Adabiyotshunoslik


Qiyosiy tahlilning gnoseologik vazifasi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/67
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1762125
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Qiyosiy tahlilning gnoseologik vazifasi. Uning mohiyati 
va asosiy maqsadi, qiyoslash obyektlari haqida yangi bilim va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishdir. Bu orqali biz quyidagi natijalar­
ga erishamiz:
Birinchidan, qiyosiy tahlil jarayonida, har bir taqqoslanadi­
gan obyekt haqida yangi ma’lumot olamiz.
Ikkinchidan, qiyoslanayotgan adabiy hodisalarning o‘zaro 
ta’siri haqida yangi tushunchalarga ega bo‘lamiz.
Uchinchidan, agar obyektlarni taqqoslash jarayoni yetarli 
darajada to‘liq va aniq bo‘lsa, unda ularning o‘tmishi, buguni 
va kelajagi haqida umumiy tasavvur hosil qilamiz. Shu bilan 
birga qiyoslash metodikasi nazariyasini boyitamiz.
Qiyosiy tahlilning mantiqiy vazifasi. Adabiy hodisalar-
ni taqqoslash jarayonida mantiqiy qonun-qoidalar ifodasi. 
Qiyosiy tahlil jarayonida mantiq talablaridan uzoqlashmaslik 
uchun quyidagilarga rioya qilish kerak:
1.Turli xil asosga ega adabiy hodisalarni taqqoslash man­
tiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Ko‘pincha adabiy hodisalarni qiyosiy 
tahlil etish uchun turli asoslar tanlanadi. Bu hol yuz berganda 
– qiyoslash jarayoni o‘zining aniqligini yo‘qotadi. U ko‘p jihat-
dan predmetsiz, demak, samarasiz bo‘lib qoladi. Qiyoslash 
uchun aniq asos bo‘lishi kerak. To‘g‘ri kelgan narsani bosh­

Минералов Ю.И. Сравнительное литературоведение (Компаративистика). Учебник. 
– М.: Юрайт, 2018; Жирмунский В.М. Сравнительное литературоведение // Изб. тр. – М.: 
Наука, 1979; Кокорин А.А. Сравнительный анализ: теория, методология, методика. – М.: 
МГОУ, 2009.
qasi bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Masalan, syujetni syujet bilan, 
asar tilini boshqa bir asar tili bilan qiyoslash mantiqan to‘g‘ri 
bo‘ladi; 
2.Obyektlarga aloqasi bo‘lmagan ma’lum bir vaziyatlar tah-
lildan olib tashlanmasa, kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi;
3.Qiyoslash jarayonida ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklar­
ga uchrash mumkin, bu tabiiy. Hatto, o‘ta qarama-qarshi 
bo‘lgan personajlarda ham albatta, mantiqqa zid bo‘lmagan 
umumiy tomonlar topiladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling