Adagi islohotlarni chu


Download 38.05 Kb.
bet3/10
Sana05.01.2022
Hajmi38.05 Kb.
#220617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAVZU

Birinchi bosqich. Narxlar islohoti va narxlarning erkinlashtirish. 1992 yil 10 yanvardan boshlab. Ikkinchi bosqich. Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish. 1992 – 1994 yillar.

O’z o’rnida demokratiyaning sharqona shakli xususida fikr bildirib o’tish lozim. YAxshi bilamizki, SHarq qadriyatlari “inqilobiy sakrash” dan ko’ra tadrijiylikni ustun biladi. SHu sababli azaldan SHarq jamiyatlarida iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy o’pirilishlar nisbatan kam. O’zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish jarayoni SHarq va g’arb demokratiya tamoyillari o’zaro uyg’unlashtirilgan holda amalga oshirilishi sababli ham, taraqqiyotda bosqichma-bosqichlik, harakatda esa qonun ustuvorligi asosiy xususiyat kasb etdi va hozir ham shunday bo’lib qolmoqda. Yuqorida aytilganidek, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi taqsimot qonuniga muvofiq iqtisodiyot sub’ektlarining daromadi ularga qarashli resurslarning miqdori va samarali ishlatilishiga qarab belgilanadi. Bunga binoan olingan daromadlar ishlab chiqarish omillari daromadlari yoki bozor daromadlari hisoblanadi va har bir omil o’z egasiga alohida daromad keltiradi. Ishchi kuchi egasi ish haqi, kapital egasi foyda, ko’chmas mulk egasi renta, pul egasi foiz, aksiya egasi divident shaklida daromad oladi. Taqsimot qonuniga ko’ra, daromadlar ekvivalent ya’ni babbaravar, tengma-tenglik tamoyiliga asoslanishi – har bir sub’ekt o’z qo’lidagi ishlab chiqarish omili yordamida tovar va xizmatlar yaratishga qo’shgan hissasiga qarab daromad olishi kerak. Bunday daromadlar iqtisodiyotda bozor daromadlari deb ataladi. Bu asosiy daromad turi bo’lsada u yagona daromad emas, undan tashqari bozor tamoyillari emas, balki insonparvarlik qoidalariga asoslangan nobozor daromadlari ham bo’ladi.Bozor daromadlari olinish usuliga va shakllanish manbalariga ko’ra farqlanadi. O’z olinish usuliga ko’ra daromadlar mehnatga asoslangan va mehnatsiz topilgan daromadlarga bo’linadi. Ish haqi, foyda kabi daromadlar mehnatga asoslangan daromadlar, deb hisoblansa, qo’yilmalar uchun foiz, meros kabi daromadlar mehnatsiz daromadlar jumlasiga kiradi. SHakllanish manbalariga ko’ra daromadlar ish haqi, mulkdan kelgan daromadlarva ijtimoiy to’lovlarga bo’linadi. Mulkdan kelgan daromadlar sirasiga foyda, renta, foiz, divident daromadlari mansubdir. Ijtimoiy to’lovlar bilan bog’liq daromadlar pensiya, stipendiya va hokazolardan iborat.Aholi daromadlari darajasini aniqlashda nominal, ixtiyorida bo’lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi. Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqtda pul shaklida olgan daromadlarining miqdori. Ixtiyordagi daromad – nominal daromaddan soliqlar va turli majburiy to’lovlar chiqarib tashlangandan so’ng, aholi ixtiyorida shaxsiy iste’mol va jamg’arish uchun qoladigan daromad. Real daromad – aholining ixtiyorida qolgan daromadga qancha tovar va xizmatlar sotib olishi bilan aniqlanadi, daromadning xarid qobiliyatini anglatadi yoki real daromad – bu iste’mol etiladigan tovar va xizmatlarda ifoda etilgan daromad bo’lib, muayyan narx-navo sharoitida pul daromadlariga bozorda nima berilishini bildiradi. Real daromad ikki narsaga bog’liq bo’ladi. A) qo’lda mavjud bo’lgan pul daromadining yoki aholi ixtiyorida qolgan daromadning miqdoriga teng. b) pul birligining xarid qobiliyati. Bu bozorda narxga bog’liq bo’ladi, ya’ni narx qimmatlashsa u kamayadi, narx arzonlashsa ortadi. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishni o’sishi, aholining turmush darajasi ko’tarilayotganligiga qaramay, eng boy va eng kambag’allar o’rtasidagi tafovut oshib bormoqda.

BMT ning ma’lumotiga ko’ra, dunyodagi eng boy 3 odamning boyligi Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi qit’asidagi 48 ta kam rivojlangan mamlakatlarning yillik yalpi ichki mahsulotidan ortiq. Sayyoramizning 225 eng boy odamlarining umumiy daromadi 1 trln dollardan ortiq. SHunday bir vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlarda yashayotgan 4,4 mlrd. aholining 3/5 qismi kanalizatsiyadan foydalanmay, 1/3 qismi toza ichimlik suvidan iste’mol qilishdan, 1/3 qismi sog’liqni saqlash xizmatidan foydalanishdan mahrum etilgan. yevropaliklar bir yilda 11 mlrd. 6 dollarlik iste’mol qilgan muzqaymoqning qiymati, dunyoda toza ichimlik suvi va kanalizatsiyaga muhtoj bo’lganlar ehtiyojini to’la qondirish imkonini beradi.Aholi daromadlarini munosib ravishda taqsimlashda aholini ish bilan ta’minlash asosiy vazifalarni bajaradi. Chunki aholining ish bilan ta’minlanganligi uy xo’jaligidagi daromadlarini oshirishilishiga hizmat qiladi, bu esa o’z o’rnida aholining turmush farovonligini oshirishiga ta’sir qiladi.So’ngi yillarda davlatimiz tomonidan aholini banligini oshirishga qaratilgan faol siyosati natijasida 2017 yilda O’zbekiston Respublikasi bo’yicha 2017 yilda mehnat resurslari soni 18672,5 ming kishini tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 183,6 ming kishiga, yoki 1,0 % ga o’sishi kuzatildi. Mehnat resurslari tarkibida iqtisodiy faol aholi soni 14357,3 ming kishini (jami mehnat resurslarining 76,9 %), iqtisodiy nofaol aholi soni esa 4315,2 ming kishini (23,1 %) tashkil etdi. Respublikada ish bilan band aholi soni 13520,3 ming kishini tashkil etib, 2016 yilning mos davriga nisbatan 1,7 % ga o’sdi. Ish bilan band aholi soni hududlar va iqtisodiy faoliyat turlari kesimida tahlil etilganda, Jizzax (viloyat bo’yicha jami bandlar soniga nisbatan ulushi 41,8 %) va Sirdaryo (48,0 %) viloyatlarida qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi sohasi, Navoiy (26,9 %), Toshkent (19,9 %) viloyatlari va Toshkent shahrida (19,1 %) sanoat sohasi, Buxoro (15,2 %) va Qashqadaryo (13,9 %) viloyatlarida qurilish sohasi hamda Toshkent shahri (68,8 %), Namangan (53,6 %), Samarqand (52,2 %) va Andijon (52,0 %) viloyatlarida xizmatlar sohasi yuqori ulushga ega ekanligi kuzatildi.O’bekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlariga ko’ra 2017 yilda ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo’lmagan aholi soni (ishsizlar) 837,0 ming kishini, iqtisodiy faol aholiga nisbatan ishsizlik darajasi esa 5,8 % ni tashkil etdi. O’z o’rnida, 2017 yil dekabr oyi ohirida ishsiz sifatida mehnat organlarida ro’yxatdan o’tgan ishsizlar soni 14,4 ming kishini tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 2,9 martaga o’sgan.Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida aholi umumiy daromadlari 286,3 trln. so’mni tashkil etdi va 2017 yilning mos davriga nisbatan 110,3% real o’sish sur’atiga erishildi.




Download 38.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling