Adabiyotshunoslik
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 2-mavzu: QIYOSIY TAHLILNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI VA PRINSIPLARI Reja
- Tayanch tushunchalar
Amerika olimlari V.Fredrik (komparativistlarning
xalqaro Amerika assotsiatsiyasi prezidenti) va Rene Uellek boshlab bergan an’analar davom ettirilib, dunyoning turli joy larida komparativistika ilmiy markazlari, maktablari tashkil lashtirilmoqda. Moskva komparativistika maktabi, Britaniya va Amerika qiyosiy adabiyotshunoslik assotsiatsiyalari 1 shu lar jumlasidandir. Hozirda qiyosiy adabiyotshunoslik bo‘yicha dunyoda bir qancha ilmiy jurnallar nashr qilinadi. Rossiyada chop etila digan «Imagologiya va komparativistika», «Tarixiy poetika», Fransiyadagi «Revue de litterature compare» ana shunday nufuzli jurnallardan bo‘lib, ularda komparativistikaga oid eng yaxshi maqolalar beriladi 2 . Nazorat savollari: 1. Filologik komparativistika deganda nimani tushunasiz? 2. Lingvistik va adabiy komparativistikaning bir-biridan farqini izohlang. 3. Qiyosiy adabiyotshunoslik fan sifatida qachon shakllangan? 4. Qiyosiy-tarixiy metod asoschilaridan kimlarni bilasiz? 5. A.N.Veselovskiyning nazariy qarashlariga izoh bering? 6. Qiyosiy adabiyotshunoslik fanining bugungi kundagi istiqboli haqida qanday fikrdasiz? 1 www.bcla.org/index.htm; www.agla.org 2 http://journals.tsu.ru; www.cairn-int.info/journal-revue-de-litterature-comparee.htm 14 15 2-mavzu: QIYOSIY TAHLILNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI VA PRINSIPLARI Reja: 2.1. Qiyosiy tahlil obyektlari. 2.2. Qiyosiy tahlilning vazifalari. 2.3. Qiyoslash jarayonidagi eng muhim bosqichlar. 2.4. Qiyoslanishi mumkin bo‘lgan tipik vaziyatlar. Tayanch tushunchalar: obyekt, tabiiy, ijtimoiy, ma’naviy, gno- seologik, mantiqiy, metodologik, metodik, akseologik vazifalar, qi- yos lash bosqichlari, muhit, ichki xususiyatlar, tipik vaziyatlar Qiyosiy tahlil oddiy tahlildan farq qiladi. An’anaviy tahlil obyektlardan, ular esa o‘z tashkil etuvchilaridan iborat. Tad qiqotchilar uchun shuni bilishning o‘zi kifoya. Qiyosiy tahlil esa aytib o‘tilgan harakatlardan tashqari, yana tahlil obyekt- larining tashkil etuvchilarini ham bir-biri bilan qiyoslashga qaratiladi. Qiyosiy tahlildan maqsad – qiyoslanuvchi obyektlarning o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash, ular orasidagi umumiy qonuniyatlarni yuzaga chiqarishdan iborat. Azaldan, «Haqiqat qiyosda bilinadi» deymiz. Shuning uchun ham qiyoslash metodologiyasi odamlarning hayotiy fao liyatida keng tarqalgan va qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda qi yoslash metodi barcha bilish va hodisalarni tahlil etish ja rayoniga tatbiq etilgan. Fan va amaliyotning barcha sohalari da qiyoslash metodologiyasidan foydalaniladi. Qiyoslash metodologiyasining mazmuni, mohiyati va vazi falarini yanada chuqur anglash uchun muayyan ilmiy-amaliy asoslar mavjud. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling