Reja: Chang naychasining hosil bo‟lishi. Qo‟shaloq urug‟lanish. Murtakning rivojlanishi. Apomiksis. Mevalar 6 Mevalarning turlari Tayanch iboralar
Download 179.07 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq2.3 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
3-Mavzu: Gulli o‟simliklarning qo‟sh urug‟lanishi. Gulli o‟simliklar urug‟ining turlari. Mevalar. Mevalarning tarqalishi. Reja: 1. Chang naychasining hosil bo‟lishi. 2. Qo‟shaloq urug‟lanish. 3. Murtakning rivojlanishi. 4. Apomiksis. 5. Mevalar 6 Mevalarning turlari Tayanch iboralar: gul, paragamiya, xalazagamiya, qo‟shaloq urug‟lanish, terminal, bazal, gapokotil, epikotil. Foydalanilgan adabiyotlar: 1, 2, 6, 11. Urug‟. Urug„ yopiq urug„li o„simliklarning jinsiy ko„payishi natijasida urug„kurtak megasporangiy (yunon. megas - spora; ageyon - nay) dan hosil bo„ladi va ko„payish organi hisoblanadi. Ochiq urug„li o„simliklarning urug„lari makrosporangiy (yunon. makros - katta; spora - urug„; ageyon - nay) larning tubida joylashgan urug„kurtakdan o„sib rivojlanadi. Bularning urug„i tuguncha devori bilan himoya qilinmasdan ochiq holda o„rnashgan. Ba„zan, urug„ jinsiy hujayralar qo‟shilmagan holda, urug„lanmagan tuxum hujayralardan ham vujudga keladi. Bu hodisaga apomiksis (yunon. apo - inkor, aks; miksis - aralashish, qorishish) deb ataladi. Urug„lar shakli, katta-kichikligi, rangi va ichki tuzilishi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Urug„larning shakli yumaloq, disksimon, ellipssimon, uzunchoq va hokazo. Urug„larning usti silliq, yaltiroq, g„adir-budur bo„lishi mumkin. Ontogenez rivojlanishida urug„ - o„simlikning embrionlik (yunon. embrion - murtak) davri hisoblanadi. Urug„ asosan 1-2 qavat integument (lot. integumentum - qoplama) - urug„kurtak qobig„i - po„sti nusellyus (lot. yong„oqcha - kurtak mag„zi) ni o„rab turuvchi po„st bilan qoplanadi. U urug„langandan so„ng urug„ po„stga aylanadi. Urug„ ichida murtak, endosperm yoki perisperm bo„ladi. Ba„zan bir urug„da ko„p murtak yetilishi mumkin. Bu hodisaga poliembrioniya (yunon. poli - ko„p; embrion - murtak) deb ataladi. Ko„p murtaklilik ochiq urug„li, orxideyaguldoshlar, piyozdoshlar va murakkabguldoshlar oilasining vakillarida uchraydi. Urug„ po„sti. Urug‟ po„sti yoki perikarpiy (yunon. peri - atrofda, karpos - meva) urug„kurtak tugunchasining qo„shilib o„sishidan hosil bo„ladi. Odatda u ko„p qavatli va pishiq. Uning asosiy vazifasi, murtakni har xil ta„sirlardan - qurib qolishdan, muddatidan oldin unishdan va mikroorganizmlardan himoya qilishdir. Ko„pchillik o„simliklar urug„ining ustida halqasimon bo„rtma - urug„ o„simtasi hosil bo„ladi. Uning kelib chiqishi har xil. Ba„zan funikulus (lot. funikulyus - arqon) urug„- kurtakning bandi yoki urug„ bandidan, ayrim hollarda esa urug„kurtakning intigumentidan vujudga keladi. Urug„ o„simtalari ko„pincha mikropile (yunon. mikros - kichik; pile - teshik, tirqish) yoki urug„ yo„liga yaqin joylashadi va karunkula (lot. karunkula - etli, g„urra, shi deb ataladi. Ular urug„ ustida kichkina o„simtalar shaklida o„rnashib, har xil rang hosil qiladi va o„simlik urug„larini tarqatuvchi hasharotlar, chumolilar hamda qushlarni jalb qilishda urug„larning tarqalishi uchun xizmat qiladi. Urug„ po„stining rangi va anatomik tuzilishi har xil. Masalan, danaksiz rezavor mevalarning urug„ po„stlari danakli mevalarning urug„ po„stiga nisbatan kuchliroq taraqqiy etgan va pishiqroq bo„ladi. Quruq, ochilmaydigan mevalarda urug„ po„sti ikki, uch yoki bir qavat hujayradan tashkil topgan. Lekin, ba„zi o„simliklarda (labguldoshlar, kapalakguldoshlar, gulxayridoshlar va boshqalarda) urug„ po„sti, aksincha, qalin va ko„p qavatli bo„ladi. Odatda, pishgan urug„ mevalardan uzilib tushsa, ularning po„stida urug„ o„rni bilan qo„shiladigan joyi bo„ladi, bunga urug„ choki yoki urug„ kertimi deb ataladi. Urug„lar pishib erga to„kilgandan so„ng qulay ob-havo va namlik sharoitida unib chiqadi. Unishning dastlabki davrida suv va havo mikropile orqali urug„ ichiga o„tadi va fermentlar ta„sirida urug„ po„sti xujayralari shilimshiqlanadi, natijada urug„larning, tuproq zarrachalariga yopishib nam to„plashi uchun zamin yaratiladi. Murtаk. Murtak, urug„lanish sodir bo„lgandan so„ng, zigotadan hosil bo„ladi. Uning hujayralari diploid xromosomali yadroga ega. Murtak yangi o„simlikning boshlang„ichi, u deyarli meristema to„qimasidan tashkil topgan. Gulli o„simliklarning yetilgan murtagi morfologik jihatdan boshlang„ich novda, ildiz va bitta yoki ikkita urug„palladan iborat bo„lib, ular yosh sporofit o„simlikning birinchi barglari hisoblanadi. Urug„ unib chiqqanda ikkita bargsimon yashil palla (g„o„za, loviya) hosil qiluvchi o„simliklar ikki pallali o„simliklar, deb ataladi. Murtaklari bir urug„ pallali o„simliklar bir pallali o„simliklar deb ataladi (bug„doy, sholi va boshqalar). Boshlang„ich novda va ildizning apikal qismida meristema to„qimalari joylashgan. Meristema hujayralari fiziologik jihatdan yosh va bo„linish xususiyatiga ega. Murtak poyacha, boshlang„ich novdaning o„sish nuqtasi joylashgan meristema hujayralaridan pastroqda, bo„rtma shaklida bo„ladi. Ba„zan novdaning apeksida,urug„pallalardan keyik barglarning boshlang„ich bo„rtmalari (murtak kurtaklari) hosil bo„ladi. Murtak o„qining urug„pallalardan ildiz bo„g„izigacha bo„lgan qismi gipokotil„ (yunon. gipo - ostki, pastki qism, kotileodon - urug„palla) deb ataladi. Gipokotilning eng pastki qismi ildiz bo„yinchasi, ildiz bo„g„izi deb ataluvchi qism murtak ildizchasi tutashadi. Murtak ildizcha uni qoplab turadigan ildiz qinchasidan iborat. Urug„palla bilan birinchi kurtak oralig„i epikotil deb ataladi. Ochiq urug‟li (ninabargli )larning urug‟ida o‟ntagacha urug‟pallalari bo‟ladi .Ularning murtagi gipokotil va kurtakcha hamda kichkina ildizchadan iborat. Kurtakchada o‟sish nuqtasi va o‟nta ingichka urug‟pallalar mavjud. Kurtak o‟sganda bu urug‟pallalar dastlabki o‟nta ipsimon ninabarglarga aylanadi . Endostperm - oziq moddali to‟qima bo‟lib o‟simlikning urug‟ida rivojlanadi. Endosperm qo‟shaloq urug‟lanish natijasida murtak haltachasining diploidi markaziy hujayrasidan hosil bo‟ladi va triploid hujayralardan iborat. Demak , urug‟ning murtagi va endostpermi bir-biridan keskin farq qiladi . Ba‟zi o‟simliklarda masalan, birpallalilardan bug‟doy piyoz lola piyozgul va boshqalarda urug‟ murtagi shu darajada kichik bo‟ladiki , urug‟ning deyarli butun ichki qismini endostperm (oqsil) egallaydi. Bu xildagi urug‟lar endospermli urug‟lar deyiladi. Endospermli urug‟lar ko‟pincha birpallalilar (g‟allaguldoshlar, piyozguldoshlar), ikkipallali o‟simliklardan ituzumdoshlar, soyabonguldoshlar, sutlamadoshlar (kanakunjud) da uchraydi . Ko‟pgina o‟simliklarda aksincha murtak o‟sib, endospermni o‟zlashtirib va endosperm urug‟ posti ostida bir necha qator hujayralar shaklida qoladi yoki butunlay qolmaydi (kapalakguldoshlar, murakkabguldoshlar, butguldoshlar, qovoqguldoshlar, atirguldoshlar va hokozada) Bu xildagi urug‟lar endospermsiz urug‟lar deyiladi. Endospermsiz urug‟larning urug‟ po‟sti ostida yirik urug‟pallalari bo‟lib, ularning to‟qimalarida oziq moddalar to‟planadi (qovoq loviya). Murtak endospermni o‟zlashtirib yuborgan hollarda uning vazifasi birmuncha o‟zgaradi va ko‟pincha urug‟pallalari g‟amlagan oziq moddalarni to‟play boshlaydi. Bundan tashqari to‟plagan oziq moddalar perisperm (yunun. “peri,, - atrof “sperma,, - urug‟) da ham to‟planadi. Bunday urug‟larga qora murch lavlagi va boshqalar misol bo‟ladi. Perisperm urug‟ po‟sti ostida joylashgan bo‟lib, urug‟kurtakning nutsellusidan rivojlanadi. Bunday urug‟larda murtak juda ham kichkina bo‟ladi, uni hamma tomodan g‟amlovchi to‟qima o‟rab turadi. Endosperm va perisperm murtakka tarqalib turgani uchun urug‟ o‟sayotgan paytda, murtak ulardagi barcha oziq moddalarini so‟rib oladi. Binobarin, endosperm va perispermdagi oziq moddalar - murtakning dastlabgi ozig‟i va uning rivojlanishi uchun asosiy zamindir. Endosperm kimyoviy tuzilishi jihatdan unsimon yoki yog‟simon bo‟lishi mumkin. Unsimon endosperm hujayralarida ikkilamchi kraxmal donachalari, yog‟simon endosperm hujayralarida esa yog‟ tomchilari to‟planadi. Bundan tashqari ulardan oqsil va fitin (fosforli birikmalar) ham uchraydi. Fitin urug‟ning unishidagi modda almashinuvini tezlashtiradi . Oqsil, aleyron (yunon. “aleyron”-un) donachalari shaklida bo‟lib, endospermning tashqi yubqa tarafini tashkil etadi (bug‟doy ,arpa va boshqa shu kabi donlar). Ko‟pchilik o‟simliklarda urug‟ shu qadar suvsizlanadiki, ular juda ham qattiq, shishmasimon va hatto toshsimon bolib qoladi. Yog‟simon endospermli urug‟lar (kungaboqar, zig‟ir, yong‟oq va boshqalar) g‟amlovchi oziq moddalar ichida quvvat jihatidan boshqa urug‟larga nisbatan ustunlik qiladi. Urug‟ unayotgan endosperm moddalarini o‟zlashtiradi va shundan so‟ng uning hujayralari yemiriladi. Endosperm va perisperm funksiyasi jihatidan bir xil, lekin morfologik jihatidan turli xil kelib chiqishga ega: ya'ni ular bir-biriga analogdir. Chang naychasining hosil bo‟lishi. Chang urug‟chining tumshiqchasiga tushgandan so‟ng ma‟lum vaqt (15-45 min bir necha soat yoki bir necha hafta) o‟tgandan keyin bo‟rtib o‟sadi va unisi finogen (Vegetativ) hujayrasidan hosil bo‟lgan chang naychasi aperture orqali chiqib ustuncha to‟qimasi bo‟ylab o‟sib tuguncha tomon yo‟naladi. Shundan so‟ng eng hayotchan va kuchli naycha urug‟ yo‟li (mikropile) ga birinchi bo‟lib yetib keladi va shu orqali urug‟murtakka o‟tadi. Bu xodisa parogamiya deb ataladi. Bazan chang naychasi xalaza orqali to‟g‟ridan - to‟gri urug‟kurtakka yoki embirion haltasiga o‟tadi – bunga xalazagamiya deyiladi. Xalazagamiya birinchi marta 1894 yili Treybom degan olim Avstraliya qitasida o‟sadigan, qadimdan saqlanib kelgan kauzarin degan o‟simlikda keyinchalik S.N. Navashin esa oqqayinda aniqlagan. Chang naychasi urug‟murtak haltasiga yetganidan so‟ng uning devori eriydi. Chang naychasi embirion haltasining markaziy yadrosi tomon harakatlanadi va ishqalanishi natijasida uning devori eriydi. Chang naychasi ichidan ikkita sperma xujayralari embirion haltasiga kiradi. Sperma hujayralaridan bittasi tuxum hujayra yadrosiga qarab yo‟naladi va u bilan qo‟shiladi. Natijada yopiq urug‟li o‟simliklar uchun muhim hususiyatdan biri qo‟shaloq urug‟lanish sodir bo‟ladi. Qo‟shaloq urug‟lanish 1898 yili rus botanigi S.G. Navashin piyozdoshlar oilasiga mansub Lilium martana va Firitillaria tenella degan o‟simliklarda aniqlagan. Keyinchalik urug‟langan tuxum hujayra yadrosidan taraqqiy etgan. Shuning uchun ham yopiq urug‟li o‟simliklarning endospermi ochiq urug‟lilarning endospermidan farq qiladi. Embrion (murtak) ning rivojlanishi. Urugʻlanish sodir boʻlgandan keyin tuxum hujayra parda bilan oʻralib tinchlik davrini oʻtaydi. Bu davr sharoitga bogʻliq boʻlib, bir necha vaqtga choʻzilishi mumkin. Masalan, gʻalladoshlar va murakkabguldoshlarda bu eng qisqa vaqt boʻlib bir necha soat davom etadi. Shunday keyin tuxum hujayra koʻndalangiga ketgan toʻsiq bilan ikkita hujayraga, ya'ni chang yoʻliga qaragan terminal va unga qarama-qarshi tomonda bazal hujayralarga boʻlinadi. Keyinchalik bu hujayralar xar hil boʻlinadi. Masalan, butguldoshlar oilasining vakillarida bazal hujara kundaligiga, terminal hujaya uzunasiga boʻlinib hamma tomoni toʻrt burchak hujayralar yuzaga keladi. Shu hujayralarning har biri boʻlinib, oqrang (lot. okto-sakkiz) deb ataladigan hujayralarga aylanadi. Bir vaqtning oʻzida bazal hujayra koʻndlangiga va bazan uzinasiga tekgan toʻsiqlar bilan boʻlinib tortma (osilma-son) hosil qiladi. Tortma embrion paydo qiladigan terminal xujayraning oziq moddalarini embrional toʻluvchi embrion xaltasi boʻshligʻiga surib tushiradi. Endosperm - urugʻdagi oziq moddalarini yigʻuvchi maxsus toʻqimaga aylanadi. Tortmaning eng yuqori qismidagi hujayra oʻsib pufaksimon nayga oʻxshab, gastoriya soʻrgʻichga aylanadi. Oqrang hujayralarning ostki qismidan novdaning oʻsish nuqtasi, ikki pallali oʻsimliklarda ikkita urugʻpalla, ustki qismida gapokotil (yunon. xipo-urugʻpalla osti) taraqqiy etadi. Urugʻpallalar bilan tortma oʻrtasidagi pastki hujayradan birlamchi ildiz hosil boʻladi. Urugʻpallaning pastki bandi epikotil (yunon. epi - ustida, kotil-urugʻpalla) deb ataladi. Boshlangʻich novda koʻpincha boʻrtma koʻrinishida boʻlib uning atrofini boshlangʻich barglar oʻrab olib kurtaklar yuzaga keladi. Bir pallali oʻsimliklarda embrion ichidagi ikkinchi urugʻpalla juda erta nobud boʻladi. Shuning uchun urugʻ unib chiqqanda faqat bitta urugʻpalla bilan oʻsadi. Oʻsish nuqtasi novdaning yon tomonida joylashadi. Koʻpgina parazit hamda saprofit oʻsimliklarda embrion juda kichkina boʻlib bir xil shakildagi hujayralardan tashkil topadi. Endosperm urugʻ murtakning rivojlanishi uchun muhim oziq moddadir. Asosan ikki xil endosperm (nuklear va sellular) boʻladi. Nuklear endosperm xosil boʻlishida yadro boʻlinmaydi va hujayra toʻsiqlari xosil boʻlmaydi. Sellular endosperm rivojlanishi vaqtida yadro bir nechaga boʻlinadi va hujayra toʻsiqlari xosil qiladi. Shuning uchun ham embrion xaltasi bir necha yadroli katakchalardan iborat. Baʼzi oʻsimliklarda embrionning oziqlanishini osonlashtiradigan alohida oʻsimtalar yoki gaustoriyalar yuzaga keladi va instrument, nutsellus toʻqimalariga oʻrnashib oziq moddalarni embrionga yetkazishga koʻmaklashadi. Urugʻmurtak asta sekin urugʻga aylanadi. Intigumentlardan poʻst, nutsellusdan perisperm (yunon. peri-atrof, sperma-urugʻ) hosil boʻladi. U oʻsayotgan murtak tomonidan istemol qilinadi. Tuguncha devori urugʻlanishdan keyin shaklan oʻzgarib meva yonini hosil qiladi. Tugunchaning hamma qismi mevaga aylanadi. Koʻpgina oʻsimliklarda gulning boʻshqa qisimlari xam mevaga aylanadi. Apomiksis deb (yunon. apo-inkor, miksis-aralashish), yani jismoniy hujayralar qoʻshilgan holda, urugʻlanmagan tuxum hujayradan yani organizmni vujudga kelishiga aytiladi. Apomiksis koʻpincha evalutsion rivojlangan oilalarda (murakkabguldoshlar, atirguldoshlar, gʻalladoshlar) uchraydi. Bu oilalarning turlari yangi-yangi maydonlarni ishgʻol etmoqda. Shuning uchun ba'zi olimlar apomiksis jinsiy yoʻl bilan koʻpayish oʻrnini egallab oladi va yangi sistematik guruh oʻsimliklar vujudga keladi deb taxmin qilishadi. Ammo, bu fikrga koʻpchilik olimlar qoʻshilmaydi. Apomiksisning bir necha xillari ma‟lum. Odatda bunday xollarda tuxum hujayra hamisha diploid boʻladi. Bazan apomiksis nutsellus yoki arxeosporiy hujayralaridan reduksion boʻlinish sodir boʻlmaydi. Baʼzan embrion xaltasining boshqa xujayralaridan urugʻlanmagan, yani jinsiy hujayralar qoʻshilmagan diploid sinergitlardan, antipoflardan, endosperma hujayralaridan oʻsimlik taraqqiy etadi (masalan, lansetniksimon bargli zupturum, hushboʻy piyoz va boshqa oʻsimliklarda). Bunday hodisaga apogamiya (lot. apo- inkor, aks, gamoe-qoʻshilish) deb ataladi. Ayrim hollarda embrion murtak (20 taga yaqin), embrion xaltasidan emas, balki nutsellus yoki urugʻmurtak qoplagʻichlarining hujayralaridan taraqqiy etib yetiladi. Lekin ularning 1-3 tasigina taraqqiy etadi. Bunday hodisaga poliembroniya (yunon. poli-koʻp, embrion-murtak) deb ataladi. Masalan, limon, mandarin, apelsin va boshqa sitrus oʻsimliklarida uchraydi. Mevalarning umumiy tarifi. Meva - yopiq urugʻli oʻsimliklarning eng asosiy hosil organlaridan biri hisoblanadi. Meva urugʻlanishdan keyin gulda roʻy beradigan oʻzgarishlardan soʻng paydo boʻladi. Mevalar urugʻning yetilishiga, himoya qilinishiga, tarqalishiga xizmat qiladi. Ularning tuzilishi va morfologik koʻrinishi juda xilma-xildir. Faqat urugʻchi (ginetsey) dan hosil boʻlgan meva haqiqiy meva deb ataladi. Bir necha urugʻchidan hosil boʻlgan meva (masalan, malina, maymunjon, ayiqtovonguldoshlar va boshqalar) tup meva yoki murakkab meva deb ataladi. Ammo, koʻpincha meva urugʻlanish sodir boʻlgandan keyin tugunchadan, baʼzan gulning boshqa qismlaridan (gulkosa, gul-oʻrni va gulbandi) ning shu tuguncha bilan qoʻshilishidan hosil boʻladi. Bunday mevalarga soxta meva deb ataladi. Mevalarni aniqlashda ulardagi baʼzi belgilar, chunonchi: meva poʻsti - petikarpiy (yunon. peri-atrofida, karpos - meva) ning tuzilishi, mevaning ochilishi yoki toʻkilishi hamda mevaning tarqalishi eʼtiborga olinadi. Mevaning ustki qavati perikarpiy tuguncha yoki gulning boshqa organlarining qoʻshilib oʻsishidan hosil boʻladi. Perikarpiy ustida har xil oʻsimliklar: tikan, qanotchlar, tukchalar boʻlib, mevalarning tarqalishiga imkon beradi. Meva poʻsti uch qavatdan iborat. Tashqi qavati ekzokarpiy (yunon. endo-ichki) va ularning orasida turadigan oʻrta qismi mezokarpiy (yunon. mezos - oʻrta) deb ataladi. Perikarpiyning bu qatlamlarini hamma vaqt ham bir-biridan ajratib boʻlmaydi. Ularni ko‟pincha danak shaklidagi mevalarda ko‟rish mumkin. Masalan, danaklilarda tashqi yupqa-ekzokarpiy, mevani yeyish mumkin bo‟lgan etdor qismi – mezokarpiy va yog‟ochsimon qattiq (danak) – endokarpiy qavatlari bo‟ladi. Haqiqiy (rezavor) - yumshoq, shirali mevalarda bu qatlamlarni ajratib bo‟lmaydi. Ba‟zi quruq mevalarda (kungaboqar) meva po‟sti takomillashgan hujayralardan iborat, lekin ayrim mevalarda (oreshnik) gomogen (yunon. gomo-bir xil, genos-chiqib kelish). Mevalar pishgandan keyin ularda muhim bioximik o‟zgarishlar ro‟y beradi, natijada qandlar, vitaminlar, yog‟lar va boshqa moddalar to‟planadi. Odatda, pishgan mevalarning po‟stida xlorofill uchramaydi, aksincha ularning tarkibida karotinoid va antotsian pigmentlari to‟planadi. Shuning uchun ular qizil, pushti, sariq va hkrangda bo‟ladi. Mevalarning morfologik xususiyatlariga qarab ikkita katta sun‟iy sistemaga (ho‟l, sersuv yoki quruq mevalarga) ajratish mumkin. Ular ochiladigan barcha, dukkak, qo‟zoq va qo‟zoqcha, ko‟sak (chanoq) va ochilmaydigan quruq mevalarga bo‟linadi. Ochilmaydigan quruq mevalarda faqat bitta urug‟ bor (yong‟oq yoki yong‟oqchalar, o‟rmon yong‟og‟i, pista, doncha va boshqalar). Mevalarni tabiiy sistemaga solishda ularning qanday gineseydan hosil bo‟lganligini e‟tiborga olib morfologik jihatdan apokarp, sinkarp, parakarp va liziykarp guruhlariga ajratish mumkin. Apokarp mevalar ko‟p mevali va bir mevalarga, sinkarp mevalar ustki va ostki tugunchalilarga bo‟linadi. Bundan tashqari ochilish xususiyati va tarqalish xususiyatiga qarab ularga guruhlarga ajratiladi. Tutashmagan yoki murakkab meva, ya‟ni yuqori gultugunchasidan hosil bo‟ladigan bir necha urug‟chi barglardan tashkil topgan meva apokarp meva deb ataladi. Bunday mevalar ko‟p mevalilarga xos bo‟lib, ayiqtovondoshlar, magnoliyadoshlar, atirguldoshlar, kapalakguldoshlar oilalarining vakillarida uchraydi. Ko‟pincha urug‟chibarglar bir–biri bilan tutashib murakkab bargli mevani hosil qiladi (magnoliya, piyon). Evolutsiya jarayonlarida ko‟p bargchali murakkab mevalardan, urug‟chi barglarning reduksiyalanishidan bargcha kelib chiqqan. Bitta urug‟chi bargdan hosil bo‟lgan bir chanoqli mevabarcha, bargak yoki monokarp meva deb ataladi. Bunday mevalar kelib chiqishi jihatidan juda ham soddadir. Bargakda mevaning ochilishi uning ustki o‟ng tomonidan bo‟ladi. Bargakning maxsus moslashishidan bitta mevabargchaga ega bo‟lgan bir xonali quruq meva – dukkak kelib chiqgan. Dukkak ochilish xususiyati bilan barchadan farq qiladi. Dukkakning ochilishi uchidan tubigacha ikki tomonidan qorni va orqa chokidan yorilib ochiladi. Bunday meva xili kapalakguldoshlar, sezalpindoshlar, mimozadoshlarga xos belgidir. Nihoyat bargchadan mezokarpning sukkulentlanishi (lot. Sukkus- shira, sukkulentus-shirali), endokarpiyning yog‟ochlanishi va urug‟larning kamayishi natijasida danakli mevalar kelib chiqqan. Danakli mevalarning aksaryati bir xonali, bir urug‟lidir (olcha, gilos, olxo‟ri, o‟rik, bodom), ko‟p danaklilarga do‟lana, ituzum misol bo‟la oladi. Danakli mevalar ustki tugunchadan paydo bo‟ladi. Bir uyli danakli mevalarning yoni qattiq yog‟ochsimon, meva ichi (danagi) ko‟pincha sersuv (olxo‟ri, olcha, o‟rik, shaftoli) yoki quruq (bodom, yong‟oq) tolasimon (kakospalmasi) va boshqalar bo‟lishi mumkin. Ko‟p uyli danakli murakkab mevalar atirguldoshlar oilasining (malina, maymunjon, parmachak) vakillari uchraydi. Bularning shirador danakchali mevasi gulo‟rnidan hosil bo‟ladi. Har qaysi danakcha etli shirador mezokarp va toshga o‟xshash qattiq endokarpdan iborat bo‟lib, uning ichida faqat bitta urug‟ joylashadi. Maymunjonning mevasi pishgandan keyin qavarib chiqqan gulo‟rnidan osongina ajraladi. Sinkarp mevalar (yunon. sin – birgalikda; karpos-meva) – eng ko‟p uchraydigan mevalar guruhidir. Morfologik jihatdan sinkarp mevalar ko‟sak yoki chanoq va qo‟zoqcha, qanotli, rezavor yoki yumshoq meva va boshqa ko‟pgina xillardan iborat. Ko‟sak yoki chanoq – ko‟p urug‟li meva. Ular ikkita va undan ko‟p mevabargchalardan tashkil topadi. Bir uyli yoki ko‟p uyli bo‟ladi. Bunday mevalar loladoshlar, sigirquyruqdoshlar, ituzumdoshlar, zubturumdoshlar, chinniguldoshlar, toldoshlar, binafshadoshlar, ko‟knordoshlar, qo‟ng‟iroqdoshlar, pashmakdoshlar va boshqa bir necha oilalarda uchraydi. Ularning ochilishi xususiyati har xil bo‟ladi. Chunonchi, qopqoqchalar (mingdevona, semizo‟t, zubturum va boshqalarda), teshikchalar (ko‟knor, qo‟ng‟iroq gullarda), tepa tishchalar (chinnigul, navro‟zgullarda), ustki uchidan pastki uchigacha uzunasiga o‟tadigan yoriqchalar (mingdevona, orxisdoshlar, binafsha, piyozguldoshlar va boshqalarda) vositasi bilan uchraydi. Bo‟linadigan mevalar. Merikarpiy (yunon. meris-bo‟lakcha, parcha; karpos-meva) – ikki yoki ko‟p uyli pastki va o‟rta tugunchadan hosil bo‟ladi, yetilgandan keyin ikki yoki bir necha bo‟laklarga bo‟linadi. Masalan, tugmachagul, gulxayri, soyabonguldoshlar, labguldoshlar va boshqalarda bo‟ladi. Merikarpiy mevalar orasida bir urug‟li ayrim bo‟g‟imlarga bo‟linib ochiladigan mevalar soyabonguldoshlar oilasining ko‟pchilik vakillarida uchraydi. Nihoyat, merikarpiy mevalarni yana bir xili labguldoshlar, kampirchopondoshlar oilalarining vakillarida uchraydi. Bunday mevalar senobiy deb ataladi. Ko‟p urug‟li ochilmaydigan parakarp mevalarning maxsus xiliga qovoq shaklidagi mevalar (tarvuz, qovun, bodring va boshqalar) kiradi. Ular ostki tugunchadan yuzaga keladi, meva yonining tashqi qismi juda qattiq, bazan yog‟ochlashgan bo‟ladi. Lizikarp meva (yunon. lizis-eritish, yo‟qotilgan; karpos-meva), ya‟ni bir necha urug‟chibarglardan tashkil topgan sinkarp (tutash tugunchali meva) urug‟ida chanoqlararo (ko‟sak) pardalar yo‟qolib, ko‟ki chanoqli yoki bir uyli tuguncha meva. U ontogenezning daslabki davrida urug‟chi barglarning qo‟shilishidan paydo bo‟ladi. Lizikarp meva sinkarp chanoqcha (ko‟sakcha) dan kelib chiqqan. Ular chinniguldoshlar oilasining ko‟pchilik vakillarida (chinnigul, gipsofila, qoramug‟) uchraydi. Ko‟sakchasi uchidagi teshikchalardan ochiladi. To‟pmevalar – yaxlit to‟pgulning ayrim gullaridan hosil bo‟ladi. Ular bir- biriga qo‟shilib bitta mevaga o‟xshab ko‟rinadi. Bularga anjir tropik o‟rmonlarda o‟sadigan ananas hamda non daraxti (Atracarpus) mevalar misol bo‟ladi. Download 179.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling