Adabiyotshunoslik
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
To‘rtinchi vaziyat. Har xil makon va zamon adabiy hodi-
salarini qiyoslash jarayoni. Bunda turli muhit, makon va tur li zamon adabiy hodisalari taqqoslanadi. Bu vaziyat qiyosiy tah lil metodologiyasi va metodikasi uchun eng murakka bi sa naladi. Masalan, Shekspir va Alisher Navoiy asarlarida ma’rifat talqini yoki Abdulla Qahhor va Jek London asarlarida badiiy psixologizm masalasini o‘rganish uchun quyidagilarni hisobga olish kerak: Birinchidan, qiyoslanadigan hodisalarning mohiyatini tu- shunish lozim. Ikkinchidan, qiyosiy tahlil obyektlari mavjud bo‘lgan oldingi sharoitlar va muhitlarni ham imkon qadar 22 23 chuqurroq o‘rganish, ularning Shekspir va Navoiy yoki Abdul la Qahhor va Jek London dunyoqarashiga ta’sirini ochib berish darkor. Chunki har xil zamon va makonda yashab ijod etgan adiblarning asarlarini mashhurlikdan boshqa yana nima bir lashtirib turganini bilish uchun ko‘pgina adabiy hodisalarni yuzaga chiqarish lozim. Qiyoslash obyektlarining makon-zamon ko‘rsatkichlari munosabati bilan, tahlil qiluvchining oldida ko‘plab qiyinchi liklar paydo bo‘ladi. Ammo qiyoslanadigan adabiy hodisalar- ning rivojlanish jarayonida vujudga keladigan vaziyatlarning xususiyatlari hisobga olinsa, ularni hal etish mumkin. Agar qi yosiy tahlil olib borayotgan tadqiqotchilar farqlanuvchi, zid diyatli hodisalarni qiyoslash metodologiyasi va metodikasiga ega bo‘lsa, qiyoslash natijasi yaxshi samara beradi. Nazorat savollari: 1. Tabiiy, ma’naviy va ijtimoiy qiyosiy tahlil obyektlari bir- biri dan qanday farq qiladi? 2. Qiyosiy tahlilning vazifalari nimalardan iborat? 3. Qiyoslash jarayonidagi eng muhim bosqichlarga izoh bering? 4. Qiyosiy tahlil kutilgan natijani berishi uchun, tadqiqotchi qan day bosqichlarda ish olib borishi kerak? 5. Zaruriyat – obyekt – mohiyat algoritmida qiyosiy tahlilni amal ga oshirish mexanizmini tushuntiring? 6. Qiyoslanishi mumkin bo‘lgan qanday tipik vaziyatlarni bilasiz? 7. Nima uchun har xil makon va zamon adabiy hodisalarini qi yoslash jarayoni qiyosiy tahlil metodologiyasi va metodikasi uchun eng murakkabi sanaladi? Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling