Adagi islohotlarni chu
Iste’mol savatchasi tarkibiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar
Download 38.05 Kb.
|
MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish .
- Qo‘shimcha adabiyotlar.
Iste’mol savatchasi tarkibiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar
Xullas, ichki iste’mol savatchasini ishlab chiqishda quyidagilarni inobatga olish zarur: demografik omillar: oilalar katta-kichikligi va tuzilishi, aholining tarkibi va jins-yosh tuzilmasi va boshqalar; ijtimoiy-iqtisodiy omillar: oilalarda oziq-ovqt mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarning haqiqatda iste’mol qilinishi; barcha guruhdagi aholining ehtiyojlari, ularning daromadi darajasi va boshqalar; inson salomatligini saqlash va hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan eng kam iste’mol hajmlari hamda tovarlar va xizmatlar ro’yxati bo’yicha ilmiy tavsiyalar; aholining ijtimoiy himoyalanishini ta’minlashga doir davlatning moliyaviy imkoniyatlari; tovarlar va xizmatlarning real bozor narxlari; boshqa mamlakatlarning tajribasi va boshqalar. Fikrimizcha, yuqorida sanab o’tilgan barcha omillar, xorij tajribasining tahlil natijalari bilan birga, iste’mol savatchasini ishlab chiqish aholi daromadlari va aholi turmush farovonligiga ta’sir etuvich asosiy omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Mamlakatnmizda ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj toifalarga kam ta’minlanganlar, ko’p bolali onlalar, nogironlar, yolg’iz qariyalar va boshqalar kiradi. Har qanday tuzum va jamiyatda aholining bunday toifalari u yoki bu darajada uchraydi. Adolatli jamiyat hamisha ularni himoya qilishni o’z zimmasiga oladi. SHuning uchun ham O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishganidan keyin kuchli ijtimoiy siyosat yuritdi. Ijtimoiy sohaga muhim e’tibor hozirgi paytda ham davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi Qarori qabul qilingan bo’lib, bu yilgi bayram “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” degan bosh g’oyani o’zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ’ibot-tashviqot ishlari dasturi asosida amalga oshirilyapti. Chunki Qarorda ushbu Dasturni 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ma’no-mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlash belgilangan edi. Bu beshta ustuvor yo’nalishdan to’rtinchisida aynan ijtimoiy sohani rivojlantirish ko’zda tutilgan. U quyidagicha bayon etilgan:“Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog’lig’ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish”ga yo’naltirilgan. Bu borada belgilangan vazifalarni o’qigan har bir gazetxon ko’z oldida birinchi galda ana shu yo’nalishlar bo’yicha mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan ishlar gavdalanadi, albatta. O’tish davrining O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahonda “O’zbek modeli” deb nom qozongan beshta tamoyilning to’rtinchisi aynan aholining murakkab demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritishdan iborat qilib belgilangan edi. Hatto, mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar mohiyati xalqaro ekspertlar tarafidan aynan “ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish” deb ham nomlandi. Bu bejiz emas edi. Chunki bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqasiga, ayniqsa, unga mohiyatan tamoman zid bo’lgan ijtimoiy-siyosiy tuzumga o’tish hamisha murakkab kechadi. Bu aholining muayyan qismi hayotida keskin tarzda aks etadi. Bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o’tayotganda, xususan, eski ishlab chiqarish tizimi, mavjud iqtisodiy integratsiya tabiiy ravishda izdan chiqadi, ularning barini yangidan shakllantirishga to’g’ri keladi. SHuningdek, mulkka egalik qilishning shakli o’zgaradi, davlat korxonalari, hatto, ekin yerlari egalari o’zgaradi, ishchi kuchi ham bevosita bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida qayta taqsimlanadi. Demak, ijtimoiy himoyaga muxtojlar safining o’zgarib, ya’ni kamayib-ko’payib turishi ham tabiiy holdir. Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida aholining himoyaga muhtoj qismini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning kafolatli tizimi yaratilmas ekan, bu og’ir ijtimoiy mushkulotlarga olib kelishi mumkin. Mustaqil O’zbekistonda avval-boshdan bu borada oqilona yo’l tutildi. Shu sababdan ham mamlakatimizda faol ijtimoiy siyosat olib borilishi natijasida sog’liqni saqlash tizimida qator islohotlar olib borilmoqda. Mamlakatimizda sog’liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiyot xodimlari mehnatini rag’batlantirish, davolashning zamonaviy texnologiya va usullarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda sog’liqni saqlash sohasini isloh qilish davlat siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biriga aylandi. Davlat tomonidan ajratiladigan byudjet mablag’lari yordamida ishlab chiqarishni rivojlantirish, fan-texnika sohasini taraqqiy ettirish, ijtimoiy ehtiyojlarni qoplash, davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlash masalalari hal etiladi. Shu orqali davlat kam ta’minlangan va yordamga muhtoj bo’lgan aholi qatlamlarining ijtimoiy himoyalashni ta’minlaydi, iqtisodiyotning ustuvor sohalarini rivojlantirish choralarini ko’radi. Sog’liqni saqlash tizimini moliyalashtirishni dasturlashtirish – aholining tibbiy xizmatlarga, dori-darmonlarga va sanitariya-epidemiologik xizmatlarga bo’lgan talabini me’yor darajasida tashkil etishni asoslash va uning xarajatlarini ishlab chiqishni anglatadi. Prezidentimiz tomonidan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi ijtimoiy sohadagi muammolarni bosqichma-bosqich hal qilinishida ayni muddao bo’ldi. Harakatlar strategiyasinig 4,2 bandida aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga doir vazifalar keltirilgan. Jumladan, aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko’rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirgan holda sog’liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning dastlabki bo’g’inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish; farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz o’sishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; aholi o’rtasida kasallanish ko’rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini ta’minlash; oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko’rsatish, chaqaloqlar va bolalar o’limini kamaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish masalalarini hal qilish bugungi kunning oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi “O’zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bu boradagi vazifalarni amalga oshirishda muhim dasturilamal hujjat vazifasini o’tamoqda. Qaror birlamchi tibbiyot muassasalari joylashuvini oqilona tashkil etish, ularda ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, patronaj tizimini sifat jihatdan tubdan yaxshilash, mamlakatda, uning har bir hududi va aholi yashash punktlarida kasallanish darajasini pasaytirish, profilaktika ishlarini yanada yaxshilashga qaratilgan. 2017 yilning 16 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni e’lon qilindi. SHoshilinch tibbiy yordamning tezkorligini, texnologikligi va samaradorligini tubdan kuchaytirishga, aholiga o’z vaqtida malakali shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha davolash, ilmiy-metodik va ta’lim ishlarining butun kompleksini eng yuqori darajada tashkil etishga yo’naltirilgan aholiga shoshilinch tibbiy yordam berish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida qator muhim yo’nalishlar belgilab olindi. Tez tibbiy yordam ko’chma brigadalarini tasdiqlangan normativlarga muvofiq dori vositalari, tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash, shu jumladan, ushbu maqsadlar uchun 2017 yilda moliyalashtirish hajmi kamida 2 baravar ko’paytirilishi keltirib o’tilgan. Mamlakatimizda sog’lom, har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash hamda salomatligini ta’minlashda ta’lim va tibbiyot muassasalarining o’rni beqiyos. SHu bois ham bugungi kunda ushbu sohalarni tubdan isloh qilish masalasiga e’tibor kuchaytirilmoqda. Prezidentimizning 2017 yil 21 avgustdagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qarori ushbu yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi sifatidagi choralarni o’z ichiga olgan. Mazkur qarorni qabul qilishdan ko’zlangan asosiy maqsad ta’lim va tibbiyot muassasalarida byudjet jarayonining shaffofligini yanada oshirish hamda uning ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, byudjetdan moliyalashtirish, hisob va hisobot mexanizmini takomillashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari va xalqaro e’tirof etilgan moliyaviy nazorat standartlarini joriy qilish yo’li bilan byudjet qonunchiligini buzish holatlarining oldini olish va profilaktikasiga qaratilgan davlat moliyaviy nazoratining rolini tubdan qayta ko’rib chiqishga yo’naltirilgan. Qarorga muvofiq, 2017 yilning 1 sentyabridan xalq ta’limi tuman (shahar) bo’limlarida va tibbiyot birlashmalarida markazlashtirilgan moliya buxgalteriya xizmatlari tashkil qilinmoqda. Ushbu xizmatlarning asosiy vazifalari quyi muassasalarning xarajatlar smetasini tuzish va ijrosini ta’minlash, ish haqlarining hisoblanishi va to’lanishini nazorat qilish, zarur bo’lgan moddiy qiymatliklar va xizmatlarni xarid qilish, shuningdek, muassasalarning byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lari hisobining yuritilishini ta’minlash, ularning faoliyat sohasi bo’yicha tovarlar sotish, xizmatlar ko’rsatishdan tushadigan daromadlarini iqtisodiy tahlil asosida monitoring qilib borishdan iborat qilib belgilangan. Byudjetdan ajratilayotgan mablag’lar doirasida aholi sog’lig’i ko’rsatkichlarining mezonlari talablariga javob berishini ta’minlash, boshqa ko’rsatilgan to’lovlarni amalga oshirishda bemorlarning tibbiy xizmatlarni tanlash imkoniyatlarini yaratish, ya’ni tibbiyot muassasalari tomonidan ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar bozorida sog’lom raqobat muhitini shakllantirishni taqozo etadi. Natijada, sarf etilayotgan moliyaviy resurslardan maqsadli foydalanish va xizmatlar bilan ular orasida o’zaro bog’liqlik darajasini oshirish orqali samaradorlikka erishiladi hamda tizimni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash jarayonlari takomillashadi. Pirovardida, aholining o’rtacha umr ko’rish yoshi ortib, bolalar o’rtasida o’lim, turli yuqumli kasalliklar darajasi kabi ko’rsatkichlar optimallashadi. Inson salohiyati eng faol bunyodkor omil bo’lib, mamlakatning islohotlar va tub o’zgarishlar yo’lidan tinimsiz ilgarilab borishini ta’minlab beradi. Bu omilning kuchi va ta’siri, eng avvalo, yuksak ma’naviyat, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi davrida insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarni vujudga keltirish borasida aholini ijtimoiy himoyalash, tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish, fuqarolar madaniyatini oshirish, jismoniy tarbiyani yaxshilash, aholini mehnat bilan bandligini ta’minlashga qaratilishi kerak. 2017 yil 1 yanvar holatiga O’zbekiston Respublikasida 6542 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari mavjud bo’lib, ularning soni 1991 yilga (3027 ta) nisbatan ikki barobardan ko’proqqa oshdi. Shifoxona muassasalari soni esa aksincha, 1991 yilda 1388 ta shifoxona muassasasi faoliyat yuritgan bo’lsa, 2016 yilga kelib 20 foizga kamaydi, ya’ni 1106 tani tashkil etdi. Bugungi kunda mamlakatimiz aholisi uchun sifatli va zamonaviy uy-joylar qurish hamda aholini keng ko’lamli uy-joylar bilan ta’minlash dolzarb vazifa sifatida quyilmoqda. Uy-joylar qurilishi natijasida o’z shaxsiy xonadoniga ega bo’lish xalqimizda azaldan qadriyat darajasiga ko’tarilgan. Bunda uy-joyga shunchaki ko’chmas mulk yoki vaqtinchalik boshpana emas, balki vatan ichidagi mo’’jaz vatan sifatida munosabatda bo’linadi. SHu bois, ham yurtimizdagi har bir oila moddiy sharoiti, ijtimoiy ahvoli va darajasidan qat’i nazar o’z shaxsiy uyiga ega bo’lishini istaydi. Mamlakatimiz aholisi uchun sifatli va zamonaviy uy-joylar qurish hamda aholini keng ko’lamli uy-joylar bilan ta’minlash dolzarb vazifa sifatida quyilmoqda. Uy-joylar qurilishi natijasida o’z shaxsiy xonadoniga ega bo’lish xalqimizda azaldan qadriyat darajasiga ko’tarilgan. Bunda uy-joyga shunchaki ko’chmas mulk yoki vaqtinchalik boshpana emas, balki vatan ichidagi mo’’jaz vatan sifatida munosabatda bo’linadi. Shu bois, ham yurtimizdagi har bir oila moddiy sharoiti, ijtimoiy ahvoli va darajasidan qat’i nazar o’z shaxsiy uyiga ega bo’lishini istaydi. Bugungi kunda respublikamizning qaysi hududiga borsangiz, albatta bo’layotgan bunyodkorlik ishlaridan, zamonaviy uy-joy va binolarning qurilishidan hayratlanmay ilojingiz yo’q. Hozirda eski shahar o’rnida yangi va zamonaviy uyjoylar va aholiga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma ob’ektlarining xizmat ko’rsatish sifatini yuqoriligi hayratimizni yanada oshiradi. Bu borada, mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida ijtimoiy sohani isloh qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, “O’zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining g’oyat muhim yo’nalishi bo’lgan ijtimoiy sohani isloh qilish bo’yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi ham bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda”2-deb ta’kidlandi. Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida"gi Farmoniga ko’ra, 2017-2021 yillarda respublikamizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari belgilab berildi. SHuningdek, Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ham tasdiqlangan bo’lib, dasturning 4 yo’nalishida“Arzon uy-joylar qurish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish” belgilangan. Bevosita davlat rahbarining tashabbusi bilan O’zbekistonning ko’p millatli xalqining talab va istaklarini inobatga olib, 2017 yilda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasini amalga oshirishga kirishildi. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish . Chorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda inson xayotini yaxshilash, uning qulay turmush sharoitlarini yaratish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sog‘ligini kafolatlash yo‘nalishida jaxon va milliy tajribaga asoslangan xolda yaxlit tizim yaratildi. Ayni vaqtda zamon talabi, mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur taxlili, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning xar tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda xayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Xarakatlar strategiyasida Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston sobiq Ittifoqdan meros bo‘lib qolgan tizimlashmagan, umumiy shaklga ega bo‘lgan ijtimoiy himoya tizimini tubdan yaxshilab, tizimli, manzilli xarakterga ega bo‘lgan va ko‘lami bo‘yicha aholining barcha qatlamlarini xar tomonlama himoyalashni tashkil etishga qaratilgan takomillashgan tizimni joriy etdi va bugungi kunga kelib aholiga ijtimoiy kafolatlarni ta’minlamoqda. Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko‘paydi, ish xaqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oshdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan oshirish va aholining ularga bo‘lgan talabini qondirish ta’minlanmoqda.Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining extiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.Aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj extiyojmand qatlamlari himoyasini kafolatlash bugungi kunda mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda. Xususan, bu masala 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasida to‘la o‘z aksini topdi.Dasturda keksa yoshdagi aholi ijtimoiy faolligini oshirish va ularning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish maqsadida 2017 yil davomida «Nuroniy» jamg‘armasi, «Maxalla» jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklari ishtirokida keksa yoshdagi fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy xayotida keng qamrovli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jamiyat, oilalar va maxallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini xurmat qilish ruxida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga erishish nazarda tutildi. Mazkur tadbirlar uchun ijrochilar mablag‘lari xisobidan 200 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.Mazkur yo‘nalishda keksa avlodni qo‘llab-quvvatlash va manzilli ijtimoiy himoyasini kengaytirish borasida ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining mas’uliyatini oshirish nazarda tutilmoqda. Xususan, bunda jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali keksa avlod vakillariga ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 15 ming nafar pensiya yoshidagi shaxsga pensiyaga chiqishdan oldin bir yo‘la moddiy yordam berish va ularni qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlash, 14 ming nafar xodimga yubiley sanalari munosabati bilan qimmatbaxo sovg‘alar topshirish, 55 ming nafar ishlamaydigan pensionerga (korxonalarning sobiq xodimlariga) moddiy yordam berish ko‘zda tutilgan. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun ish beruvchilar mablag‘lari xisobidan 7 milliard, Kasaba uyushmalari mablag‘lari xisobidan 1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda. Keksa yoshdagi aholi salomatligini tiklash va ularga sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada samarali tashkil etish maqsadida 2017 yilda mamlakatimiz xududlaridagi ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks choralar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda davlat byudjeti mablag‘lari xisobidan jami 49 milliard 312 million so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish. aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlarini, maxallalarda, ayniqsa, chekka qishloqlarda yashayotgan yolg‘iz qariyalar, nogironlar, kam ta’minlangan fuqarolarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bolalar va maxsus muassasalarni vitaminlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 632 million dollar mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda. Aholining himoyaga muxtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, ularning sog‘ligini tiklash, sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish borasida bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirildi. Ayniqsa, manzilli, xududlarda, chekka joylarda bu borada yirik loyixalarning amalga oshirilishi etiborga loyiqdir. Fuqarolarning dam olish, sog‘ligini qayta tiklash, sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini oshirish uchun infratuzilmani yaxshilash va jixozlash uchun 20172018 yillar davomida jami 49,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, mamlakatimiz bo‘yicha sanatoriylar, yoshlar markazlari, suzish xavzasi, o‘yingoxlar, stadion, madaniyat va sport majmuasi barpo etilishiga yo‘naltirilmoqda. Bolalar sog‘lomlashtirish oromgoxlarini o‘rnatilgan tartibda qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun Kasaba uyushmalari mablag‘lari xisobidan 18 milliard 540,7 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, Surxondaryo viloyatida 200 o‘rinli «Amudaryo soxili» oromgohini qurish ishlarini yakunlash; Andijon viloyatidagi «Bog‘ishamol» oromgoxini rekonstruktsiya qilish; Sirdaryo viloyatidagi «Sirdaryo» oromgoxini rekonstruktsiya qilish; Navoiy viloyatidagi «Ishonch» oromgoxida suzish xavzasini qurish ishlarining amalga oshirilishi, xech shubxasiz, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga xukumat e’tiborining amaldagi ifodasidir. Bundan tashqari, xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish va dam olishini tashkil etish maqsadida kasaba uyushmalari tizimidagi «Oqtosh» sanatoriysida, «Zomin» sanatoriysida yotoq binolarini qurish; Surxondaryo viloyatidagi «Termiz marvaridi» sanatoriysini kapital ta’mirlash va rekonstruktsiya qilish; Namangan viloyati “Chodak” qishloq fuqarolar yig‘inida dam olish uyini qurish ishlarini amalga oshirish uchun yil davomida Kasaba uyushmalari mablag‘lari xisobidan 17 milliard 810 million so‘m yo‘naltirilmoqda. Bunda asosiy e’tibor, ayollar va bolalarni sog‘lomlashtirish va dam oldirish samaradorligini oshirishga qaratiladi. Axoliga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish xalq manfaatlarini ta’minlashning muxim omili xisoblanadi. Xarakatlar strategiyasiga muvofiq, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini bo‘lgan qishloq vrachlik punktlari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida qishloq vrachlik punktlarning muntazam faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ularning vrachlariga ish joyi yonidagi xududlarda uy- joylar qurib berish, qishloq vrachlik punktlarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish hamda ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilmoqda. 2017-2021 yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy- tekshirish institutlari va Oliy o‘quv yurtlari klinikalari yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan xolda, keng tarqalgan kasalliklarning oldini olish va erta aniqlashga qaratilgan «Xech kim mexr va e’tibordan chetda qolmasin» shiori ostida keng qamrovli tibbiy ko‘rik tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Natijada kelgusi 5 yilda mamlakatimizning chekka tumanlari aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi. Viloyatlar aholisini sifatli tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari shifokorlarining joylarga chiqib, jarroxlik amaliyotlari va boshqa tibbiy xizmatlar ko‘rsatishini tashkil etish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar dasturi qabul qilinadi. Bu jarayonda esa Respublika ixtisoslashgan tibbiyog markazlari xizmatidan foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yanada oshadi. Sog‘liqni saqlash bo‘yicha qonunchilik asoslarini yanada mustaxkamlash maqsadida «Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida»gi Qonun loyixasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Mazkur qonun loyixasini qabul qilish orqali aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar doirasi keng aytiriladi hamda odam azolari va to‘qimalarining transplantatsiya qilinishi tartibi belgilanadi, shuningdek, aholining transplantatsiyaga muxtoj bo‘lgan toifasiga qonuniy asoslar va tartiblar dasturdagi tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Xarakatlar strategiyasi doirasida 2017-2021 yillarda 220 million so‘m evaziga ijtimoiy himoyaga muxtojoilalar uchun tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalarining kuchi bilan tog‘li, cho‘l va borishqiyin bo‘lgan xududlarda, shuningdek, aloxida e’tibor talab etiladigan tumanlarda aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, ekologik jixatdan noqulay mintaqalarda yashovchi aholi uchun «Salomatlik» poezdlari tashkil etiladi. Borish qiyin bo‘lgan xududlarda yashovchi aholini chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish orqali aholining ijtimoiy xolatini aniqlab, sog‘lom oila shakllantiriladi va aholida tibbiy savodxonlik madaniyati oshiriladi. Onalar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini oshirish, onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida million AQSh dollari mikdorida, Jaxon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi, «Salomatlik-З» loyixasi, byudjet mablag‘lari xisobidan onalar va bolalarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining 40 ta tug‘ruq bo‘limi negizida tumanlararo perinatal markazlar tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Bu sohada ishlar sifatini tubdan yaxshilash maqsadida bugun sog‘liqni saqlash sohasining uzviy bo‘g‘ini sanalgan tibbiy-profilaktika xizmati jaxon andozalari talablariga to‘liq javob beradigan zamonaviy tizimga aylanmog‘i zarur. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish borasida 20172021 yillarda barcha tuman, shahar tibbiyot birlashmalari va oilaviy poliklinikalar, onkologik muassasalar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlarini, Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazi, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinikalari va respublika klinik shifoxonalarini hamda to‘rtinchi darajali ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati oshiriladi. Mamlakatimizda aholi salomatligini mustaxkamlashning muxim va samarali omili bo‘lgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham aloxida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda ayollar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan ayollar salomatligini mustaxkamlash maqsadida kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxrida «Sog‘lom ona sog‘lom bola» shiori ostida an’anaviy mintaqaviy «Ayollar sport festivali», «Sog‘lom avlod uchun» kubogi uchun suzish, sinxron suzish, suvga sakrash, gimnastika, badiiy gimnastika, sport raqsi va gimnastikasi kabi sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlar o‘tkaziladi. Ayollarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 1500 million so‘m miqdorida mamlakatimizning turli xududlarida yashovchi 2 ming nafar extiyojmand oila ayollari elektr maishiy texnika jixozlari berish yo‘li bilan rag‘batlantiriladi. Xalqimizga munosib turmush sharoitini yaratib berish, aholi sog‘ligini saqlash masalasi davlatimiz va jamiyatimizning doimiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Xarakatlar strategiyasida ayollar va qizlarning salomatligini mustahkamlash, ular orasida jismoniy tarbiya hamda sportni ommalashtirish, shuningdek, keksalar, o‘zgalar parvarishiga muxtoj, urush va mehnat fronti qatnashchilari, ijtimoiy himoyaga muxtoj shaxslarni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq dolzarb chora-tadbirlar ham qamrab olinganligi yurtimizda «Inson manfaatlari xar narsadan ulug‘» tamoyilining amalga oshirilishini ta’minlashda muxim omil bo‘lib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYITLAR 1.Rahimov J. Ma’naviyat asoslari. – T.: “Ma’naviyat” nashriyoti, 2008 yil. 2.Umarov E. “Estetika” (Nafosatshunoslik) – T.: “O‘qituvchi” nashriyoti, 2008 yil. 3. Mannonov A. Din falsafasi. – T.: "Toshkent islom universiteti" nashriyoti, 2011 yil. Qo‘shimcha adabiyotlar. Download 38.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling