Sayfullayev Shahruza
Download 466.23 Kb.
|
Affiks, prefiks, morf, morfema tushunchalari
Tillarning morfologik klassifikatsiyasi masalasi bilan G. Shteyntal (1821-1889), N. Fink Moskva tilshunoslik maktabining asoschisi F.F. Fortunatov (1848-1914) ham shug`ullangan. Shunday qilib, morfologik (tipologik) klassifikatsiyaga ko`ra, dunyodagi barcha tillar so`z strukturasining tuzilishi nuqtai nazaridan to`rt tipga bo`linadi. Quyida shu haqda fikr yuritiladi. Morfologiya grammatikaning bir qismi bo‘lib, so‘z turkumlari nazariyasi haqidagi ta`limdir. So‘zlarni so‘z turkumlariga ajratish nazariyasining printsiplari quyidagilar: 1. So‘z turkumlarining kategorial belgilari 2. So‘zlarini turkumlarga ajratish printsiplari 3. Turli tillarda so‘z turkumlari Turkumlarga va guruhlarga ajratish doimo qiyoslash orqali amalga oshiriladi. Tilda son-sanoqsiz so‘zlar bor. Ularni shu holcha o‘rganib bo‘lmaydi. Tilshunoslik fanining rivojlanib borishi bilan so‘zlarni turkumlarga ajratish ham mukammallashib borgan. Narsa, predmet va hodisalarni turkumlarga ajratish uchun ma`lum o‘lchovlar, shartlar, mezonlarga asoslanish kerak.Bu muammoni echish tarixini hozirgi vaqtga kelib shartli ravishda uch asosiy etapga ajratish mumkin: 1. Strukturalizmgacha bo‘lgan davr 2. Strukturalizm davri 3. Strukturalizmdan keyingi, ya`ni hozirgi davr. Birinchisi uch belgiga asoslanagan: - so‘zlarning leksik ma`nosi - so‘zlarning morfologik belgilari, ya`ni so‘zning grammatik shakli - so‘zlarning gapdagi sintaktik vazifasi. Strukturalistlar esa so‘zlarni distributsiyasini asosga oldilar. So‘zning distributsiyasi deganda so‘zning chap va o‘ng tomondan aloqaga kirishi mumkin bo‘lgan hamma imkoniyatlari nazarda tutiladi. Amerika strukturalistlari ana shu qarashni-so‘zlar distributsiyasini tavsiya qildilar. Mas., CHarlz Frizning fikricha, ingliz tilida so‘zning ma`nosini bilmasdan, bu so‘zni gapda tutgan o‘rniga qarab, qaysi so‘z turkumiga kirishini aniq aytish mumkin. Bunda u ingliz tilidagi gaplarda so‘z tartibining qat`iy ekanligiga asoslanadi.Shu tarzda u to‘rt mustaqil so‘z turkumini va o‘n beshta yordamchi so‘z turkumini aniqlaydi. Mana shu asosda CHarlz Friz ingliz tilida so‘z turkumi so‘zlarning gapda tutgan o‘rniga boғliq, degan xulosaga keladi. Bu tavsiyaning ma`lum qiyinchiliklari mavjud: 1.U hamma tillar uchun universal bo‘la olmaydi. 2.Mazmun inkor etiladi. Binobarin forma va mazmun dialektikasi buziladi. So‘z turkumlarining kategorial belgilari quyidagilar: 1.So‘z turkumlarining semantik belgisi. 2.So‘z turkumlarining morfologik belgisi. 3.So‘z turkumlarining sintaktik belgisi. 4.So‘z yasalish belgisi. So‘z turkumlarining semantik belgisi deganda, so‘zlarning konkret ma`nolari emas, balki uning umumlashgan ma`nosi nazarda tutiladi. Mas., uy, mars, yalpiz, do‘stlik, quyosh. Ularning har biri garchi konkret ma`nolarni anglatsa-da, bu printsipda umumiy ma`no, ularning predmetlik ma`nosi nazarda tutiladi. CHekmoq, o‘qimoq, yozmoq, turmoq so‘zlarining konkret ma`nolari har xil. Hammasiga xos bo‘lgan umumiy ma`no ish-harakatdir.Download 466.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling