Mundarija Kirish Bob. Feʻlning lugʻaviy maʻnolari. Feʻl zamonlari


Download 65.57 Kb.
bet1/8
Sana27.01.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1131834
  1   2   3   4   5   6   7   8


Mundarija
Kirish

  1. Bob. Feʻlning lugʻaviy maʻnolari.

Feʻl zamonlari
1.1.Mustaqil va yordamchi feʻllar.
1.2.Feʻl zamonlari
2. Bob. Feʻl mayllari .Toʻliqsiz feʻllar.
2.1.Mayl kategoriyasi haqida umumiy maʻlumotlar.
2.2.Toʻliqsiz feʻllar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati


Kirish
Til jamiyat mahsuli va jamiyatga xizmat qiladi, insonlar orasida oʻzaro munosabatlar uchun aloqa quroli boladi. Til tafakkur bilan bogʻliq jamiyatdagi ayrim hodisalar va oʻzaro muloqot tufayli avvalo, kishilarda bir-biriga biror narsa deyish ehtiyoji tugʻiladi. Bu fikr soʻz, til orqali maʻlum boʻladi va oʻzgalarga izhor qilinadi va oʻzaro aloqa kelib chiqadi. Oʻzaro aloqa imo-ishora, hushtak va rasmlar orqali ham boʻlishi mumkin. Temiryoʻl va mashina yoʻllarida turli belgi- chiziqlar juda koʻp. Lekin ularning xizmati cheklangan. Masalan, hushtak faqat signal uchun yaroqli. lmo-ishoradan qorongʻida foydalanib boʻlmaydi. Rasmlar vositasida hamma narsani ham ifodalayverish mumkin emas. Til esa har qanday sharoitda istalgan fikrni ifodalash imkoniyatiga ega. Shuning uchun tovush tili jamiyatning yagona va eng qulay aralashuv vositasi sanaladi. Tilni inson yaratadi, oʻzaro munosabatda tildan foydalaniladi, ana shu munosabatlarda til rivojlanadi ham. Oʻzaro aralashuv jarayonida insonning aqliy va jismoniy fazilatlari taraqqiy eta boradi. Til faqat insonga xos hodisa, neʻmat, u inson jamiyatida kelib chiqadi va shu jamiyatda qoʻllanadi.
Tilning yaratilishi inson tafakkurining kelib chiqishi bilan bogʻliq boʻladi. Tafakkur rivoji bilan til ham shakllanadi, rivojlanadi. Shakllangan til doimo taraqqiyotda boʻladi, jamiyatdagi har bir iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, texnik oʻzgarish ongga va u orqali tilga taʻsir qiladi, til boyiydi, tobora takomillashib boradi. Tildagi boʻlgan oʻzgarish til sathlarining turli sohalarida turlicha boʻladi: tilning eng tez oʻzgaruvchi sohasi leksika (lugʻat) boʻlib, morfologiya va sintaksis qismi (qoʻshimchalari va gap tuzilishi) kamroq oʻzgaradi. Fonetika (tovushlar sistemasi) sohasi eng kam oʻzgaradigan qismdir.

I Bob Feʻlning lugʻaviy maʻnolari. Feʻl zamonlari


1.1 Mustaqil va yordamchi feʻllar.
Feʼl — harakat bildiruvchi soʻzlar turkumi va shu turkumga oid har birsoʻz. Grammatikada "harakat" soʻzi keng tushunchali boʻlib, nafaqat harakatni, balki holat yoki hodisani ham bildiradi, masalan: yugurmoq, sakramoq, yigʻlamoq, uxlamoq, oʻylamoq, sevmoq, tinchimoq, qurimoq, koʻpaymoq. Shaxs va predmetning ish-harakati, holatini ifodalaydigan mustaqil soʻzlar feʻl deyiladi. Masalan: Men olimlarga, ilohiyotchilarga, tarixshunoslarga hurmat-ehtirom koʻrsatdim va eʻzozladim. (A.Temur). Mehnat insonda ijodiy kuch uygʻotadi (Tafakkur jurnali).
Grammatikada harakat va holat tushunchasi juda keng. Yaʻni feʻl holat, belgining yuzaga kelishi, oʻzgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida anglatadi: oʻrik gulladi, yaproqlar sargʻaydi, bola uxlayapti kabi.
Feʻllarning barchasi bir umumiy soʻroqqa nima qilmoq? soʻrogʻiga javob beradi.
Feʻl oʻziga xos boʻlgan morfologik belgilarga ega, yaʻni:
1) ish-harakatning predmetga (toʻldiruvchiga) munosabati feʻldagi oʻtimli va oʻtimsizlik maʻnosini hosil qiladi: oʻqimoq, yozmoq - oʻtimli feʻl; oʻtirmoq, chiniqmoq - oʻtimsiz feʻl;
2) ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni anglashilishiga koʻra feʻllar boʻlishli va boʻlishsizlik maʻnosini bildiradi: ayt – boʻlishli, aytma – boʻlishsiz; bilgan – boʻlishli, bilgani yoʻq – boʻlishsiz feʻl;
3)ish-harakat bilan uning bajaruvchisi, obyekt va subyektlar orasidagi munosabat nisbat maʻnosini hosil qiladi: kiydi - aniq nisbat, kiyindi - oʻzlik nisbat, kiyildi - majhullik nisbat, kiydirdi – orttirma nisbat;
4) ish-harakatning voqelikka munosabati mayl maʻnosida aks etadi: bordi, bormoqda, bormoqchi - aniqlik mayli; boray, borgin, borsin - buyruq-istak mayli; borsa – shart mayli;
5) ish-harakatning nutq soʻzlanib turgan payt bilan munosabati feʻldagi zamon maʻnosini hosil qiladi: oʻrgandim - oʻtgan zamon, oʻrganyapman - hozirgi zamon, oʻrganmoqchiman – kelasi zamon;
6) ish-harakatning biror grammatik shaxs (birlik yoki koʻplikda) tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligi feʻldagi shaxs-son maʻnosida aks etadi. Feʻl shaxs-son qoʻshimchalari bilan tuslanadi: qiziqdim, qiziqding, qiziqdi; qiziqdik, qiziqdingiz, qiziqdilar.
Demak, feʻl oʻtimli-oʻtimsizlik, boʻlishli-boʻlishsizlik, nisbat, mayl, zamon, shaxs-son maʻnolarini ifodalash kabi oʻziga xos morfologik belgilarga ega. Shu bilan birga feʻlning sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kabi oʻziga xos vazifadagi shakllari ham mavjud ( ishongan odam – sifatdosh; ishonib, ishongach – ravishdosh; ishonish, ishonmoq kerak - harakat nomi). Feʻlning bu vazifadagi shakllari gapda maʻlum bir gap boʻlagi vazifasini bajarishga moslashgan boʻladi. Feʻl oʻziga xos maxsus soʻz yasalish tizimiga ham ega: bahola, ulgʻay, tinchi, suvsira – affiksatsiya usul bilan yasalgan feʻllar; xursand boʻlmoq, javob bermoq, sotib olmoq - kompozitsiya usul bilan yasalgan yasama feʻllar. Feʻllarda modal shakl yasalishi ham mavjud, u oʻz ichida turli xil qoʻshimcha maʻnolarni aks ettiradi: kulimsira – kuchsizlik, turtkila – davomiylik, yozib boʻldi – tugallanganlik kabi.
Feʻl oʻziga xos sintaktik vazifalarga ham ega, yaʻni:
1) sof feʻl gapda, asosan, kesim vazifasini bajarib keladi. Masalan: Insonni mehnat, odobni yaxshi fazilat bezaydi (Hikmatlar xazinasi);
2) feʻlning vazifadosh shakllari sifatdosh, sifatlovchi-aniqlovchi, ravishdosh, hol, harakat nomi, ega, qaratuvchi-aniqlovchi, toʻldiruvchi kabi gap boʻlaklari vazifasini ham bajarib keladi. Masalan: Oʻzingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo koʻr (Hadis namunalari). Dunyoda eng yomoni faqat oʻzini bilib oʻzgani unutib yashashdir (I.Karimov). Ilm-fanga intilish insonning eng oliy maʻnaviy harakatlaridandir (Pedagogika tarixi).
Oʻtimli va oʻtimsiz feʻllar. Oʻtimli va oʻtimsiz feʻllar feʻl anglatgan harakatning predmetga munosabati orqali belgilanadi.
Feʻldan anglashilgan harakatning tushum kelishigi formasidagi ot bilan (yoki otlashgan soʻz bilan) ifodlangan predmetga oʻtganligini bildiradigan feʻllar oʻtimli feʻl deyiladi. Masalan: Hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non-tuzini yeganmiz (I.Karimov).
Bu gap ichganmiz, yeganmiz feʻllaridan anglashilgan harakat bevosita tushum kelishigi shaklidagi suvini, non-tuzini soʻzlari bilan ifodalangan predmetga oʻtadi. Demak, oʻtimli feʻllar tushum kelishigi shaklidagi ot bilan bogʻlanadi.
Baʻzan feʻl anglatgan harakat yoki holat predmetning bir qismiga oʻtishi yoki harakat oʻtgan predmet shu harakatning bajarilishida vosita boʻlishi mumkin. Bunday holda oʻtimli feʻllar joʻnalish va chiqish kelishigi shaklida qoʻllangan otlar bilan ham birikadi. Qiyoslang: nonni oling – nondan oling, otni mining – otga mining.
Biron predmetga bevosita oʻtmaydigan harakatni anglatadigan feʻllar oʻtimsiz feʻl deyiladi. Masalan: Koʻngil quvonchi uning kuchsizligidan dalolat beradi (Tafakkur gulshani). Pokiza aql insonni ayb va kamchiliklardan qutqaradi (U.Mahkamov).
Bu gaplardagi dalolat beradi, qutqaradi feʻllaridan anglashilgan harakat bevosita tushum kelishigida kelgan otni boshqarmagan, boshqa predmetga oʻtmagan, balki harakat bajaruvchining oʻzida qolgan.
Feʻldagi oʻtimli va oʻtimsizlik maʻnosi ikki xil usul bilan ifodalanadi:
1. Leksik-semantik usul. 2. Morfologik usul.
1. Feʻllar oʻz leksik maʻnosiga koʻra biror affiks olmagan, hech qanday shakl oʻzgarishisiz (oʻzak-negiz holida) holida oʻtimli yoki oʻtimsiz boʻladi. Masalan: ol, och, koʻr, yoz, ich, qoʻy, soʻra, ber kabilar oʻtimli; bor, kel, oʻtir, uxla, yot, yur kabilar oʻtimsiz feʻllardir.
Bunday usul bilan, yaʻni feʻlning leksik maʻnosiga koʻra oʻtimli-oʻtimsizlik maʻnosining ifodalanishiga leksik-semantik usul deyiladi.
2. Feʻl oʻzak-negiziga qoʻshiladigan feʻl nisbatini yasaydigan qoʻshimchalar (oʻzlik, majhullik, orttirma nisbat qoʻshimchalari) oʻtimli va oʻtimsiz feʻllarni belgilab beradi. Oʻtimli-oʻtimsizlikning feʻl nisbatini yasaydigan affikslar bilan ifodalanishi morfologik usul sanaladi. Feʻl oʻzak-negiziga nisbat qoʻshimchalari qoʻshilganda, feʻlning oʻtimli-oʻtimsizligi quyidagicha yuz beradi:
1) oʻzlik va majhullik nisbat qoʻshimchalari oʻtimli feʻlni oʻtimsiz feʻlga aylantiradi: soʻradi - oʻtimli feʻl, soʻraldi - oʻtimsiz feʻl; koʻrdi - oʻtimli feʻl, koʻrindi - oʻtimsiz feʻl. Soʻradi oʻtimli feʻliga qoʻshilgan –l majhullik nisbat qoʻshimchasi, koʻrdi oʻtimli feʻlga qoʻshilgan –in oʻzlik nisbat qoʻshimchasi soʻradi, koʻrdi feʻllarini oʻtimsiz feʻllarga aylantirdi;
2) orttirma nisbat qoʻshimchalari, aksincha, oʻtimsiz feʻlni oʻtimli feʻlga aylantiradi: kuldi - oʻtimsiz feʻl, kuldirdi - oʻtimli feʻl; yurdi - oʻtimsiz feʻl, yurgizdi - oʻtimli feʻl; uxladi - oʻtimsiz feʻl, uxlatdi - oʻtimli feʻl. Ushbu kuldi feʻliga qoʻshilgan –dir qoʻshimchasi, yurdi feʻliga qoʻshilgan –giz qoʻshimchasi, uxladi feʻliga qoʻshilgan –t orttirma nisbat qoʻshimchalari oʻtimsiz feʻllarni oʻtimli feʻliga aylantirdi.
3) orttirma nisbat qoʻshimchalari orqali oʻtimli feʻldan yana oʻtimli feʻl hosil qilinadi: esladi - oʻtimli feʻl, eslatdi - oʻtimli feʻl; ichdi - oʻtimli feʻl, ichirdi - oʻtimli feʻllari tarkibidagi –t, -ir orttirma nisbat qoʻshimchalari oʻtimli feʻlni yana oʻtimli feʻlga aylantirdi. Qoʻshma feʻllarda oʻtimli va oʻtimsizlik maʻnosi yetakchi qismga qarab belgilanadi. Masalan: aytib berdi, koʻra boshladi, yozib chiqdi qoʻshma feʻllarda aytib, koʻra, yozib yetakchi qismning oʻtimli ekanligi shu feʻllarning oʻtimli ekanligini koʻrsatadi. Aksincha, qoʻshma feʻllarning yetakchi qismi oʻtimsiz feʻldan boʻlsa, butun qoʻshma feʻl oʻtimsiz boʻladi: oʻsa boshladi, quvonib ketdi, kulib qoʻydi kabi.
Boʻlishli va boʻlishsiz feʻllar. Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkor tushunchasi feʻldagi boʻlishli va boʻlishsizlik maʻnosini anglatadi.
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiqni anglatuvchi feʻllar boʻlishli feʻl deyiladi. Feʻldagi boʻlishlilik maʻnosini ifodalovchi maxsus grammatik koʻrsatkich yoʻq: oʻqi, eslat, qolgan, borsa, aytib bergan, oʻqib chiqdi, hurmat qil kabi. M: Ona soʻzining oʻzi har yurakka jarangli sado beradi (Hikmatlar guldastasi). Oʻz burchini bajarishdan mamnun odamlargina erkin yashaydi (Tafakkur gulshani). Ish-harakatning bajarilishi haqidagi inkorni anglatuvchi feʻllar boʻlishsiz feʻl deyiladi. Boʻlishli feʻl boʻlishsiz feʻlni hosil qilish uchun asos boʻladi. Feʻlning boʻlishsiz shakli quyidagicha yasaladi:
1. feʻl negiziga –ma (bu affiks urgʻu olmaydi), -may, -mas, -masdan, -maslik affikslarini qoʻshish bilan feʻldagi boʻlishsizlik maʻnosi hosil qilinadi: koʻrsatma, kelmagach, bajarmadi, yoqmas, avaylamasdan, oʻsmaslik kabi.
Koʻrinadiki –ma elementi –may, -mas, -masdan, -maslik affikslarining tarkibida uchraydi. Bu affikslar sof feʻlga va feʻl shakllariga (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi) qoʻshilib inkor maʻnosini ifodalashda asosiy morfologik koʻrsatkich sanaladi. 1Masalan: Gʻulomjon darpardasi yonidan qalin qorni gʻirchillatib oʻtgan dupurni ham eshitmadi. (M.Ismoiliy).Togʻ arqon bilan eshilmaydi (M.Qoshgʻariy). Mehnat qilmagan rohat koʻrmas (Oʻzbek xalq maqoli). Uydagilarga aytmasdan doʻsti bilan Qudratnikiga ketibdi. Kasal tabib kasalni davolay olmas (Abu Ali ibn Sino). Bu voqeani koʻrmaslik uchun bolalar koʻzlarini chirt yumdilar.
-ma, -may affikslari feʻlning analitik shakllariga quyidagicha qoʻshiladi:
a) asosiy qismga yetakchi feʻlga qoʻshiladi: eshitmay qoldi, uxlamay chiqdi, koʻrmay qoldi kabi;
b) koʻmakchi feʻlga qoʻshiladi: sotib olmadi, javob bermadi, oʻqib chiqmadi kabi;
v) ham yetakchi, ham koʻmakchi feʻlga qoʻshiladi: aytmay qoʻymaydi, bormay qolmaydi. Bunday holda boʻlishsiz shakl orqali boʻlishlilik maʻnosi anglashiladi, yaʻni aytadi, boradi kabi. Masalan: Buvijonimning aytishicha, astoydil yaxshi niyat qilgan odam murodi maqsadiga yetmasdan qolmas ekan (X.Toʻxtaboyev).Eslatma: ravishdoshning –gani (-kani, -qani) affikslari bilan yasalgan shakliga boʻlishsizlik ifodalovchi affikslar qoʻshilmaydi.
2. Feʻlning ayrim sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi shakllaridan soʻng emas, yoʻq soʻzlarini kiritish bilan boʻlishsiz feʻl hosil qilinadi: hayratlangan emas, boradigan emas, egib emas, tinchigani yoʻq, ishonish emas kabi. Masalan: Lekin ularning nima oʻqiganini koʻrgan ham, qanday oʻqiganini eshitgan ham emas (P.Tursun).
3. Na inkor yuklamasini uyushiq boʻlak sifatida qoʻllangan boʻlishi feʻldan oldin keltirish bilan boʻlishsiz feʻl hosil qilinadi: na oʻqiydi, na yozadi. Masalan: Keksa cholning kesatiq gapidan u dong qotib qoldi: na oʻtirdi, na ketdi (A.Qodiriy).
4. Baʻzan intonatsiya yoki intonatsiya va feʻlga yuklamani (-mi, -a, -ya) qoʻshish hamda feʻlni takrorlash orqali boʻlishsizlik maʻnosi ifodalanadi: oladi-ya oladi (olmaydi); aytasan-a, aytasan (aytmaysan) kabi.
Masalan: Bolasi tushmagur-ey, chumchuqning uyasini buzib rohat toparmidi? (Gʻayratiy). «Katta boʻlsam, akamga oʻxshab, albatta komandir boʻlaman», - dedi Sobir. Boʻlasan-a, boʻlasan. Komandir boʻlishga yurak kerak... (H.Nazir).
Feʻl nisbatlari
Feʻl ifodalagan harakat bilan uning bajaruvchisi (subyekti) va predmeti (obyekti) yoki bir necha bajaruvchi (subyektlar) orasidagi munosabatning ifodalanishi feʻl nisbati deyiladi. Harakat bilan uning bajaruvchisi orasidagi munosabat turlicha boʻladi. Maʻlum bir shaklda harakat ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajariladi. Masalan: Bobur ota yurtidan batamom ajralganini endi astoydil his qildi (P.Qodirov).Boshqa bir shaklda harakatning subyekti (ega) ham, obyekti ham bir shaxsning (predmetning) oʻzi boʻladi. Masalan: Feruza hovliga tushib, shabnamda qiygʻos ochilgan atirgullar ustiga egildi. (H.Gʻulom). Yana bir koʻrinishda harakatning bajaruvchisi subyekt emas, obyekt sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi nomaʻlum boʻladi. Masalan: Tashqarida soʻriga gilam toʻshaldi, koʻrpacha solindi. Dasturxon yoyildi, choy damlandi (Togʻay Murod).Shuningdek, harakat bir necha subyekt tomonidan birgalikda bajarilishi mumkin. Masalan: Ichkaridan birin-ketin bolalar chiqib kelishdi (Togʻay Murod).
Yana bir nisbat shaklida esa harakat grammatik subyekt (ega)ning boshqa bir subyekt va obyekt taʻsiri bilan bajariladi. Masalan: Moʻminning ovozidan qatʻiyat, buyruq Laylini boʻshashtirdi (S.Z.).

2

Shunga koʻra feʻllarda besh xil nisbat koʻrinishi mavjud: 1. Aniq nisbat. 2. Oʻzlik nisbat. 3. Majhullik nisbati. 4. Birgalik nisbati. 5. Orttirma nisbat. Feʻl nisbati maxsus shakl yasovchi qoʻshimchalar yordami bilan yasaladi. Bu qoʻshimchalar feʻlning leksik maʻnosini oʻzgartirmaydi, balki unga qoʻshimcha maʻno qoʻshadi. Yaʻni bu qoʻshimchalar harakatning bajaruvchisi (subyekti) va predmeti (obyekti) ni koʻrsatib, gap qurilishining qanday boʻlishini bildirib turadi. Masalan: yozdi – subyekt (ega)ning oʻzi bajaradigan harakat, yozildi – predmet (obyekt) tomonidan bajarilib, subyekti nomaʻlum harakat, yozishdi – bir necha subyektlar bajaradigan harakat, yozdirdi – subyektning obyektga taʻsiri bilan bajariladigan harakat.Aniq nisbat – bu shakldagi feʻlda harakatning bajaruvchisi grammatik jihatdan ega vazifasini bajargan shaxs yoki predmet boʻladi. Toʻldiruvchi esa harakatning obyekti boʻladi. Gapning bunday qurilishi tilshunoslikda aktiv konstruksiya (faol qurilma) deb yuritiladi. Masalan: Navoiy chiroyli bezatilgan kitobdan koʻz uzmas edi. Ushbu gapda koʻz uzmas edi harakatning bajaruvchisi (subyekti) Navoiy boʻlib, u ega orqali ifodalangan. Harakatning obyekti esa kitobdan vositali toʻldiruvchi orqali ifodalangan.Bunday shaklda maxsus nisbat koʻrsatkichi yoʻq. Bu nisbat maʻnosi feʻl negizi orqali ifodalanadi, shuning uchun ham u boshqa nisbat shakllarini hosil qilishi uchun asos boʻla oladi (qiyoslang: oʻqidi, oʻqildi, oʻqishdi, oʻqitdi kabi).Oʻzlik nisbat – bu nisbatdagi feʻlda harakatning subyekti bilan obyekti bir Shaxsning oʻzi boʻladi. Masalan: Ammo kampirning dodiga odam tez toʻplandi (A.Qahhor) gapida toʻplandi feʻli tarkibida kelgan –n qoʻshimchasi harakatning subyekti bilan obyekti men shaxsi ekanligini koʻrsatib turibdi.Oʻzlik nisbati quyidagi affikslar bilan yasaladi:


a) feʻl negiziga unlidan soʻng –n, undoshdan soʻng –in qoʻshish bilan: maqta-n, oʻra-n, yuv-in, kiy-in kabi;3
b) feʻl negiziga unlidan soʻng –l, undoshdan soʻng –il qoʻshish bilan: surka-l, shosh-il kabi;
v) –(i)sh qoʻshimchasini qoʻshish bilan: ker-ish, joyla-sh kabi.
Barcha feʻl negizlaridan (oʻtimli, baʻzi bir oʻtimsiz) oʻzlik nisbati yasalmaydi: soʻra, bor, yugur kabi.
Majhullik nisbati - bu shakldagi feʻlda harakat bajaruvchisi subyekt (ega) emas, obyekt (toʻldiruvchi) sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi nomaʻlum boʻladi.Masalan: Ot-aravalar birin-ketin saroyga olib kirildi (H.Gʻ.) gapida olib kirildi harakatining bajaruvchi subyekti nomaʻlum, ot-aravalar soʻzi ega vazifasida kelsa-da, obyekt vaziShaxs va predmetning ish-harakati, holatini ifodalaydigan mustaqil soʻzlar feʻl deyiladi. Masalan: Men olimlarga, ilohiyotchilarga, tarixshunoslarga hurmat-ehtirom koʻrsatdim va eʻzozladim. (A.Temur). Mehnat insonda ijodiy kuch uygʻotadi (Tafakkur jurnali).
Grammatikada harakat va holat tushunchasi juda keng. Yaʻni feʻl holat, belgining yuzaga kelishi, oʻzgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida anglatadi: oʻrik gulladi, yaproqlar sargʻaydi, bola uxlayapti kabi.
Feʻllarning barchasi bir umumiy soʻroqqa nima qilmoq? soʻrogʻiga javob beradi.
Feʻl oʻziga xos boʻlgan morfologik belgilarga ega, yaʻni:
1) ish-harakatning predmetga (toʻldiruvchiga) munosabati feʻldagi oʻtimli va oʻtimsizlik maʻnosini hosil qiladi: oʻqimoq, yozmoq - oʻtimli feʻl; oʻtirmoq, chiniqmoq - oʻtimsiz feʻl;
2) ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni anglashilishiga koʻra feʻllar boʻlishli va boʻlishsizlik maʻnosini bildiradi: ayt – boʻlishli, aytma – boʻlishsiz; bilgan – boʻlishli, bilgani yoʻq – boʻlishsiz feʻl;
3) ish-harakat bilan uning bajaruvchisi, obyekt va subyektlar orasidagi munosabat nisbat maʻnosini hosil qiladi: kiydi - aniq nisbat, kiyindi - oʻzlik nisbat, kiyildi - majhullik nisbat, kiydirdi – orttirma nisbat;
4) ish-harakatning voqelikka munosabati mayl maʻnosida aks etadi: bordi, bormoqda, bormoqchi - aniqlik mayli; boray, borgin, borsin - buyruq-istak mayli; borsa – shart mayli;
5) ish-harakatning nutq soʻzlanib turgan payt bilan munosabati feʻldagi zamon maʻnosini hosil qiladi: oʻrgandim - oʻtgan zamon, oʻrganyapman - hozirgi zamon, oʻrganmoqchiman – kelasi zamon;
6) ish-harakatning biror grammatik shaxs (birlik yoki koʻplikda) tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligi feʻldagi shaxs-son maʻnosida aks etadi. Feʻl shaxs-son qoʻshimchalari bilan tuslanadi: qiziqdim, qiziqding, qiziqdi; qiziqdik, qiziqdingiz, qiziqdilar.
Demak, feʻl oʻtimli-oʻtimsizlik, boʻlishli-boʻlishsizlik, nisbat, mayl, zamon, shaxs-son maʻnolarini ifodalash kabi oʻziga xos morfologik belgilarga ega.
Shu bilan birga feʻlning sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kabi oʻziga xos vazifadagi shakllari ham mavjud ( ishongan odam – sifatdosh; ishonib, ishongach – ravishdosh; ishonish, ishonmoq kerak - harakat nomi). Feʻlning bu vazifadagi shakllari gapda maʻlum bir gap boʻlagi vazifasini bajarishga moslashgan boʻladi.
Feʻl oʻziga xos maxsus soʻz yasalish tizimiga ham ega: bahola, ulgʻay, tinchi, suvsira – affiksatsiya usul bilan yasalgan feʻllar; xursand boʻlmoq, javob bermoq, sotib
olmoq - kompozitsiya usul bilan yasalgan yasama feʻllar.
Feʻllarda modal shakl yasalishi ham mavjud, u oʻz ichida turli xil qoʻshimcha maʻnolarni aks ettiradi: kulimsira – kuchsizlik, turtkila – davomiylik, yozib boʻldi – tugallanganlik kabi.
Feʻl oʻziga xos sintaktik vazifalarga ham ega, yaʻni:
1) sof feʻl gapda, asosan, kesim vazifasini bajarib keladi. Masalan: Insonni mehnat, odobni yaxshi fazilat bezaydi (Hikmatlar xazinasi);
2) feʻlning vazifadosh shakllari sifatdosh, sifatlovchi-aniqlovchi, ravishdosh, hol, harakat nomi, ega, qaratuvchi-aniqlovchi, toʻldiruvchi kabi gap boʻlaklari vazifasini ham bajarib keladi. Masalan: Oʻzingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo koʻr (Hadis namunalari). Dunyoda eng yomoni faqat oʻzini bilib oʻzgani unutib yashashdir (I.Karimov). Ilm-fanga intilish insonning eng oliy maʻnaviy harakatlaridandir (Pedagogika tarixi).

Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling