Adabiyotshunoslik
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
Chog‘ishtirish metodi – filologik hodisalarni tizimli
qiyos lashga asoslangan metod bo‘lib, asosan farqli xususiyat larni ochib berishga qaratilgan metoddir. Shuning uchun ham tilshunoslikda boshqacha nomi kontrastiv metod deb atala di. Garchi nazariy asoslari ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da, antik davrlardan boshlab turli xil filologik hodisalarni chog‘ishti rishga qaratilgan asarlar yaratilgan. Alisher Navoiyning fors va turkiy tillar muhokamasiga qaratilgan «Muhokamat-ul lug‘atayn» asari chog‘ishtirish metodining yorqin namuna sidir. Fanda mazkur metodning nazariy asoslari tilshunos olim I. A. Boduen de Kurtene tomonidan XIX asrda ishlab chiqilgan. Ye. D. Polivanov, L. V. Sherba, S. I. Bernshteyn, A.A.Reformat skiy, Sh. Balli kabi olimlar bu boradagi ilmiy ishlarni davom ettirishgan 3 . Tilshunos olim R.Rasulov ilmiy xulosalariga ko‘ra, cho- g‘ish tirish metodi ikki va undan ortiq qarindosh yoki qarin dosh bo‘lmagan tillarni, til hodisalarini o‘zaro qiyolash usuli 1 Каримов Б. Адабиётшунослик методологияси. – Тошкент: Муҳаррир, 2011. – Б.74. 2 Bu haqda yana qarang: Эшонбобоев А. Қиёсий-тарихий метод ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. 2008. №2. 3 Поливанов Е.Д. Русская грамматика в сопоставлении с узбекским языком. – Ташкент, 1933; Реформатский А.А. О сопоставительном методе // Русский язык в национальной школе. 1962. №5; Методы сопоставительного изучения языков. – М., 1988. bo‘lib, ushbu xususiyatga ko‘ra faqat qarindosh tillarni taq- qos lab, qiyoslab o‘rganadigan qiyosiy-tarixiy metoddan farq qiladi. Shuningdek, qiyosiy-tarixiy metoddan farqli ravishda, chog‘ishtirilayotgan tillarning tarixiga, ularning kelib chi qishiga – genetik jihatlariga, taraqqiyotiga e’tibor bermaydi, ularga asoslanmaydi. 1 Agar yuqoridagi nazariy fikrlarni adabiyotga tatbiq qilsak, tahlil bir millat yoki bir hudud adabiyoti doirasida olib borilsa, adabiy hodisalarning genetik jihatlariga e’tibor qaratilsa, bun da qiyosiy-tarixiy metoddan (mas., «o‘zbek mumtoz adabiyoti da ramzlar qiyosi»), turli millatga mansub adabiyotlar tadqiqi va tahlili asosida (mas., rus va o‘zbek, ingliz va ispan) u yoki bu adabiy hodisalarning spetsifik xususiyatlari ochib berilsa, chog‘ishtirma metoddan foydalaniladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling