Mundarija Kirish Bob. Feʻlning lugʻaviy maʻnolari. Feʻl zamonlari


Download 65.57 Kb.
bet2/8
Sana27.01.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1131834
1   2   3   4   5   6   7   8
Oʻtimli va oʻtimsiz feʻllar. Oʻtimli va oʻtimsiz feʻllar feʻl anglatgan harakatning predmetga munosabati orqali belgilanadi.
Feʻldan anglashilgan harakatning tushum kelishigi formasidagi ot bilan (yoki otlashgan soʻz bilan) ifodlangan predmetga oʻtganligini bildiradigan feʻllar oʻtimli feʻl deyiladi. Masalan: Hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non-tuzini yeganmiz (I.Karimov).
Bu gap ichganmiz, yeganmiz feʻllaridan anglashilgan harakat bevosita tushum kelishigi shaklidagi suvini, non-tuzini soʻzlari bilan ifodalangan predmetga oʻtadi. Demak, oʻtimli feʻllar tushum kelishigi shaklidagi ot bilan bogʻlanadi.
Baʻzan feʻl anglatgan harakat yoki holat predmetning bir qismiga oʻtishi yoki harakat oʻtgan predmet shu harakatning bajarilishida vosita boʻlishi mumkin. Bunday holda oʻtimli feʻllar joʻnalish va chiqish kelishigi shaklida qoʻllangan otlar bilan ham birikadi. Qiyoslang: nonni oling – nondan oling, otni mining – otga mining.
Biron predmetga bevosita oʻtmaydigan harakatni anglatadigan feʻllar oʻtimsiz feʻldeyiladi. M: Koʻngil quvonchi uning kuchsizligidan dalolat beradi (Tafakkur gulshani).
Pokiza aql insonni ayb va kamchiliklardan qutqaradi (U.Mahkamov).
Bu gaplardagi dalolat beradi, qutqaradi feʻllaridan anglashilgan harakat bevosita tushum kelishigida kelgan otni boshqarmagan, boshqa predmetga oʻtmagan, balki harakat bajaruvchining oʻzida qolgan.
Feʻldagi oʻtimli va oʻtimsizlik maʻnosi ikki xil usul bilan ifodalanadi:
1. Leksik-semantik usul. 2. Morfologik usul.
1. Feʻllar oʻz leksik maʻnosiga koʻra biror affiks olmagan, hech qanday shakl oʻzgarishisiz (oʻzak-negiz holida) holida oʻtimli yoki oʻtimsiz boʻladi. Masalan: ol, och, koʻr, yoz, ich, qoʻy, soʻra, ber kabilar oʻtimli; bor, kel, oʻtir, uxla, yot, yur kabilar oʻtimsiz feʻllardir.
Bunday usul bilan, yaʻni feʻlning leksik maʻnosiga koʻra oʻtimli-oʻtimsizlik maʻnosining ifodalanishiga leksik-semantik usul deyiladi.
2. Feʻl oʻzak-negiziga qoʻshiladigan feʻl nisbatini yasaydigan qoʻshimchalar (oʻzlik, majhullik, orttirma nisbat qoʻshimchalari) oʻtimli va oʻtimsiz feʻllarni belgilab beradi. Oʻtimli-oʻtimsizlikning feʻl nisbatini yasaydigan affikslar bilan ifodalanishi morfologik usul sanaladi. Feʻl oʻzak-negiziga nisbat qoʻshimchalari qoʻshilganda, feʻlning oʻtimli-oʻtimsizligi quyidagicha yuz beradi:
1) oʻzlik va majhullik nisbat qoʻshimchalari oʻtimli feʻlni oʻtimsiz feʻlga aylantiradi: soʻradi - oʻtimli feʻl, soʻraldi - oʻtimsiz feʻl; koʻrdi - oʻtimli feʻl, koʻrindi - oʻtimsiz feʻl. Soʻradi oʻtimli feʻliga qoʻshilgan –l majhullik nisbat qoʻshimchasi, koʻrdi oʻtimli feʻlga qoʻshilgan –in oʻzlik nisbat qoʻshimchasi soʻradi, koʻrdi feʻllarini oʻtimsiz feʻllarga aylantirdi;
2) orttirma nisbat qoʻshimchalari, aksincha, oʻtimsiz feʻlni oʻtimli feʻlga aylantiradi: kuldi - oʻtimsiz feʻl, kuldirdi - oʻtimli feʻl; yurdi - oʻtimsiz feʻl, yurgizdi - oʻtimli feʻl; uxladi - oʻtimsiz feʻl, uxlatdi - oʻtimli feʻl. Ushbu kuldi feʻliga qoʻshilgan –dir qoʻshimchasi, yurdi
feʻliga qoʻshilgan –giz qoʻshimchasi, uxladi feʻliga qoʻshilgan –t orttirma nisbat qoʻshimchalari oʻtimsiz feʻllarni oʻtimli feʻliga aylantirdi.
3) orttirma nisbat qoʻshimchalari orqali oʻtimli feʻldan yana oʻtimli feʻl hosil qilinadi: esladi - oʻtimli feʻl, eslatdi - oʻtimli feʻl; ichdi - oʻtimli feʻl, ichirdi - oʻtimli feʻllari tarkibidagi –t, -ir orttirma nisbat qoʻshimchalari oʻtimli feʻlni yana oʻtimli feʻlga aylantirdi.
Qoʻshma feʻllarda oʻtimli va oʻtimsizlik maʻnosi yetakchi qismga qarab belgilanadi. Masalan: aytib berdi, koʻra boshladi, yozib chiqdi qoʻshma feʻllarda aytib, koʻra, yozib yetakchi qismning oʻtimli ekanligi shu feʻllarning oʻtimli ekanligini koʻrsatadi. Aksincha, qoʻshma feʻllarning yetakchi qismi oʻtimsiz feʻldan boʻlsa, butun qoʻshma feʻl oʻtimsiz boʻladi: oʻsa boshladi, quvonib ketdi, kulib qoʻydi kabi.

Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling