Adabiyotshunoslik


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/67
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1762125
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Nazorat savollari:
1. Milliy, hududiy va jahon adabiyoti tushunchalarini izohlang.
2. Hududiy va jahon adabiyoti namunalariga misol keltiring.
3. Nima uchun adabiyotlararo aloqalar komparativistika obyekti 
hisoblanadi?
4. Tipologiya va tipologik mushtaraklik tushunchalariga izoh 
bering
5. Adabiyotshunoslikda multikulturizm nima?

Конрад Н.И. Средневосточное возрождение. – С.220.
7-mavzu:
O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA 
QIYOSIY TADQIQOTLAR
Tayanch tushunchalar: qiyosiy tadqiqotlar, o‘zbek adabiyoti, 
jahon adabiyoti, N.Karimov, A.Hayitmetov, E.Rustamov , M.Xajiye-
va, N.Toirova, biografik roman, Abdulla Qahhor, Jek London.
O‘zbek adabiyotshunosligida qiyosiy yo‘nalishdagi ilmiy 
ishlar olib borish jarayoni asosan XX asrning ikkinchi yarmi­
dan boshlangan. N.Vladimirovaning rus tilidan o‘zbek tiliga 
tarjimalarning nazariy asoslariga, A.Mirzoyevning Foniy va 
Hofiz she’riyatiga bag‘ishlangan ilmiy ishlari bu boradagi ilk 
tadqiqotlar hisoblanadi
1
.
Bugungi kunga kelib, komparativisitik tadqiqotlar soni va 
salmog‘i oshib bormoqda. O‘z davrida taniqli navoiyshunos 
A.Hayitmetov, «Xamsa» Alisher Navoiy ijodining eng katta 
yutug‘i bo‘lishi bilan birga, uning yuzaga kelishi faqat o‘zbek 
adabiyoti tarixidagina emas, jahon adabiyoti tarixida buyuk 
voqea ekanini, Navoiy va jahon adabiyoti mavzusi nisbatan 
yangi soha bo‘lib, bugungacha sanoqli ishlar amalga oshiril­
ganini alohida ta’kidlagan edi
2
.
Ilmiy-adabiy aloqalar natijasida chinakam asarlar boshqa 
xalqlarning adabiyot olamiga tez kirib boradi va qaysidir dara­
jada ularning ham ma’naviy mulkiga aylanadi. Demak, Navoiy, 
Bobur, Shekspir, Dante va boshqa ko‘plab shoir hamda yozuv-

Владимирова Н. Некоторые вопросы художественного перевода с русского языка на 
узбекский язык. Автореф. дисс… к.ф.н. – Ташкент, 1957; Мирзоев А. Фоний ва Ҳофиз // 
Навоий ва адабий таъсир масалалари. – Тошкент: Фан, 1968. – Б.53 – 62.

Ҳайитметов А. Тимурийлар даври ўзбек адабиёти. –Тошкент: Фан, 1996. – Б.68.


54
55
chilar ijodi jahon xalqlarining ham umumiy intellektual mul­
kidir. Bu jarayonda qiyosiy yo‘nalishdagi ilmiy ishlar alohida 
rol o‘ynaydi.
O‘zbek adabiyotshunosligida X.K.Hamrayev Oybek va 
Qahhor asarlarini, S.R.Babayeva G‘afur G‘ulom, G.Xalliye­
va Navoiy va Bobur, Z.Mirzayeva Abdulla Qodiriy va boshqa 
jadid adiblari, B.Xoliqov Tohir Malik, N.Toirova Omon Mux­
tor, F.Xajiyeva Maqsud Qoriyev, N.Qobilova Abdulla Qahhor 
asarlarini jahon adabiy kontekstida o‘rganib, qiyosiy adabiyot­
shunoslik rivojiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar
Adabiy aloqalar doirasida bajarilgan ilmiy ishlarga M.Xolbe­
kov, Sh.Shamusarov, A.Qosimov, M.Bakayeva, S.Kamilova, 
T.Sultanov, S.Matkarimova va boshqa olimlarning ilmiy izla-
nishlarini namuna sifatida ko‘rsatish mumkin.
E.Ochilovning «XX asr fransuz she’riyati o‘zbek tilida (tar­
jimada mazmun va shakl birligi masalasi) mavzusidagi ilmiy 
ishi, M.Tojixo‘jayevning «O‘zbek adabiyoti namunalari Martin 
Xartmann tarjimasi va talqinida» nomli monografiyasi, F.Sa­
payevaning Maxtumquli she’rlarining o‘zbekcha tarjimalari 
qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan tadqiqoti, R.Shirinovaning 
olam milliy manzarasining badiiy tarjimada qayta yaratilishi 
xususidagi doktorlik dissertatsiyasi tarjimashunoslik yo‘na-
lishidagi ilmiy ishlarga misol bo‘la oladi. 
Xullas, xalqlararo madaniy-adabiy aloqalar kundan kun­
ga rivojlanib borayotgan bugungi kunda qiyosiy tadqiqotlar 
adabiyotshunosligimizda kelajagi porloq, istiqbolli yo‘nalish­
lardan biridir. Xalqaro adabiy aloqalar doirasida komparati-
vistik tadqiqotlar olib borish jarayonida, kamida ikki xalq, 
ikki adabiyotning, ayniqsa, o‘zimizning ma’naviy qadriyatlari-
miz, nazmiy va nasriy durdonalarimizning mohiyatini yanada 
chuqurroq anglaymiz. 
Qiyosiy tadqiqot olib borishda metodologik yordam va na­
muna sifatida bu o‘rinda ayrim ilmiy ishlardan misollar kelti­
rishni lozim topdik.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling