Adagi islohotlarni chu
Download 38.05 Kb.
|
MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- URLASHTIRISH
MAVZU:IJTIMOIY SOHADAGI ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISH REJA 1.Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish.Ilg’or xorijiy tajriba asosida aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan daromadlarni aniqlash bo’yicha “iste’mol savatchasi”ga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish 2.Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish 3.Arzon uy-joylar barpo etish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya kilish. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlarining qabul qilinishi va amalga oshirilishi Har qanday iqtisodiyotning bosh masalasi inson va uning ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Bu albatta insonning jamiyatdagi o’rni, ishlab chiqarilgan moddiy ne’matlarni taqsimlash munosabatlariga bog’liq bo’ladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi ishlab chiqarishning holatiga ko’p jihatdan bog’liq bo’lsa ham, taqsimot masalasi ham o’ziga xos muhim o’rin tutadi. Taqsimlash – bu har bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushini aniqlash jarayonidir. Ijtimoiy himoya tizimining jahon tajribasiDunyoda hozirgi davrda aholini ijtimoiy himoya qilishda bir qator modellar mavjud. Ulardan biri Skandinaviya mamlakatlarida (Finlandiya, Shvetsiya) qo’llanilayotgan sotsial-demokratik model bo’lib, bunday modelga ko’ra davlat ijtimoiy himoyaning barcha mas’uliyatini O’z zimmasiga oladi. Neoliberal modelga ko’ra esa (AQSh) ijtimoiy himoyaning aksariyat qismini tadbirkorlar va kasaba uyushmalari bajaradilar. Neokonservativ modelga ko’ra (Germaniya) ijtimoiy himoya davlat kafolatlari javobgarligida xususiy tadbirkorlar va davlat federal byudjeti asosida olib boriladi. O’zbekistonda ijtimoiy ta’minot asosan davlat byudjeti hisobidan tashkil etilgan bo’lib, bu tizim qator rivojlangan chet el davlatlarining ijtimoiy tizimidan qolishmaydi.Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy yordamdan tashqari respublikamizda norasmiy ijtimoiy yordam ko’rsatishning an’anaviy qadriyat turlari ham mavjudki, ularning negizini qarindoshchilik, qo’shnichilik, mahallachilik, yoru birodarchilik yordamlari, ya’ni xalqimizning milliy urf-odatlari tashkil etadi. Mahalliy idoralar, korxonalar, jamoa va xo’jaliklar hamda boshqa tadbirkorlik tashkilotlaridan fuqarolar pensiyasiga qo’shib berilayotgan qo’shimchalar, muhtojlarga ko’rsatilayotgan otaliq yordamlari, bayram va Hayit kunlari bemorlarni ziyorat qilish, turli xayr-ehsonlar ham milliy urf-odatlarimizning zamonaviy ko’rinishlaridir. Bulardan tashqari, ijtimoiy yordam ko’rsatishda nodavlat jamoat birlashmalari va xayriya tashkilotlari ham ishtirok etmoqda. O’zbekistonda shakllantirilayotgan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti ommaviy farovonlikni mo’ljal qilib oladi. Unga erishish uchun bozor mexanizmiga xos vositalar ishlatiladi. Hozirgi zamon iqtisodiyoti yuksak rivojlangan texnika-texnologiya, sifatli ish kuchi va taraqqiy etgan menejmentga asoslangani uchun farovonlikni ta’minlaydigan yuqori mehnat unumdorligiga erishadi. Yuksak ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotda insonparvarlik prinsiplari amal qilishi uchun zamin yuzaga keladi. Ammo farovonlikni ta’minlash insoniylik bilan bir qatorda jamiyatning iqtisodiy tizimida ham sifat o’zgarishlari bo’lishini talab etadi. Hozirgi kunda bunga mulkning demokratlashuvi natijasida – ko’p xil mulkchilik negizida ish tutish bilan erishiladi. Bu yerda asosiy jihat – mulksizlarning mulkdorlarga aylanishidir. Hozirgi kunda ish kuchi sohiblari boshqa mulk egalariga ham aylanmoqdalar. Download 38.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling