Adabiyotshunoslikka kirish


Download 20.99 Kb.
bet2/2
Sana28.03.2023
Hajmi20.99 Kb.
#1301517
1   2
Bog'liq
5-variant

Komediya (yun. κωμωδία, κῶμος — Dionis sharafiga bayram va ἀοιδή — „ashula“, „qoʻshiq“) sanʼat janri boʻlib, undagi asarlarda mutoyiba va satira unsurlari keng ishlatiladi.
Komediya — hodisa, voqea va xususiyatlar kulgili koʻrsatilgan drama turi. Komediyada ijtimoiy hayotdagi nuqsonlar, kishilarning ongi va harakteridagi yaramas xususiyatlar kulgi vositasi bilan tanqid etiladi, jamiyat hayotidagi eskirib qolgan hodisalarga zarba beriladi. Hayotning rivojlanish qonuni oldida umri tugagan narsalar, sarqitlar kulgili ahvolga tushib qoladi. Bularni qalamga olish orqali komediya yaratiladi.
Komediya Yunonistonda xudo Dionis sharafiga oʻtkazilgan xalq bayramlarida paydo boʻlgan. Yorqin siyosiy komediyalar yaratgan Aristofan (miloddan avvalgi 5—4-asrlar) komediyaning „otasi“ hisoblanadi. Kds. Rimda (miloddan avvalgi 3—2-asrlar) Plavt va Terensiy atokli komediyachilar boʻlishgan. Uygʻonish davri Yevropa adabiyotida V.Shekspir va boshqa Jonson (Angliya), Lope de Vega (Ispaniya) komediyalari katta oʻrin tutadi. 17—18-asrlarda komediyada realistik mayllarning kuchayishida J.B.Molyer va P.Bomarshe (Fransiya), K.Goldoni (Italiya), G.Lessing (Germaniya), R.Sheridan (Angliya) ijodi qoʻl keldi. Komediyaning 19—20-asrlardagi rivoji B.Shou, B.Brext, Sh.OʻKeysi, B.Nushich, J.Anut, N.Gogol va boshqa ijodi bilan bogʻliq.
Oʻzbek adabiyotida Yevropa adabiyoti andozasidagi komediyalar 20-asrda paydo boʻldi. Bu janr taraqqiyotiga-Hamza („Maysaraning ishi“), Abdulla Qahhor („Tobutdan tovush“), Sayd Ahmad („Kelinlar qoʻzgʻoloni“), Erkin Vohidov („Oltin devor“), Hamid Gʻulom („Toshbolta oshiq“), Bahrom Rahmonov („Surmaxon“), Sharof Boshbekov („Temir xotin“) va boshqa munosib hissa qoʻshdilar.
Komediyaning har xil turlari bor. Voqealar chalkashligi tufayli tomoshabinda kulgi tugʻdiradigan (V. Shekspirning „Xatolar komediyasi“), qahramonlar kulgili holatlarga tushgan (Hamza, „Maysaraning ishi“), kishilar harakteridagi bemaʼni xususiyatlar kulgili qilib koʻrsatilgan (Molyer, „Tartyuf“; A.Qaxlor, „Ayajonlarim“; E.Vohidov, „Oltin devor“) komediyalar mavjud. Shuningdek, komediyalar kulgining tavsifiga koʻra, satirik (voqelik, shaxslar satira qamchisi ostida gʻazab-nafrat uygʻotadigan, zaharxandali qilib ifodalangan — N.Gogol, „Revizor“, A.Qahhor, „Tobutdan tovush“), yumoristik komediya (voqelik, shaxslarning ayrim jihatlari beozor kulgi tugʻdiradigan komediya — Gotssi, „Malikai Turandot“, Said Ahmad, „Kelinlar qoʻzgʻoloni“, Hamid Gʻulom, „Toshbolta oshiq“) va tragikomediya (tragik va komik holatlar mujassamlashgan — R.Muhammadjonov, „Suyunchi“ filmi) turlariga boʻlinadi. 20-asrda komediyaning tragikomediya (L.Pirandello, J.Anuy), tragifars (E.Ionesko) janr shakllari maydonga keldi.

3-Qissa janriga xos xususiyatlar


Qissa — badiiy adabiyotda epik janr turlaridan biri. Gʻarbiy Yevropa va Amerika adabiyotida povest maʼnosidagi qissa tushunchasi yoʻq.Nasrning romandan boshqa barcha janrlari „Novella“ termini orqali ifodalanadi. Rus va oʻzbek adabiyotlarida qissaning hozirgi va qadimgi maʼnolari oʻrtasida farq bor. Masalan, qadimgi rus adabiyotida har qanday nasriy asar povest (qissa) deb atalgan. Oʻzbek adabiyoti tarixida rivoyat usulida nasr yoki nazmda yozilgan tarixiy-afsonaviy asarlar qissa deb yuritilgan. Masalan, „Qissai Sayfulmuluk“, „Qisasi Rabgʻuziy“ va boshqa Hozirgi maʼnodagi oʻzbek qissasi rus adabiyotidagi „povest“ terminiga toʻgʻri keladi va asosan roman bilan hikoya oraligʻidagi oʻrtacha hajmli nasriy janrni ifodalaydi.
Qissa, odatda, bir va bir necha shaxslar taqdiriga oid turli voqealarni oʻziga asos qilib olishi bilan epik turning hikoya, hajmi va mazmunining nisbatan cheklanganligi bilan romandan farq qiladi. Qissalar hayot murakkabliklarini hikoyaga nisbatan kengroq, xarakter hamda voqelik koʻlamini romanga qaraganda kamroq qamrab oladi. Qissada u yoki bu shaxs hayotining maʼlum bir davri xronikal tarzda bayon qilinadi. Qissada lirizm hikoya va romandagidan kuchliroq boʻlishi mumkin.
Roman kabi Qissaning ham avtobiografik (Oybek, A.Qahhor, N.Safarov), tarixiy (Mirkarim Osim, Ya.Ilyosov va boshqalar), fantastik (T.Malik, H.Shayxov, M.Mahkamov va boshqalar) turlari bor. Hozirda qissa nasrning eng faol janrlaridan boʻlib, unda yosh yozuvchilar ham samarali ijod qilmoqdalar.
4-Romanning mavzusiga ko‘ra turlari
Roman (frans. roman) — nasriy asar janri; muayyan shaxs yoki bir necha shaxsning shakllanish va kamol topish jarayoni badiiy makon va zamonda tasvirlangan asar. R. oʻrta asrlarda roman tillaritsa yozilgan har qanday asarni j, anglatgan. R.da shaxs va jamiyat hayoti bir-birini inkor etmaydigan maʼlum maʼnoda mustaqil olam sifatida tahlil va talqin etiladi. Xuddi shu narsa R. janri mundarijasining uziga xosligini belgilab beradi. Muayyan shaxs takdirining oilaviymaishiy, milliy, ijtimoiy, madaniy va tarixiy muhit bilan uzaro uzviy aloqada tasvirlanishi R. janrining kulami va gʻoyaviybadiiy qimmatini namoyish etadi. R. janri markazida bosh qahramon obrazi turadi. Bu bosh qahramon taqdiri uning jamiyatda tutgan mavkei bilan har doim ham mushtarak bulavermaydi. Aksincha, inson uz takdiriga nisbatan katta yoki insoniy fazilatlariga koʻra kichik boʻlishi mumkin. Binobarin, u bilan uning takdiri yoki jamiyatdagi mavqei oʻrtasida muayyan ziddiyat boʻladi va xuddi shu ziddiyat R. janrining mundarijasini — syujet chiziklarini harakatlantirib turadi. Bosh qahramonning shaxs sifatidagi fazilatlari ana shu jarayonda, boshqa qahramonlar bilan munosabatida, kurashida ochiladi. Bu munosabatlarning keskinligi va bosh qahramon uchun fojiali xotima bilan tugashi yoki ularning yengil va hajviy oqimda kechishi R.ning epik janr sifatidagi uziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Har ikkala holatda ham bosh qahramon bilan jamiyat, muhit yoki urfodat oʻrtasidagi ziddiyat va kurash oʻzida davrning ijtimoiy hamda maʼnaviyaxloqiy muammolarini qanchalik yorqin ifodalasa, R.ning badiiy qimmati va ijtimoiy ahamiyati shunchalik katta boʻladi. R. oʻz tarixining dastlabki davrida mavjud adabiy janrlarga parodiya sifatida maydonga kelgan. Keyinchalik R.navislarning muayyan uslubiy tuzilma va tasviriy vositalar tizimini siyqalashtirishga qaratilgan urinishlari ham parodiya qilingan. Bu hol R.ning avvalboshdanoq muayyan adabiy shakllarni qonunlashtirishni xush koʻrmaydigan va yozuvchi qarshisida badiiy tasvirning barcha imkoniyatlarini ochadigan janr boʻlganidan shahodat beradi.
Mavzu, hajm, syujetning murakkablik darajasi, kompozitsion tuzilish va tasvir usullarida muayyan farq boʻlishiga qaramay, R. janrida baʼzi bir badiiyat unsurlarining (intriga, konflikt, yechim kabi) boʻlishi talab etiladi. Shu bilan birga R. navislar bu unsurlarga, shuningdek, badiiy tasvirning boshqa shakl va vositalariga erkin munosabatda boʻlishlari mumkin. R.lar oʻz tarixining dastlabki davrida tuzilishiga koʻra 2 guruhga — "ochiq" va "yopiq" R.larga ajralgan. "Ochiq" tuzilmali R.ning yorqin namunasi M. Servantesning "Don Kixot" i boʻlib, unda jamiyat hayotining xilmaxil tomonlari bilan birga bosh qaxramon ishtiroki harakterining tadrijiy oʻsishi ham mufassal tasvirlangan, bosh qahramon ishtirok etgan voqea va hodisalarga esa koʻplab personajlar jalb etilgan. "Yopiq" tuzilmali R.larning dastlabki namunalaridan biri M.M. de Lafayetning "Malika Klevskaya" asaridir. Bu asarda yozuvchi eʼtibori faqat bir qaxramon hayoti, bir konflikt va bir vaziyat tasviriga qaratilgan. Keyinchalik, R. janri ichki shoxobchalarga boʻlingan paytda psixologik R.janri ana shu "yopiq" R.dan oʻsib chiqqan.
R. antik adabiyotda paydo boʻlganida, yozuvchilar koʻpincha maishiy mavzudagi miflarning anʼanaviy syujetlaridan foydalanib, ularga emotsional olam manzaralarini olib kirganlar. Kahramonlarning ichki olami tasviri bu asarlarda voqeabandlikning soyasida qolgan. Ammo Longning "Dafnis va Xloya" ishqiybukolika R.ida qaxramonlarning sarguzashtlariga qaraganda ularning histuygʻulari tasviriga shu qadar katta oʻrin berilganki, natijada bu asar uzoq davrlar mobaynida psixologik R.ning mumtoz namunasi hisoblanib kelgan.
R. janri ana shu tarzda davrmadavr boyib, badiiy tuzilmasi oʻzgarib bordi. Oʻrta asrlarda romantik tasvir usulining yetakchilik qilishi natijasida ritsar R.lari ("Tristan va Izolda rivoyati"), Uygʻonish davrida kichik hikoyalardan iborat R.lar (J. Bokkachchoning "Dekameron"i), romanlashgan qissa (M. Boyardo, L. Ariosto, T. Tasso) va dramalar (V. Shekspir) maydonga keldi. Ana shu tarzda R. tabiatida kechayotgan oʻzgarishlar insonparvarlik gʻoyalari ustuvorlik qilgan Maʼrifatparvarlik davrida muayyan darajada oʻz yakuniga erishdi. A. F. Prevonpng "Manon Lesko" R. i bilan adabiyotga "oʻrta" harakter deb yuritilgan qahramonlar obrazi kirib keldi va shu davr R.larida ruhiyat tasviri keng oʻrin egalladi.
19-asrdan boshlab jahon adabiyotida realistik R. janri shakllana boshladi. G. Stendal, O.Balzak, G. Flober va boshqa yozuvchilarning badiiy izlanishlari bilan R. janrining syujet doirasi kengaydi, koʻp planlilik, epik kulam va syujetning shiddatli harakati janrning muhim shartlari sifatida qabul qilindi. 19-asrning soʻnggi choragida naturalizmning avj olishi natijasida R. tabiatida turgʻunlik, hatto tanazzul holati koʻzga tashlandi. Ammo 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida J. Golsuorsi, G. Mann, T. Mann va J. London realistik asarlarining yaratilishi bilan R. janri oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga erishdi. Rus adabiyotida "Yevgeniy Onegin" (A. S. Pushkin) sheʼriy romanining yaratilishi rus R. navisligining shakllanishiga muxim turtki berdi. N.V. Gogol, I. V. Turgenev, L. N. Tolstoy, F. M. Dostoyevskiy R.larining maydonga kelishi bilan realistik rus R. navislik maktabi vujudga keldi.
Oʻzbek adabiyotida R. janrining paydo boʻlishiga Navoiy "Hamsa"sini tashkil etgan "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" singari dostonlar, xalq kitoblari va dostonlari muhim manba boʻlib xizmat qildi. Milliy uygʻonish adabiyoti namoyandalari dastlabki oʻzbek R.larini yaratishga kirishganlarida mazkur milliy adabiy tajriba va anʼanalardan samarali foydalandilar. Hamzaning "Yangi saodat yoxud Milliy roman"i (1914), Mirmuhsin Shermuhamedovning "Befarzand Ochildiboy" (1915) asarlari dastlabki oʻzbek R.larini yaratish yoʻlidagi izlanishlar edi. Kodiriyning "Oʻtgan kunlar" (1926) asarining yaratilishi bilan oʻzbek realistik R.i vujudga keldi. Qodiriy bu asari bilan milliy oʻzbek R.navislik maktabiga asos soldi. Ayni paytda bu asar katta badiiy polotnolarni yaratishga qodir yangi oʻzbek adabiy tilining shakllanganini ham namoyish etdi. Keyinchalik Kodiriy "Mehrobdan chayon" (1928), Ayniy "Qullar" (1934), Choʻlpon "Kecha va kunduz", Abdulla Qahhor "Sarob" (1935), Oybek "Kutlugʻ qon" (1939) va "Navoiy" (1944) asarlari bilan oʻzbek R.navislik maktabining yuksalishiga katta hissa qoʻshdilar. Us toz adiblarning ijodiy izlanishlari tufayli shakllangan oʻzbek R. navislik maktabi keyinchalik A. Muxtor, Shuhrat, Mirmuhsin, H. Gʻulom, Sh. Rashidov, S. Ahmad, Shukrullo, M. Ismoiliy, O. Yoqubov, P. Qodirov, Oʻ. Hoshimov, T. Malik, O. Muxtor va boshqa yozuvchilarning turli mavzuda yozgan asarlari bilan boyidi. Oʻzbek R. navisligida R. janrining turli kurinishlari (tarixiy, tarixiybiografik, tarixiyinqilobiy, publitsistik, harbiy, sarguzasht, fantastik R.lar, shuningdek, R. xronika, R.novella, R.munozara) va shakllari (dilogiya, trilogiya) paydo buldi.
Sovet davrida yaratilgan ayrim R.larda shu davrning oʻtkinchi gʻoyalari olgʻa surilgan va voqelik sotsialistik realizm talablari asosida buyab, xaspushlab koʻrsatilgan. Shunga qaramay, oʻzbek R.i xuddi shu davrda milliy adabiyotning yetakchi janrlaridan biri sifatida paydo bulib, uzining yuksak namunalarini berdi.
Mustaqillik yillarida Oʻ. Hoshimov, Sh. Xolmirzayev, T. Malik, H. Shayxov, O. Muxtor, Muhammad Ali, U. Nazarov, Togʻay Murod va boshqa yozuvchilar oʻzbek R. navisligini oʻzlarining turli mavzu va janr koʻrinishlaridagi asarlari bilan boyitmokdalar.
Download 20.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling