Reja: Chang naychasining hosil bo‟lishi. Qo‟shaloq urug‟lanish. Murtakning rivojlanishi. Apomiksis. Mevalar 6 Mevalarning turlari Tayanch iboralar
Download 179.07 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq2.3 maruza
Meva va ularning tarqalishi. Meva va urug‟lar pishib yetilgandan so‟ng bir
qismi yerga tushadi, bir qismini o‟simlikdan uzib terib olinadi. O‟simliklarning diasporalari (yunon. diaspeyro-sochilmoq) tabiiy ravishda o‟simlik tanasidan ajralib, ko‟payish uchun xizmat qiladi. Diasporalar spora, urug‟, meva va boshqalar vositasi bilan tarqaladi. Diasporalarning tarqalishiga asosan ikki usul bilan bo‟ladi. 1. Meva va urug‟larning tabiiy tarqalishi. Bunday tarqaladigan o‟simliklar avtoxor (yunon. autos-o‟zish; xoreo-tarqalaman) o‟simliklar deb ataladi. 2. Turli vositalar (suv, shamol, qushlar, hayvonlar va odamlar) orqali tarqaladigan o‟simliklarga alloxor (yunon. allo-boshqa; xoreo-tarqalaman) o‟simliklar deyiladi. Avtoxorlarning meva va urug‟lari, odatda, yaqinga, ko‟pi bilan 1-2 m nariga sochiladi. Avtoxo‟rlarikkiga: mexanoxorlarga va baroxorlarga bo‟linadi. Mexanoxorlarning urug‟lari ko‟sak va qo‟zoqning yorilishi bilan sochiladi (masalan, binafsha, lola va boshqalar). Ba'zi o‟simliklarning mevalari pishgan vaqtda uning ichida kuchli bosim xosil bo‟ladi. Meva yorilgan vaqtda charsillagan ovoz chiqarib urug‟lar zarb bilan sochiladi. Bunday o‟simliklarga gunafshalar, kapalakguldoshlardan (akatsiya, burchoq, mosh va boshqalar) geran, yovvoyi xina va boshqalar misol bo‟ladi. O‟zbekistonda keng tarqalgan yovvoyi bodringning pishgan mevasiga salgina tegib ketilsa badanidan uziladi va urug‟lari shilimshiq modda bilan otilib chiqib, odamga yoki hayvonga yopishib, shu tariqa tarqaladi. Chatnab ochiluvchi quruq mevalar (dukkak, qo‟zoq va qo‟zoqcha) yetilganda meva sirtining tashqi va ichi to‟qimalari har xil darajada tarang bo‟ladi. Shuning natijasida meva yoni chatnab yoriladi, ular kuch bilan atrofga sochiladi. Baroxor o‟simliklarga mevasi og‟ir bo‟lgan ba'zi o‟simliklar (yong‟oq, eman, kashtan) ning mevalari misol bo‟la oladi. Bu mevalar pishgandan keyin uzilib tagiga tushadi. Avtoxor mevalarning orasida geokari (yunon. geo-yer) mevalar ham bo‟ladi. Ular pishgandan keyin daraxtdan uzilib, yerga tushadi va yerda pishadi. Masalan, O‟zbekistonda sabzavot ekinlari ekiladigan maydonlarda doimo uchraydigan laylaktumshuq (Erodium cicutarium) degan begona o‟tning mevasi beshta yong‟oqchadan iborat. Yong‟oqchalarning pastki tomonidagi uchida tukli alohida tumshuqchasi orqali qayrilgan, yuqori tomonida esa uzun qiltiqli o‟simtalari bo‟ladi. Bu o‟simtalar meva yetulguncha markaziy ustunchaga qo‟shilgan bo‟lib, meva yetilgandan keyin ustunchadan ajraladi. Mevalari quriganda parmaga o‟xshagan qiltiqchalarni, nam yerni o‟zidan-o‟zi qazib kirib ketadi. Alloxor o‟simliklarning meva va urug‟lari asosan to‟rt xil yo‟l bilan: anemaxor (yunon. anemos-shamol), zooxor (yunon. zoon-hayvon), gidroxor (yunon. gidro- suv) va antropoxor (yunon. antropos-odam) yordamida tarqaladi Anemoxor o‟simliklar tabiatda juda ko‟p tarqalgan. Ularning meva va urug‟larini shamol yordamida tarqalishiga ba'zi moslashmalari “po‟pakcha”, “qanotcha”, “parashyut” yordam beradi. Bunday moslashmalar (tol, terak, qayragoch, shumtol, saksavul, jizg‟un, qoqio‟t, aristid, selin) kabi o‟simliklarda uchraydi. Moslashmalar urug‟ va mevalarning havoda shamol bilan tarqalishini osonlashtiradi. Ba'zi o‟simliklar (orxideyaguldoshlar, qichitqidoshlar, shumg‟iyaguldoshlar)ning urug‟lari juda mayda va yengilki, ular havoda shamol vositasida uzoq masofalarga tarqaladi. O‟rta Osiyo cho‟llarida o‟sadigan ba'zi o‟simliklarning mevasi pishgandan keyin yer osti qismidan uziladi. Download 179.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling