik “V” belgisi bilan ko‘rsatiladi. Ayrim hollarda aruz vazni xususiyatlariga muvofiq ayrim bo‘g‘inlar o‘zgarishga uchrashi ham mumkin. Masalan, yopiq bo‘g‘inlaroxiridagi undosh tovush о‘zidan key in kelgantovushga qo‘shibb ketsa, yopiq bo‘g‘in ochiq bo‘g‘inga aylanadi. Aruz vaznida rukn hodisasi bor. Rukn misralardagi bo‘g‘in- laming guruhlanib kelishidir. Aruz vaznida o‘n to‘qqizta bahrni hosil qiluvchi sakkizta asosiy rukn mavjud. Ular: faulun, foilun, mafoiylun, foilotun, mustaf’ilun, maf’ulotu, mutafilun, mafoilatundir. Bu sakkiz rukn o‘z paradigma (chizma)siga ham ega. Masalan, faulun ushbu tarzda belgilanadi: V Rukn bo‘gdnlardagi undosh va alif miqdoriga, ularning harakatli, ya’ni “zer”, “zabar” yoki “pesh’di bodishiga va ak- sincha, ya’ni harakatsiz bodishiga qarab, uch guruhga bodinadi: sabab, vatad, fosila. Sabab bo‘gdndan keyingi eng kichik unsurdir. U bir uzun (qod, non, gul) yoki ikki qisqa (yu-zi, ko‘-zi, qo‘-b) bo‘gdndan tuzilishi kerak. Vatad jamlovchi va ajratuvchi bodadi. Jamlovchi vatad bir ochiq, bir yopiq bo‘gdnb so‘z (va-tan) yoki ko‘p bo‘gdnb so‘zlardagi bir ochiq, bir yopiq bo‘gdndir. Ajratuvchi ochuvchi vatad esa bir yopiq, bir ochiq bo‘gdnb so‘z(ol-ma) yoki ko‘p bo‘gdnb so‘zlardagi bir yopiq, bir ochiq bo‘gdndir. Fosila bir uzun bo‘gdn bilan ikki yoki uch qisqa bo‘gdnning birgalikda kelishidir. Fosila ham ikki xil (kichik va katta) bodadi. Kichik fosila ikki ochiq (VV) va bir yopiq (—) bo‘gdnli so‘z (ti- la-gim) yoki ko‘p bo‘gdnb so‘zlardagi shu tartibdagi bo‘gdndir. Katta fosila esa birinchi, ikkinchi va uchinchisi ochiq, oxirgisi esa yopiq bo‘gdnb so‘zlardir (so‘-ra-ma-gan). Aruzda misralardaruknning ma’lum tartibdatakrorlanishidan bahr paydo bodadi. Aruz she’r tizimida sakkizta asosiy ruknning muayyan tartib bilan takrorlanishidan o‘n to‘qqizta asosiy bahr vujudga kelgan. Bular: hazaj, rajaz, ramal, vofir, komil, mutaqorib, mutadorik, sare’, munsarih, hafif, muzori’, mujtas, muqtazab, tavil, madid, basit, jadid, qarib, mushokil. 0‘zbek mumtoz she’riyatida ramal, hazaj, rajaz, mutaqorib, ayniqsa, keng qodlangan. Alisher Navoiyning “Xazoyin ul- maoniy” devonidagi 2600 g‘azalning 1400 dan ко ‘ prog d ramal bahrida (ramali musammani maqsur va mahzufda) yozilgan. Vofir bahri talablari o‘zbek tili xususiyatlariga to‘g‘ri kelmagani uchun o‘zbek shoirlari bu bahrda she’r yozishmagan. Hazaj bahri mafoiylun ruknining takrorlanishi asosida pay do bodgan. Uning uch guruhi (hazaji musamman, hazaji musaddas, hazaji murabba’) mavjud. Hazaji musamman hazaj bahrining o‘n olti bo‘gdnli vaznidir. Mazkur bahrning o‘n ikki bo‘gdnli vazni esa hazaji musaddas deb yuritiladi. Sakkiz bo‘gdnli vazni hazaji murabba’ deyiladi. Rajaz bahri mustaf’ilun ruknining takrorlanishi asosida vu- judga kelgan. Bu bahrning ham uch guruhi mavjud: musamman, musaddas, murabba’. Mazkur bahrning o‘n olti bo‘gdnli vazni rajazi musammani solim, o‘n ikki bo‘gdnlisi rajazi musaddasi solim deb yuritiladi. Ramal bahri foilotun ruknining baytlarda va misralarda turlicha takrorlanishi asosida hosil bodadi. Uning ham uch guruhi mavjud: musamman, musaddas, murabba’. Hazaj, rajaz, ramal va boshqa bahrlarning har biridako‘pdan- ko‘p vaznlar mavjud. Ularning har birini bo‘gdn, ruknlari tak- roriga muvofiq paradigma (chizma)sini belgilash mumkin. Arab tilida hijo, ya’ni bo‘gdnlarning qisqa, cho‘ziq va oda cho‘ziqligi ma’noni ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. 0‘zbek tilida esa unday emas. Misralarda qisqa, cho‘ziq va oda cho‘ziq bo‘gdnlarning ma’lum tartibda takrorlanishi arab she’riyatiga xosdir. Aruz vaznida undosh tovushlar bilan tugagan hijolar cho‘ziq, unlilar (“o”dan boshqa unlilar) bilan tamom bodgan hijolar ko‘pincha qisqa sanaladi. Misralardagi cho‘ziq hijo ba’zan qisqa hijo, qisqa hijo esa cho‘ziq hijo tarzida o‘qilishi mumkin. Bu “imola” deb yuritiladi. Aruz vaznida misraning ritmik bodaklari, ya’ni hijolarning turoq tipidagi guruhlari rukn deb ataladi. “Rukn” arabcha so‘z bodib, ustun degan ma’noni bildiradi. Aruzshunoslikda rukn juzv bilan bahr orasidagi ritmik birlikdir. Juzv arabcha so‘z bodib, bodak, parcha, qism demakdir. Juzv - aruzda mutaharrak (cho‘zgdli) va sokin (cho‘zgdsiz) harflarning muayyan tartibda birikishidan hosil bodadi. Ushbu termin arab aruzi to‘g‘risida so‘z yuritilganda faol, turkiy aruzga nisbatan esa kam qodlanadi. Chunki turkiy aruzda harf va juzv terminlari odniga hijo termini ishlatiladi. Hijo arabcha so‘z bodib, to‘g‘ri o‘qimoq degan ma’noni bildiradi. Hijo turkiy, jumladan, o‘zbek aruzida eng kichik ritmik birlik - bir havo zarbi bilan aytiladigan tovushlar guruhidir. Aruzdagi hijo hamdatilshunoslikdagi bo‘gdn bir xil narsa emas. Ular odtasida muayyan farq mavjud. Masalan, o‘zbek tilida so‘zda unlilar soni nechta bodsa, unda shuncha bo‘gdn bodadi. Aruzda esa bir undosh (sokin)ning alohida holda ham, o‘zidan keyin kelayotgan so‘zning birinchi qisqa unlisi yoki birinchi bo‘gdni bilan qo‘shilib ham bir hijoga teng bodishi mumkin. Misol uchun “sabr qil” jumlasi “sab - r - qil” tarzida hijoga ajratiladi. Bunda uning chizmasi quyidagicha bodadi: - V -. Ushbu jumla “sab - ray - la” tarzida ham hijolarga bodinishi mumkin va u chizmada shaklida kodsatiladi. Ayni holatda sabr so‘zining oxirgi “r” undoshi keyingi so‘zning birinchi bo‘gdni (“ay”) bilan birga bir hijoga teng. Ba’zan vazn talabiga ko‘ra qisqa hijo cho‘ziq hijoga va aksincha cho‘ziq hijo qisqa iborat. Nizomiy Ganjaviyning quyidagi g‘azalida esa vazn talabi bilan ushbu so‘z keyingi so‘zning birinchi bo‘gdniga qo‘shib, me - no - shiq - man tarzida talaffuz etiladi. Men oshiqman go‘zal yuzgayuzi oyga solur g‘avg‘o, Download 249.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling