Adabiyotshunoslikda metodologiya reja: Kirish. I. Bob metodologiya metodika mutanosibligi 1


Download 116.5 Kb.
bet9/16
Sana17.06.2023
Hajmi116.5 Kb.
#1541055
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Adabiyotshunoslikda Metodoligiya

Bifurkatsiya ikkilanish nuqtalarining mavjudligini hamda rivojlanish davomining har xilligini nazarda tutadi. (Masalan bitta oila negizida yangi oila paydo bo‘ladi va yangi oila o‘zining rivojlanish tamoyillariga ega bo‘ladi). Ularning faoliyati natijalarini oldindan bashorat qilish qiyin. I. Prigojinning fikriga ko‘ra, bifurkatsiya jarayonlari tizimning murakkablashuvidan dalolat beradi. N. Moiseevning fikricha, «ijtimoiy tizimning har bir holati bifurkatsiya holatidir».
Fluktuatsiyalar umumiy holda ta'sirlantirishni anglatadi. Ularning ikki katta turkumi: tashqi muhit yaratadigan fluktuatsiyalar va tizimning o‘zida vujudga keladigan fluktuatsiyalar farqlanadi. Ba'zan fluktuatsiyalar juda kuchayib, tizimni to‘la egallab olishi va mohiyat e'tibori bilan uning mavjudlik tartibini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ular tizimni unga xos bo‘lgan «tartib turi»dan olib chiqadi, ammo xaosga olib chiqadimi yoki yo‘qmi2 – bu masalaning boshqa tomoni.
Dissipativ tizim ta'sirlar tarqaladigan tizim hisoblanadi. Umuman olganda, bu fluktuatsiyalar to‘la qamrab olgan tizim xulq-atvorining xususiyatidir. Har xil ta'sirlarga o‘ta ta'sirchanlik va buning natijasida haddan tashqari nomuvoziylik – dissipativ tizimning asosiy xossasidir.
Attraktorlar to‘plamlarni o‘ziga tortuvchi, elementlar intiladigan markazlarni hosil qiluvchi tuzilma. Masalan, bir yerga olomon to‘planganida, o‘z yo‘nalishida harakatlanayotgan odam unga e'tibor bermasdan o‘tib keta olmaydi. Uning traektoriyasi olomon tomonga buriladi. Kundalik hayotda bu qiziquvchanlik, deb ataladi. O‘z-o‘zini tashkil etish nazariyasida mazkur jarayon «to‘planish nuqtasiga siljish» deb nomlanadi. Attraktorlar o‘z atrofiga stoxastik elementlarni to‘playdi, shu tariqa muhitni tuzilmalarga ajratadi va tartib o‘rnatish ishtirokchisiga aylanadi.
Dunyoning postnoklassik manzarasida tartiblilik va tuzilmalarga ajratilganlik tartibsizlik va stoxastiklik singari voqyelikning ob'ektiv, universal xususiyatlari e'tirof etilgan. Ular rivojlanishning barcha strukturaviy darajalarida namoyon bo‘ladi. Nomuvoziy tizimlarning nomuntazam xulq-atvori muammosi sinergetikaning diqqat markazida turadi. Xullas, sinergetika – strukturogenezning eng umumiy qonuniyatlarini aniqlashni o‘z predmetiga aylantirgan o‘z-o‘zini tashkil etish nazariyasidir.

Download 116.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling