Adabiyotshunoslikka kirish
Download 286.83 Kb.
|
ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH Dilmurod QURONOV
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Savol va topshiriqlar
Originallik badiiy mazmunning muhim spetsifik xususiyatlaridan ekanligi shubhasiz. Biroq originallik deyilganda har bir asarda yangi bir masala ko'tarilishini emas, har bir ijodkorning individligi, o'ziga xos qarashi, fikrlashi bilan bog'liq yangilikni tushunmoq lozimdir (Ya'ni, muhabbat o'zi eski narsa, lekin har bir yurak uni o'zicha yangilaydi).
Mazmunning universalligi badiiy adabiyotning universal bilish vositasi — so'z bilan ish ko'rishi bilan izohlanadi. Badiiy obrazning ko'p ma'noliligi, badiiy voqelik muallif tomonidan anglangan mohiyatning badiiy modeli ekanligi va bu modelning muallif ko'rganidan o'zgacha hayotiy holatlarga ham ko'pincha mos tushishi mazmunning universalligini ta'minlovchi omildir. Nihoyat, badiiy obrazning emotsional va ratsional birlik ekanligi, badiiy asarda tasvir bilan birga hissiy munosabatning mavjudligi mazmunning ta'sirdorligini ta'minlaydi. Tayanch tushunchalar: Shakl, badiiy asar shakli, badiiy asar mazmuni, mazmunning shaklni belgilashi, shaklning nisbiy mustaqilligi, shaklning konservativligi, mazmunning originallikka intilishi, shakl va mazmun unsurlari tasnifi, mazmun, problema, mavzu, tendensiya, badiiy g'oya, salmoqdorlik, haqqoniylik, universallik, originallik. Savol va topshiriqlar: Nima uchun «badiiy asar shakli», «badiiy asar mazmuni» tushunchalari shartli, atigi ilmiy abstraksiyalar deb hisoblanadi? Shakl va mazmunning o'zaro munosabatida mazmunning yetakchiligi, uning belgilovchiligi nimalarda ko'rinadi? Shaklning konservativligi, mazmunning originallikka intilishi deganda nimani tushunasiz? Shaklning mazmunga, mazmunning shaklga o'tishini konkret misollaryordamida tushuntirib bering. Badiiy asar tahlilida ko'proq shaklga e'tibor beriladimi yo mazmungami? Badiiy asarning shakl va mazmun komponentlarini tasnif qilishdagi turlichalik nimadan deb o'ylaysiz? Mavjud tasniflar sizning fikringiz qanday? Badiiy asar mazmuni obyektiv va subyektiv ibtidolardan tarkib topadi deyilganda nima nazarda tutiladi? Buni konkret asar misolida tushuntirib berishga harakat qiling. «Tema» so'zining ikki xil ma'noda ishlatilishini aytib, biz har ikki ma'noni ikkita so'z bilan atadik. Bu xil qarashga sizning munosabatingiz qanday? Bu qarashni boshqa darslik va qo'llanmalardagi izoh bilan qiyoslang. Ulardan qay birini to'g'riroq deb bilsangiz, shunisini asoslab, rivojlantirishga harakat qiling. Badiiy asar mazmunining aktual va tub estetik qatlami deganda nimani tushunamiz? Buni biron bir asar misolida tushuntirib bering. Badiiy asar mazmuniga ijodkor dunyoqarashining ta'sir etmasligi mumkinmi? Masalan, ijodkor voqealarni mutlaqo xolis tasvirlayotgan, ularga munosabatini ifodalamayotgan bo'lsa, mazmunda subyektiv ibtido bo'ladimi? Badiiy asar mazmunining eng muhim xususiyatlari qaysilar? Ularni qanday tushunasiz? Bu xususiyatlar qanday izohlanadi? Download 286.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling