Adabiyotshunoslik
Download 0,98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchidan
Birinchidan, hodisalarning ichki xususiyatini, ichki pa-
rametrlarini qiyoslamay turib, ularni qiyoslash, o‘xshashlik va farqlarini aniqlashning iloji yo‘q. Ularning asosiylari – qi yoslanadigan obyektlarning mazmun, mohiyat, sifatlaridir. Shuning uchun, hodisalarning mazmun, mohiyat va sifatlari orasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlash qiyoslash jara- yonidagi birinchi bosqichdir. Ikkinchidan, bilamizki, hodisalarning ichki xususiyatlari, ya’ni ularning mazmun, mohiyat va sifati muhitda o‘ziga xos shaklda namoyon bo‘ladi. Demak, qiyoslash obyektlarining ichki xususiyatlarini, muhitda namoyon bo‘lish darajasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni o‘rganish kerak. Bu qiyosiy tahlil- ning keyingi bosqichidir. Uchinchidan, nafaqat qiyoslanadigan obyektlar muhitga ta’sir ko‘rsatadi, balki muhit ham ularga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bu tashqi sharoitlarning tahlil obyektlariga ta’sir etish xususi yatlarini qiyoslashni ko‘zda tutadi. Shu tarzda, tabiiy ravishda hodisalarni qiyoslash bosqichida uchinchi yo‘nalish belgila nadi. Uning mohiyati – muhitning qiyosiy tahlil obyektlariga ta’siridagi o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlashdan iborat. To‘rtinchidan, har qanday hodisaning, jumladan, adabiy hodisaning paydo bo‘lish sababi, zaruriyati mavjud. Qiyos- lash chog‘ida albatta, ularni ham e’tiborga olish zarur. Har bir hodisaning vujudga kelishi, mavjudligi, rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishida ko‘plab zaruriyatlar rol o‘ynaydi va ular orasida ayrimlari ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi. Buni adabi yotda ko‘pincha motiv deb ataymiz. Demak, bizga kerak nar saning qiyosiy tahlilini amalga oshirishdan oldin, uni yuzaga keltirgan ehtiyoj va zaruriyatlarni ham taqqoslash kerak. Bu bizga qiyoslanayotgan obyektlarning mavjudligi sabablarida o‘xshash va xos tomonlarni ochishga yordam beradi. Buning uchun biz Download 0,98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling