Mundarija Kirish Bob. Feʻlning lugʻaviy maʻnolari. Feʻl zamonlari
Download 65.57 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aniq nisbat
Feʻl nisbatlari
Feʻl ifodalagan harakat bilan uning bajaruvchisi (subyekti) va predmeti (obyekti) yoki bir necha bajaruvchi (subyektlar) orasidagi munosabatning ifodalanishi feʻl nisbati deyiladi. Harakat bilan uning bajaruvchisi orasidagi munosabat turlicha boʻladi. Maʻlum bir shaklda harakat ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajariladi. Masalan: Bobur ota yurtidan batamom ajralganini endi astoydil his qildi (P.Qodirov). Boshqa bir shaklda harakatning subyekti (ega) ham, obyekti ham bir shaxsning (predmetning) oʻzi boʻladi. Masalan: Feruza hovliga tushib, shabnamda qiygʻos ochilgan atirgullar ustiga egildi. (H.Gʻulom). Yana bir koʻrinishda harakatning bajaruvchisi subyekt emas, obyekt sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi nomaʻlum boʻladi. Masalan: Tashqarida soʻriga gilam toʻshaldi, koʻrpacha solindi. Dasturxon yoyildi, choy damlandi (Togʻay Murod). Shuningdek, harakat bir necha subyekt tomonidan birgalikda bajarilishi mumkin. Masalan: Ichkaridan birin-ketin bolalar chiqib kelishdi (Togʻay Murod). Yana bir nisbat shaklida esa harakat grammatik subyekt (ega)ning boshqa bir subyekt va obyekt taʻsiri bilan bajariladi. Masalan: Moʻminning ovozidan qatʻiyat, buyruq Laylini boʻshashtirdi (S.Z.). Shunga koʻra feʻllarda besh xil nisbat koʻrinishi mavjud: 1. Aniq nisbat. 2. Oʻzlik nisbat. 3. Majhullik nisbati. 4. Birgalik nisbati. 5. Orttirma nisbat. Feʻl nisbati maxsus shakl yasovchi qoʻshimchalar yordami bilan yasaladi. Bu qoʻshimchalar feʻlning leksik maʻnosini oʻzgartirmaydi, balki unga qoʻshimcha maʻno qoʻshadi. Yaʻni bu qoʻshimchalar harakatning bajaruvchisi (subyekti) va predmeti (obyekti) ni koʻrsatib, gap qurilishining qanday boʻlishini bildirib turadi. Masalan: yozdi – subyekt (ega)ning oʻzi bajaradigan harakat, yozildi – predmet (obyekt) tomonidan bajarilib, subyekti nomaʻlum harakat, yozishdi – bir necha subyektlar bajaradigan harakat, yozdirdi – subyektning obyektga taʻsiri bilan bajariladigan harakat. Aniq nisbat – bu shakldagi feʻlda harakatning bajaruvchisi grammatik jihatdan ega vazifasini bajargan shaxs yoki predmet boʻladi. Toʻldiruvchi esa harakatning obyekti boʻladi. Gapning bunday qurilishi tilshunoslikda aktiv konstruksiya (faol qurilma) deb yuritiladi. Masalan: Navoiy chiroyli bezatilgan kitobdan koʻz uzmas edi. Ushbu gapda koʻz uzmas edi harakatning bajaruvchisi (subyekti) Navoiy boʻlib, u ega orqali ifodalangan. Harakatning obyekti esa kitobdan vositali toʻldiruvchi orqali ifodalangan. Bunday shaklda maxsus nisbat koʻrsatkichi yoʻq. Bu nisbat maʻnosi feʻl negizi orqali ifodalanadi, shuning uchun ham u boshqa nisbat shakllarini hosil qilishi uchun asos boʻla oladi (qiyoslang: oʻqidi, oʻqildi, oʻqishdi, oʻqitdi kabi). Download 65.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling