Adabiyotshunoslikda metod tushunchasi tavsifi
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati
Download 65.34 Kb.
|
KURS ISHI sHOIRA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi va hajmi.
- Klassitsizm, romantizm, realizm, simvolizm, naturalizm, modernizm
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishining ahamiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi.
1.Tadqiqotda erishilgan natijalar Oliy o’quv yurtlarida talabalar uchun badiiy metodlar tarixi, adabiyotshunoslikdagi metodlar haqida umuniy tushunchaga ega bo’lishlarida yordam beradi. 2.Tadqiqotda qo’llangan materiallardan adabiy metodlar tahili bo’yicha magistrlik dissertatsiyalarini yozishda ham foydalanish mumkin. 3.Kurs ishida to’plangan misollar o’zbek adabiyotida metodlar sistemasining o’ziga xos xususiyatlari, badiiy asar tili bo’yicha amaliy darslarni o’tishda material vazifasini o’taydi. Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adbaiyotlardan iborat bo’lib, hajmi 35 betni tashkil etadi. I Bob. Adabiyotshunoslikda metod tushunchasi tavsifi. 1.1.Badiiy metod tushunchasi va uning asosiy xususiyatlari. San’at va adabiyotda hayot hodisalarini gavdalantirishning umumiy yo‘llari ijodiy metod deb yuritiladi. Adabiyotshunoslikka doir darslik, qo‘llanma-lug‘atlarda “ijodiy metod” tushunchasiga “yozuvchining hayotiy faktlarni tanlash, umumlashtirish, baholash va badiiy obrazlarda aks ettirishda qo‘llagan asosiy prinsiplari”, “san’atkorning anglanayotgan voqelikka ijodiy munosabatlarining umumiy ijodiy prinsipi, ya’ni badiiy asarda voqelikni qayta tiklash prinsipi”, “turmush hodisalarini tanlash, o‘rganish, idrok etish va tasvirlashning asosiy vositasi” deb ta’rif beriladi. Jumladan, D.Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheraliyevaning “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da: “Metod (yun. methodos – tadqiq usuli) – 1) ijodiy metod; marksistik estetikaning asosiy kategoriyalaridan biri, XX asrning 20-yillaridan keng ommalashgan va ma’nosi o‘zgarib borgan termin. 30 – 40-yillar adabiyotshunosligida adabiyot va san’atdagi hayotni badiiy aks ettirishning asosiy tamoyillari metod deb yuritilib, ikkita – realistik va norealistik ijodiy metodlar mavjud deb hisoblangan. Keyinroq metod deganda badiiy asarning g‘oyaviy mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan hayot materialini tanlash, badiiy idrok etish va baholash prinsiplari tushunila boshlangan. Ya’ni bunda metod badiiy tafakkur tarzi sifatida tushunilib, ijodkor e’tiborini voqelikning u yoki bu qirralariga qaratishi, tipiklashtirishi va baholashida namoyon bo‘luvchi hodisa sanalgan. Keyingi ma’no ko‘chishi adabiyotning mafkura quroliga aylanishini ilmiy asoslash jarayonida amalga oshgan va mafkuralashgan sho‘ro adabiyotshunosligida metod tushunchasiga o‘ta muhim ahamiyat berilgan. Terminning keyingi ma’noda qo‘llanishi badiiy ijoddagi ikki muhim unsur – metod va uslubni alohida kategoriyalar sifatida tushunishga imkon bergan. Bunda badiiy tafakkur tarzini anglatuvchi metodga gnoseologik (ya’ni badiiy bilish bilan bog‘liq), uslubga esa antropologik (ya’ni ijodkor shaxsi bilan bog‘liq) kategoriya sifatida qaraladi (uslub). Adabiyotshunoslikda metod terminini bu ma’noda qo‘llashda ham turlichaliklar bor. Jumladan, romantizm, realizm, tanqidiy realizm, sotsialistik realizm kabilar ijodiy metod sifatida ko‘rsatilsa, klassitsizm ba’zan metod, ba’zan esa adabiy yo‘nalish sifatida ko‘rsatiladi. Holbuki, klassitsizmda ham o‘ziga xos hayot materialini tanlash, badiiy idrok etish va baholash prinsiplari mavjud bo‘lib, bu jihatdan u bemalol metod sanalishi mumkin. Hozirgi adabiyotshunoslikda ijodiy metod termini qo‘llanishda passivlashdi; 2) tadqiqot usuli. Bu ma’noda metod badiiy asar va adabiy jarayonni tadqiq etish tamoyillari va usullarini bildiradi: biografik metod, qiyosiy metod, sotsiologik metod va boshqalar” deyilgan. Ularda so‘z san’atida inson dunyosini badiiy gavdalantirishning ikki yo‘li: romantizm va realizm yo‘li bor, deb qayd qilinadi. Bunda insonning o‘ziga xos tabiatidan kelib chiqiladi. Ayonki, odam real hayotga bog‘lanib, o‘zining orzu-havaslari dunyosida yashaydi. Inson tabiatida mavjud hayot tarziga qanoat qilishdan ko‘ra, turmushni o‘zgartirish istagi, uni yanada yaxshilash havasi hamisha baland turadi. Ehtimol, shu boisdan, qadimgi dunyo adabiyoti asarlarining aksariyati romantizmga asoslangan. Yunon dramaturgi Sofokl mazkur hodisani sharhlab: “Men odamlarni ular qanday bo‘lishi lozim bo‘lsa, shunday tasvir etaman, u (ya’ni Evripid –A.U.) esa odamlarni, ular aslida qanday bo‘lsalar, shunday tasvir etadi”, degan. “Alpomish” dostonidagi Alpomish, Barchin, Qaldirg‘och, Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod kabi obrazlar ham ajdodlarimizning asl inson haqidagi orzu-xayollarini o‘zida mujassamlashtirgan. Asl inson qanday bo‘lishi kerak, degan muammo adabiyotda azaldan asosiy mavzu bo‘lib kelgan. Shuning uchun kishilarning haqiqiy inson haqidagi orzu-havaslarini aks ettiruvchi asarlar ko‘p yaratilgan. Homerning “Iliada” va “Odisseya”si, hindlarning “Mahobhorat” va “Ramayana”si, o‘zbeklarning “Alpomish”i, Firdavsiyning “Shohnoma”si, “Xamsa” dostonlari shundan dalolat beradi. 1.2. Badiiy metod turlari va tasnifi Asl inson haqidagi orzular aksi bo‘lgan bu asarlar kishilarni yovuzlik, shafqatsizlik, johillik olamidan uzoqlashtirib, ma’nan ulg‘aytirgan. Insoniyatda azaldan orzu-havas hissi yuksak bo‘lgani bois adabiyotda romantizm metodi yetakchilik qilib kelgan. Bu ijodiy metod, ayniqsa, Sharq adabiyotida ustuvor bo‘lgan. XX asr boshigacha ham o‘zbek adabiyotida ham romantizm metodi asosiy o‘rin tutgan. Albatta, mavjud hayot hodisalariga munosabatni ifodalaydigan, turmush hodisalarini haqqoniy aks ettiruvchi asarlar ham yozilgan va ularning aksariyati, asosan, tanqidiy, hajviy ruhga yo‘g‘rilgan. Mavjud hayotga tanqidiy yondashish esa uni o‘zgartirish, yanada to‘kis, farovon qilish orzusidan tug‘iladi. Odamlarning orzu-havaslarini ifodalash romantizm ijodiy metodiga xos xususiyatdir. Romantizm metodi – hayot haqidagi, inson to‘g‘risidagi orzular ifodasidir. Bu metodga mansub asarlarda xayoliy voqealar, orzulardagi obrazlar asosiy o‘rin tutadi. Shoir, yozuvchi o‘z a’moli (ideali)dagi insonni ko‘rsatish uchun qahramonlarini real hayotdagidan ko‘ra kuchliroq, fidoyiroq, jasurroq qilib gavdalantiradi. “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod obrazi o‘zida Alisher Navoiyning chin inson haqidagi orzularini mujassamlashtirgan. Ideal obrazni, ideal hayotni ko‘rsatish romantizm ijodiy metodining mohiyatini belgilaydi. Shuning uchun bu xildagi asarlarda voqelik real hayotning o‘zidagidan ko‘ra boshqacha, ko‘tarinki pafosda ko‘rsatiladi. Fantastik syujetli, mifologiyaga asoslangan asarlar ham romantizm metodiga mansubdir. Adabiyotshunoslikka doir avvalgi darslik, qo‘llanmalarda: “Romantizm ijodiy metodi juda murakkab hodisa bo‘lib, u XVIII asr oxiri – XIX asr boshida Yevropa, Amerika adabiyotida paydo bo‘ldi hamda o‘zidan avval adabiyot va estetikada hukmronlik qilgan klassitsizmga qarshi kurashda shakllandi va rivoj topdi”, deyiladi. Biroq, yuqorida qayd etilganidek, Sharq adabiyotida azaldan romantizm yetakchilik qilib kelgan. Qadimgi yunon dramaturglarining jamiyatdagi mavjud tartibni o‘zgartirish g‘oyasi ilgari surilgan tragediyalari ham, ajdodlarimizning adolatli shoh haqidagi orzu-istaklarini ifodalagan ertak, dostonlar ham romantizm ijodiy metodiga mansubdir. XVIII asr oxiri va XIX asr boshida Yevropa va Amerika adabiyotida paydo bo‘lgan, jamiyatdagi mavjud hayot tarzidan qanoatlanmaslikni ifoda etgan asarlar esa romantizm ijodiy metodining o‘ziga xos yangi bir ko‘rinishidir. Ular ijtimoiy voqelikni, inson dunyosini aks ettirishdagi o‘ziga xosliklariga ko‘ra ertak, dostonlardan, “xamsa”lardan jiddiy farq qiladi. Viktor Gyugo (1802–1885), Jorj Sand (1804–1876), Bayron (1788–1824) kabi yevropa adabiyoti namoyandalari asarlarida xuddi Sharq shoirlari dostonlaridagi singari asl inson, adolatli jamiyat haqidagi orzu-istaklar o‘z ifodasini topgan. Ammo ular xuddi “Farhod va Shirin”, “Saddi Iskandariy” singari xayoliy voqealarga emas, balki real hayot voqealariga asoslangan. Romantizm ijodiy metodiga mansub ushbu asarlarda asosiy diqqat-e’tibor ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi murosasiz kurashni ko‘rsatishga qaratilgan. Barcha xalqlarning ertak, dostonlari, mumtoz adabiyotning aksariyat namunalari romantizm metodiga mansub bo‘lib, ularda yovuzlikning olamga hukmron bo‘lishga intilishi va ezgulikning unga qarshi kurashi ko‘rsatiladi. Ayni asarlarda hayot voqeligi o‘z ko‘rinishida emas, ideal asosida gavdalantiriladi. Hayot voqeligi va inson obrazini ideal asosida aks ettirish esa san’atning asosiy xususiyatidir. San’atning mohiyatini belgilaydigan muhim jihatlardan biri sanalgan ushbu hodisa to‘g‘risida D.Quronov hammuallifligidagi “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da shunday ma’lumot beriladi: “Ideal, estetik ideal (yun. idea so‘zidan fr. ideal – tasavvur, tushuncha) – estetika, jumladan, adabiyotshunoslikning muhim ilmiy kategoriyalaridan biri, go‘zallik, estetik mukammallikning yuksak darajasi haqidagi his etiladigan konkret-timsoliy shaklda aks etuvchi tasavvurlar jami. Jamiyatda yashayotgan har bir inson ongida mukammal jamiyat, mukammal ijtimoiy munosabatlar, mukammal inson haqidagi tasavvurlar mavjud bo‘- lib, bularning bari idealni tashkil qiladi va uning voqelikka munosabatini belgilaydi. Umuman olganda, estetik ideal ham shuning bir qirrasi, konkret-timsoliy shaklda voqe bo‘luvchi go‘zallik tasavvuridir. Haqiqatda idealning qirralari butunning qismi bo‘lib, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham mutaxassislar idealning serqirraligini, uning mohiyati: ong sohasida – haqiqat, axloq sohasida – ezgulik, estetika sohasida – go‘zallikdan iborat ekanligini ta’kidlaydilar. Albatta, bu qirralarning har biri o‘zining muayyan me’yorlariga ega bo‘lib, ular davr o‘tishi bilan o‘zgarib, konkretlashib boradi. Masalan, tasavvuf adabiyotining idealiga ko‘ra, haqiqat – Haq, Alloh; ezgulik – Haqning buyurganini qilish va u qaytarganni qilmaslik; go‘zallik – shu ikkisiga muvofiqlikda, nimaiki bularga muvofiq emas, u go‘zallikdan ayro tushadi. Insonning ijtimoiylashuvi bilan bog‘liq holda ideal ham hayotga yaqinlashadi, u ijtimoiy siyosiy mundarija kasb etadi. Masalan, jadid adabiyotining idealiga ko‘ra, haqiqat – millat taraqqiysi (erkin va adolatli jamiyat, ma’rifat, munosib milliy turmush, milliy ozodlik va b.); ezgulik – millat taraqqiysiga xizmat qiluvchi amal; go‘zallik – shu ikkisiga muvofiqlik, davr bilan bog‘liq o‘zgargani holda, idealni zamonga butkul bog‘lab qo‘yish xato bo‘lur edi. Negaki, ideal ijtimoiy xarakterga ega, u juda qadim zamonlardan shakllanib, to‘lishib, konkretlashib keladi va, ayni chog‘da, u mohiyatan hamisha kelajakda bo‘lib, bu hol uni vaqt hukmidan xoli etadi. Xuddi shu narsa san’at asarining boqiyligini ta’minlovchi asosiy omildir, chunki san’at olam va odamni ideal asosida aks ettiradi, ideal asosida baholaydi. Ya’ni ijod onlaridagi san’atkor ideal olamida yashaydi, voqelikni uning nuri bilan yoritadi. Zero, faqat shundagina ijodkor shaxs tom ma’nodagi ma’naviyruhiy butunlikka ega bo‘ladi. Ma’naviy-ruhiy butunlik esa shaxs intilgan idealning mavjudligi va uning hayotiy prinsiplari o‘sha idealdan kelib chiqishi demakdir. Shunga ko‘ra, butunlik muayyan xususiyatlarni o‘zida jam etgan insonning turg‘un holati emas, balki uzluksiz va adoqsiz bir jarayondir. Negaki, reallik bilan to‘qnashuv har vaqt shaxsning ma’naviy-ruhiy butunligi – mohiyati va mavjudligi orasida ziddiyatlar keltirib chiqaraveradi. Mana shu ziddiyatlarni idealdan ruh olgan holda bartaraf etish orqali mavjudligini mohiyatiga muvofiqlashtirib borish, shu asno qadam-baqadam idealiga yaqinlashib, yangiyangi ma’nolarni kashf etish va ularni o‘z hayotiga, jamiyat hayotiga tatbiq etib borish – ijodning bosh shartidir. Bu jihatdan tom ma’nodagi ijodkor XAQ yo‘liga kirgan so‘fiyga monand: so‘fiy XAQqa yaqinlashgani sari mavjudlikning mohiyatini teranroq idrok qilganidek, ijodkor idealga yaqinlashgani sari hayotning, insonning mohiyatini teranroq ilg‘aydi. So‘fiylik yo‘lining ibtidosi ham, intihosi ham HAQ bo‘lganidek, ijodkor faoliyatining motivi (sabab) ham, maqsadi (natija) ham idealdir”. Realizm adabiyotida hayot voqeligini tipiklashtirib, romantizm adabiyotida esa uni ideallashtirib aks ettirish ustuvorlik qiladi. Hayot hodisalari va inson dunyosi g‘oyat serqirra. Har qanday ijodiy metod sir-sinoatga to‘la bu jumboq hodisaning muayyan jihatinigina qamrab oladi, xolos. Klassitsizm, romantizm, realizm, simvolizm, naturalizm, modernizm tarzida nomlanadigan ijodiy metod, yo‘nalish, oqimlarning hech biri hayot hodisalari va inson dunyosini to‘la-to‘kis aks ettirolmaydi. Shuning uchun ijodiy metodlarni biridan birini baland yoki past qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki ularning har biri hayot hodisalarini va inson obrazini gavdalantirishning o‘ziga xos yo‘lidir. Realizm romantizmdan yuqori, romantizm klassitsizmdan yuksak deyish nojoiz. Chunki “Xamsa”, “Alpomish” romantizm ijodiy metodiga mansub bo‘lsa, “Sarob”, “Ulug‘bek xazinasi” esa realistik asardir. Sofokl (er.avv. 495–406-yillar)ning “Shoh Edip” tragediyasi Arastu “Poetika”sini bitmagan, romantizm, realizm ijodiy metodlari, klassitsizm, sentimentalizm yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ilimiy-nazariy qarashlar paydo bo‘lmagan bir zamonda, ya’ni eramizdan avvalgi 430–415-yillar oralig‘ida yozilgan. Download 65.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling