Sayfullayev Shahruza
Download 466.23 Kb.
|
Affiks, prefiks, morf, morfema tushunchalari
Sayfullayev ShahruzaMavzu:Affiks, prefix, morf, morfema tushunchalari va ularning ifodalanishiReja: 1.Affiks va prefix 2.Morf va morfema tushunchalari 3.Tillarning morfologik tuzilishiAffiks (lotinchada „biriktirilgan“) — soʻzning qismi. Oʻzakka zid qoʻyiladigan, soʻz yasalishi yoki grammatik ifoda shakllanishiga xizmat qiladigan morfema. Shunga koʻra, ikki turga ajraladi: Soʻz yasovchi hamda shakl yasovchi. Oʻzakka nisbatan joylashishiga koʻra soʻz boshida (affiks), soʻz oʻrtasida (infiks), soʻz oxirida (suffiks) keladi. Affikslar ham so‘zlar singari shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Omonim affikslar shakli bir xil bo‘lib, ma’no va vazifasiga ko‘ra bog‘lanmaydigan qo‘shimchalardir. Omonim affikslar qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra turlari doirasida quyidagi ko‘rinishda uchraydi: 1) so‘z yasovchilar doirasida: -ki: tepki-ot yasovchi, kechki-sifat yasovchi; 2) shakl yasovchilar doirasida: -ish: oqish-sifatning daraja shakli, tortish-fe’lning harakat nomi shakli; 3) so‘z o‘zgartuvchilar doirasida: -ng: olmang-egalik qo‘shimchasi, bording-tuslovchi qo‘shimcha; 4) so‘z yasovchi va shakl yasovchilar doirasida: -ma: bo‘g‘ma- (ilon) sifat yasovchi, qatlama -ot yasovchi, ketma – fe’lning bo‘lishsiz shakli; 5) so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartuvchilar doirasida:-im: qultum-ot yasovchi, kitobim-egalik qo‘shimchasi. Ba’zan o‘zakdosh so‘zlar ham omonim affiks qabul qilib shakldoshlikka ega bo‘lishi mumkin. Masalan, qatla fe’liga so‘z yasovchi va shakl yasovchi omonim qo‘shimcha –ma qo‘shilishi bilan qatlama (ot) , qatlama (fe’lning bo‘lishsiz shakli) kabi shakldosh so‘zlar hosil bo‘ladi.2. Sinonim affikslar shaklan har xil umumiy ma’nosi bir xil bo‘lgan qo‘shimchalardir. Masalan: -li\-dor: unumli-unumdor. Affikslar sinonimligi qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra barcha turlari doirasida uchraydi: a) so‘z yasovchilarda:-siz\-no ma’nodoshligi asosida: o‘rinsiz - noo‘rin, -li/-ser ma’nodoshligi asosida: g‘ayratli - serg‘ayrat; b) shakl yasovchilarda: -ish\ -imtir ma’nodoshligi asosida: oqish-oqimtir, -qar\-kar\-qaz\-kaz ma’nodoshligi asosida: qutqar - qut+qaz, o‘tkaz-o‘tkar, -lar\ ish ma’nodoshligi asosida kelishdi-keldilar; v)so‘z o‘zgartuvchilarda: -ning\-dan ma’nodoshligi asosida: mehmonlar +ning|| +dan kattasi.Shuni ham qayd etish lozimki, sinonim qo‘shimchalar barcha so‘zlarda birdek ma’nodoshlikka ega bo‘la olmaydi. Masalan, noo‘rin-o‘rinsiz so‘zlarida –no va –siz o‘zaro ma’nodosh, biroq tanish, ma’lum kabi so‘zlarga bu sinonim qo‘shimchalardan faqat -no affiksini qo‘shib ishlatish mumikin. Chunki tanishsiz, notanish sifatlari o‘zaro sinonim bo‘la olmaydi, ma’lumsiz shaklida esa sifat yasalmaydi 3. Antonim affikslar bir-biriga zid ma’noli qo‘shimchalardir. O‘zbek tilida qo‘shimchalarning zid ma’noligi boshqa yondosh hodisalarga nisbatan ancha kam uchraydi. Ular ko‘proq sifat yasalishida ko‘zga tashlanadi. Masalan: kuchli- kuchsiz, mazali – bemaza, g‘ayratli-serg‘ayrat.Download 466.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling