1–oziq-ovqat mahsulotlari;
2–nooziq-ovqat tovarlari: kiyim-kechak, poyabzal, birinchi navbatda zarur bo’lgan buyumlar, dori-darmonlar, madaniy-maishiy va xo’jalik uchun mo’ljallangan tovarlar va h.k.;
3–xizmatlar: kommunal, transport, madaniy-ma’rifiy va h.k.
Odatda iste’mol savatchasi aholining 3 ta asosiy ijtimoiy-demografik guruhi: mehnatga layoqatli aholi, pensionerlar va bolalar uchun ishlab chiqiladi. YA’ni aholining turli qatlamlari tirikchiligi uchun zarur eng kam miqdorni belgilashda muayyan davrda iste’mol savatchasidagi barcha ne’matlarni iste’mol qilish normalarini aniqlash zarur. Masalan, oddiy fuqaro normal hayot kechirishi uchun har kuni iste’mol qilishi kerak bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari to’plami va miqdorini hisoblash. Yoki barcha kommunal xarajatlarni qoplashi uchun oyiga qancha summa zarurligini.Odatda iste’mol savatchasi tarkibiga kishi ularsiz bamaylixotir, sog’lom yashashi mumkin bo’lgan tovarlar: tamaki mahsulotlari, alkogolli ichimliklar, delikates (tansiq) mahsulotlar, zeb-ziynat buyumlari kiritilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |