Adagi islohotlarni chu
Bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy himoya modellari
Download 38.05 Kb.
|
MAVZU
Bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy himoya modellari
Aholi jon boshiga o’rtacha umumiy daromadlari bo’yicha Toshkent shahrida (11 mln 728,5 ming so’m) hamda Navoiy (7 mln 999,5 ming so’m), Buxoro (6 mln 158,9 ming so’m), Toshkent (5 mln 655,7 ming so’m) va Xorazm (5 mln 320,2 ming so’m) viloyatlarida o’rtacha respublika darajasidan yuqori ko’rsatkichlari qayd etilganligi kuzatildi. Aholi jon boshiga daromadlarning eng quyi ko’rsatkichlari esa Namangan (3 mln 827,2 ming so’m) viloyatida qayd etildi. Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o’sishi Xorazm viloyatiga (14,1%) to’g’ri keladi. Shuningdek, Surxondaryo (13,6%), Buxoro va Samarqand (11,7%), Namangan (11,0%), Qashqadaryo (10,4%), Andijon (10,1%) viloyatlarida hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi (10,7%) aholi jon boshiga umumiy daromad ko’rsatkichlarining real o’sishi respublika darajasidan yuqorini tashkil etgan.Aholining umumiy daromadlari hajmining sezilarli darajada o’sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 65,0% ulushga ega bo’lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo’lishdan olingan daromadlar) va 28,6 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o’zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.So’ngi yillarda mamlakatimizda aholini daromadlarini oshirishga qaratilgan islohotlar natijasida o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2018 yil dekabr oyida 2 561,3 ming so’mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 29,1 % ga o’sdi. 2018 yil yanvar-dekabr oylari uchun o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 822,2 ming so’mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 25,0 % ga o’sdi.Quyida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, 2000-2017 yillarda aholi jon boshiga daromadlar, ish haqi va pensiyalarning yildan yilga o’sib borish tendensiyalarini kuzatish mumkin. Ammo so’nggi yillarda daromadlarning tarkibidagi asosiy manbalaridan hisoblangan ish haqi hamda pensiyalarning o’sish sur’atlari pasaygan bo’lib, bu holat aholining umumiy daromadlariga ham o’z ta’sirini ko’rsatgan. O’tgan davr mobaynida aholi jon boshiga daromadlar muntazam ravishda oshib borgan va 2017 yil ma’lumotlari bo’yicha daromadlar 2000 yildagi darajasiga nisbatan 13,2 marta real oshgan. SHuningdek, ushbu davr oralig’ida o’rtacha ish haqi hamda pensiyalar miqdori mos ravishda 24,3 va 18,6 marta ortgani kuzatildi.O’z navbatida, daromadlar tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning ulushi 68,5% ni (2010 yilda 71,6 %), transfert shaklida olingan daromadlarning ulushi 25,2 % ni (2010 yilda 24,3 %), mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 4,1 % ni (2010 yilda 2,3 %), shaxsiy iste’mol uchun o’zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi esa 2,2 % ni (2010 yilda 1,8 %) tashkil etgan.Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida aholining kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 2017 yilda 55,7 % ni tashkil etdi (3-rasm). O’rtacha oylik nominal hisoblangan ish xaqining o’tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o’sishi iqtisodiy faoliyat turlarining axborot va aloqa (33,8% ga), sanoat (30,6% ga), bank, sug’urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatlarida (29,9 % ga), qurilish (29,2% ga) kuzatildi. O’rtacha ish haqining yuqori miqdori iqtisodiy faoliyat turlarining bank, sug’urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida - 3 500,5 ming so’m (respublikadagi o’rtacha oylik ish haqiga nisbatan 92,1 %ga yuqori), ahborot va aloqada - 3 347,5 ming so’m (83,7 % ga), sanoatda - 2 731,1 ming so’m (49,9 % ga), tashish va saqlashda - 2 507,4 ming so’m (37,6 % ga), qurilishda - 2 297,3 ming so’m (26,1 % ga) kuzatildi (2-rasm). Respublika bo’yicha o’rtacha real hisoblangan ish haqi 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida 1 550,4 ming so’mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 6,4 % ga o’sdi. So’ngi yillarda hukumatimiz tomonidan aholi daromadlari va turmush darajasini yanada oshirish, fuqarolarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlar, ish haqi va pensiyalar izchil ravishda o’sib borgani yaqqol namoyon bo’lmoqda. Aholining real daromadlarini oshirishda “iste’mol savatchasi”ga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Sodda qilib aytganda, iste’mol savatchasi – muayyan vaqt davomida inson hayoti va uning salomatligini saqlash uchun zarur mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning eng kam to’plami. Hamma ovqatlanishi, kiyinishi, kommunal va boshqa xizmatlar haqini to’lashi, zarur dori-darmonlarni xarid qilishi lozim va h.k. Bularning bari mahsulotlar savatchasini butlash uchun asos hisoblanadi. Uning ma’lumotlaridan, o’z navbatida,tirikchilik uchun zarur eng kam miqdorni(iste’mol savatchasining qiymat bahosini) belgilash uchun foydalaniladi.1 Iste’mol savatchasi quyidagilarning miqdorlarini belgilash uchun hisob-kitobga asos bo’lmog’i lozim: eng kam ish haqi va pensiyalar; bazaviy ijtimoiy to’lovlar: ishsizlik, bolani parvarishlash, boquvchisini yo’qotganlik nafaqalari, stipendiyalar va boshqalar. Download 38.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling