Adabiyotshunoslik
Tarjima nazariyasiga oid muhim
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- qonuniy muvofiqlik nazariyasi (тео рия закономерных соответствий) mavjud.
Tarjima nazariyasiga oid muhim
tushunchalar: Tarjima nazariyasi umumiy va alohida nazariyaga ajrati- lib o‘rganiladi. Umumiy tarjima nazariyasi til uchun umumiy 1 Саломов Ғ. Таржима назарияси асослари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1983. 2 Илясов Б. Свободный стих и перевод. – Термез: Джайхун, 1995; Авторская концепция оригинала и мастерство переводчика. – Ташкент, 1995; Замысел автора и переводческие плеоназмы // Зунделовические чтения: Материалы международной конференции. – Са мар- канд, 2000. – С.102 – 105; Искусство поэтического перевода. – Ташкент: Фан, 2007. – 124 с. 3 Топер П.М. Перевод в системе сравнительного литературоведения. – М., 2000; Белик Е.В. Перевод как разновидность межкультурной коммуникации // Преподаватель XXI век. – М., 2013. – С.289 – 293; Утробина А.А. Теория перевода. – М., 2010; Мусаев Қ. Таржима назарияси асослари. – Тошкент: Фан, 2005. 32 33 bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rganadi va barcha tarjima turlarini qamrab oladi. Alohida tarjima nazariyasi esa bir tildan ik kinchi tilga bo‘lgan tarjimaning faqat lingvistik aspektlarini o‘rganadi. Tarjima kommunikativ jarayon hisoblanadi va shu jihatdan ikki xil xususiyatga ega: 1. Til ichidagi jihatlar – matnning uslubi, matn bilan bog‘liq lingvistik xususiyatlar. 2. Tildan tashqari jihatlar – lingvomadaniy xususiyatlar va madaniy an’analarning original va tarjimada aks etish darajasi. Ma’lumki, tildan tashqari jihatlarni yaxshi bilmaslik (o‘zga xalq madaniyatini yaxshi anglamaslik) tarjimaga putur yetka zadi. Tarjima jarayonida qonuniy muvofiqlik nazariyasi (тео рия закономерных соответствий) mavjud. Bu nazariya ning asosiy mohiyati kelib chiqishi jihatidan muvofiq va mu vofiq bo‘lmagan tillar orasidagi tarjima bilan bog‘liq. Tarjima nazariyasida transformatsion, semantik-semiotik, situativ va kommunikativ modellar mavjud. Tarjimaning transformatsion modeli – boshqa tilga tarjima qilinganida tilning o‘z holatini qanday saqlab qolish daraja sidir. Tarjimaning semantik (ma’no) – semiotik (belgilar sis temasi) modeli – original asar semantikasining tarjimada saq- lanish darajasi bilan belgilanadi. Tarjimaning situativ modeli – tarjimada ayrim vaziyatlarni (masalan, milliy-madaniy) hisobga olib, tarjima qilinishini nazarda tutadi. Tarjimaning kommunikativ modeli tarjimada o‘sha xalq- ning madaniyatini hisobga olish va o‘zga tilga adaptatsiyasi masalasidir. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling