Adabiyotshunoslik
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-mavzu: ASAR POETIKASI – KOMPARATIVISTIKA OBYEKTI Reja
Nazorat savollari:
1. Tarjima tarixiga oid nimalarni bilasiz? 2. Tarjima nazariyasiga oid muhim tushunchalarni izohlang? 3. Tarjimaning lingvistik jihatlari nimalardan iborat? 4. Tarjima jarayonida adekvatlikka erishish vositalarini tushun- tiring? 5. Tarjima muvaffaqiyatini belgilovchi jihatlar? 6. Nima uchun tarjima qiyosiy adabiyotshunoslik obyekti hisob- lanadi? 7. Badiiy asar tarjimasi bilan shug‘ullangan tadqiqotchi asosan qaysi jihatlarni qiyosan o‘rganishi mumkin? 1 Мусаев Қ. Таржима назарияси асослари. – Тошкент: Фан, 2005. – Б.334. 5-mavzu: ASAR POETIKASI – KOMPARATIVISTIKA OBYEKTI Reja: 5.1. Poetika haqida tushuncha. 5.2. Poetikaning tasnifi. 5.3. Badiiylik va badiiy mahorat. 5.4. Poetikaga oid zamonaviy tadqiqotlar. Tayanch so‘zlar: poetika, umumiy, tavsifiy normativ, nazariy va tarixiy poetika, poetik mahorat, badiiylik, badiiy olam, mezon. Qiyosiy adabiyotshunoslik bo‘yicha olib boriladigan tad qiqotlarning aksariyati poetika tushunchasi bilan bog‘liq. Poetikaning asosiy maqsadi asar yaralishiga xizmat qiluv- chi barcha badiiy unsurlarni yuzaga chiqarish, baholash va yozuv chining mahoratini ko‘rsatib berishdan iborat. Muayyan yozuv chi yoki shoirning badiiy asariga xos xususiyatlarni ta lab darajasida tahlil etish uchun avvalo poetika nazariyasini chuqur o‘rganib chiqish kerak. Poetika atamasini birinchi marta Arastu asarida qo‘llagan 1 . Faylasuf adabiyotni epos, lirika, drama kabi uch turga ajratish barobarida ularning badiiy xususiyatlariga xos jihatlarni ham tahlilga tortadi. Shundan so‘ng Sharq va G‘arbda poetika bilan bog‘liq ko‘plab ilmiy asarlar yuzaga keladi. Rus olimi A.A.Potebnya (1835 – 1891) fan tarixida birinchi lardan bo‘lib, poetikaning nazariy asoslari haqida ilmiy asarlar 1 Аристотель. Поэтика. Об искусстве поэзии. – М., 1961. 38 39 yozgan. 1 U «Tarixiy poetika» kitobida nazm va nasr, badiiy tas vir vositalari, poetik va mifologik tafakkur, stilistik figuralar haqida ilmiy-nazariy xulosalarini beradi. Uning adabiyot shunoslikka doir ayrim izlanishlari 2 ni keyinchalik rus olimi M.Baxtin davom ettirgan 3 . U.Jo‘raqulovning ta’kidlashicha, yirik nazariyotchi olim M.M.Baxtin asarlarining birortasi ham tarixiy va nazariy poetika sintezisiz amalga oshirilmagan 4 . «Poetika» – yunonchadan olingan bo‘lib, «san’at, yaratuv- chanlik, mahorat» degan ma’nolarni bildiradi. Rus olimi V.M. Jirmunskiyning fikricha, Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling