Adabiyotshunoslik
Qiyosiy adabiyotshunoslik fan sifatida
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
Qiyosiy adabiyotshunoslik fan sifatida
Fan tarixidan ma’lumki, qiyosiy adabiyotshunoslik haqida gi dastlabki nazariy qarashlar adabiy jarayonlarning o‘xshash va farqli tomonlarini izohlash ehtiyoji tufayli XIX asrning boshlarida Yevropada, XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya da shakllangan 1 . Qiyosiy tadqiqotlar dastlab tilshunoslik yo‘nalishida olib borilgan va keyinchalik adabiyotshunoslikka ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. «Qiyosiy-tarixiy metod rivojida Frans Bopp, Ras mus Rask, Yakob Grimm kabi Yevropa tilshunoslarining alohi da hissasi bo‘lib, ular novator tilshunoslar sifatida maydonga chiqdilar» 2 . Ilk nazariy komparativistik qarashlar Germaniyada shakl- langan. Nemis tarixchisi I.G.Gerder (1744-1803) va buyuk adib I.V.Gyote (1749-1832) tadqiqotlari, ayrim asarlari aynan qiyosiy yo‘nalishda yaratilgan. I.G.Gerder birinchilardan bo‘lib e’tiborini Yevropa xalqlari madaniy hayotidagi umumiy jihat larga qaratadi. Uning g‘oyalarini davom ettirgan buyuk adib I.V.Gyote esa fanga «jahon adabiyoti» tushunchasini olib kira di. O‘zining «G‘arb-u Sharq devoni»da Sharq va G‘arb madani yatiga xos mushtarak jihatlarni yoritadi. Rus sharqshunosligida qiyosiy-tarixiy metod rus tarixchisi va nazariyotchisi A.N.Veselovskiy (1838–1906) nomi bilan bog‘liq. Olim mazkur atamani birinchi bo‘lib fanda muoma- laga kiritgan. «Qiyosiy-tarixiy metod umumjahon adabiy jara- yonini tadqiq etganda ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning rivojla- nish qonuniyatlariga asoslanadi. Chunki tarixiy jarayon har bir geografik mintaqa doirasida o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgani 1 Batafsil qarang: Академические школы в литературоведении. – М., 1975. 2 Расулов Р. Умумий тилшунослик. – Тошкент, 2010. – Б.81. 12 13 holda, bir qator umumiy qonuniyatlarga ham egaki, aynan shu qonuniyatlardan kelib chiqib, turli xalqlar adabiyotlarini qi yosiy aspektda o‘rganish mumkin» 1 Shuning uchun, dastlabki tadqiqotlaridayoq A.N.Veselovskiy masalaga tarixiylik prinsipi asosida yondashgan. Masalan, nemis olimi G.Flotoning «Ilo- hiy komediya» haqidagi maqolasiga(1859) taqrizida, yozuv- chini zamondan ayri holda tasavvur qilish qiyinligi, Dante ijodiy merosi faqat Danteniki emas, bunda davrning ham ro lini anglash joizligi haqida fikr bildirib, G.Flotoning ayrim qa rashlarini tanqid qiladi. 2 Uning nazarida Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling