Adahamjonov jahirbekning moliya va soliqlar
Davlat moliyasining nazariy asoslari va konsepsiyalari
Download 96 Kb.
|
Davlat va mahalliy moliya.
2. Davlat moliyasining nazariy asoslari va konsepsiyalari.
Jamiyatning rivojlanishini turli boskichlarida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish, taksimlash va ulardan foydalanish bilan boglik iktisodiy munosabatlarni urganuvchi moliya fani turli davrlardagi iktisodchi olmlarning tadkikotlari ta’siri ostida shakllanib bordi. Ular tomonidan yaratilgan moliyaviy goyalar, nazariyalar jamiyatning real extiyojlari bilan tekshirilib borildi va vokelikni real moxiyatini aks etirib berish imkoniyatiga ega bulganligi, jamiyat xamda axoli uchun anik amaliy tavsiyalarga ega bulishi natijasida moliya fan sifatida tan olindi. Shu bilan boglik xolda moliya soxasida ilmiy bilimlarni shakllantiruvchi moliyaviy kategoriyalarning(davlat xarajatlari, davlat daromadlari, soliklar, kredit, budjet….) nazariy asoslarini urganish zarurdir. Xar kanday davlatlarning amalga oshiradigan moliyaviy siyosati va moliyaviy konunchiligi asosida iktisodchi olimlar tomonidan ishlab chiklgan moliyaning nazariy asoslani va konsepsiyalari yotadi. Iktisodiy tizimning bozor munosabatlari asosidagi rivojlanishining xar kanday iktisodiy nazariyalarnda moliyaviy konsepsiyalar muxim uringa egadir. Davlat xarajatlari, soliklar, kredit, budjetni iktisodiyotga ta’sir kilishining nazariy asoslarini zamonaviy talkinlari dastlab mumtoz iktisod nazariyasi asoschilari U.Petti, A.Smit, D.Rikardo, P.Buagilber kabilarning ilmiy ishlarida yoritib berilgan. Moliyaviy fanlarning asoschisi, A.Smit uzining fundamental izlanishi xisoblanuvchi «Xalklar boyligining tabiati va sabablari» deb nomlanuvchi adabiyotida davlat moliyasining moxiyati xakida aloxida tushunchalarini berdi. Uning ta’kidlashicha «ishlab chikaruvchi mexnat-bu kapitalga bevosita almashinuvchi mexnatdir, noishlab chikaruvchi mexnat- daromadga yoki foyda va ish xakiga almashinadi»- deb ta’kidlaydi. Mazkur nazariy xulosadan kelib chikkan xolda A.Smit moliyaviy kategoriyalarga (davlatning daromadlari va xarajatlariga) tavsif bergan. U soliklar vositasida olingan barcha davlat daromadlari noishlab chikarish yunalishlarida xarajat kilinishini isbotladi. Shuning uchun xam davlat xarajatlari kapitallar jamgarilishi va milliy daromadni usish imkoniyatlarini kiskartiradi. A Smit, shakllantirilgan kiymatni noishlab chikarish soxasiga xarajat kilishga olib keluvchi davlat xarajatlarini kiskartirish lozimligini va bunday xarajatlar ishlab chikarishni rivojlanishini kiskarishiga olib keladi- degan xulosaga keldi. Mumtoz iktisodiy nazariya asoschilarining moliyaviy konsepsiyasini bosh postulati- kapitallar jamgarilishi uchun zaruriy iktisodiy shart sharoitlar yaratilishi lozim A.Smit davlat daromadlarini shakllantirishning solikli usulini nazariy asoslarini shakllantirdi. Solikka tortish prinsiplarini ishlab chikdi. Uning fikricha istemol tovarlariga egri soliklar ularning narxini usishiga olib keladi. Natijada ishlab chikarishdagi muomala xarajatlarining usishiga va okibatda ularni sotishning kisarishi xamda iste’molning kiskarishiga olib keladi. Shuningdek, Smitning solik konsepsiyasi bir maksadga buysunadi ya’ni kapitallar jamgarilishini ragbatlantirish va ishlab chikarish rivojlantirishni tezlashtirish masalalarini kamrab oladi. Mumtoz iktisodchi, D.Rikardo xam mexnat kiymati nazariyasidan kelib chikkan xolda xar kanday soliklar kapitalga yoki daromadga ta’sir kilishini ta’kidlaydi. Agar soliklar kapitaldan olinsa ishlab chikarishni ta’minlash uchun mulljallangan fond kamayadi. Daromaddan solik tulansa, kapitallarni jamgarilishi kiskaradi yoki solik tulovchining iste’moli kiskarishini ta’kidlaydi. Mazkur ikki iktisodchining fikricha, solikka tortish va davlat xarajatlarining usishi xalk iste’molining pasayishiga va oxir okibatda bu ishlab chikarishda uz aksini topishini takidlaydilar. Shuning uchun xukumatning asosiy vazifasi kapitallar jamgarilishini ragbatlantirish bulishi lozimligini ilgari surdilar. Mumtoz iktisodiyet asoschilari davlat moliyasiga nisbatan iktisodiy siyesatning rasmiy konsepsiyalarini aniklaydi. 18 va 19 asr ilgor mamlakatlarning moliyaviy siyesati davlatning mamlakat xujalik xayetiga aralashuvini kiskartirishini uzida aks ettiradi. Bunday siyesat xozirgi kundagi utish davrini boshdan kechirayotgan Uzbekiston milliy iktisodiyetining moliyaviy siyosatini iktisodni erkinlashtirish jarayonidagi asosiy vazifalariga muvofik keladi. Ingliz iktisodchisi Jon Styuard Mill mamlakatdagi ijtimoiy ziddiyatlarni susaytirish maksadida daromadlarni taksimlash soxasida uzgartirishni amalga oshirish lozimligi xakidagi taklifni ilgari suradi. Boylikni teng taksimlash uchun okilana solik tizimining yangi prinsiplarini ishlab chikdi va mazkur iktisodchi birinchilar katorida daromadni solikka tortishda solikka tortilmaydigan minimumni kiritish goyasi ilgari surdi va mazkur minimum yashash uchun zaruriy bulgan daromadga teng bulish kerakligini takidlaydi. J.S.Mill «Xizmatlarning solik nazariyasi» ni ishlab chikib unga muvofik xar kanday odam davlatning kullab kuvvatlashi natijasida olgan daromadidan bir kisimini solik sifatida tulashi lozimligini takidlaydi. U soliklarni davlat xarajatlari bilan mustaxkam boglikligini tadkik kildi. Mazkur nazariyalarni keyinchalik shved iktisodchilari K. Viksel , V. E. Lindal mazkur nazariyalarni rivojlantirdilar. Xozirgi vaktda bu nazariya amerikalik iktisodchi P. Samuelson karashlarini shakllanishiga ta’sir kildi va uning fikricha soliklarning usishi davlat xizmatlariga extiyojlarning usishi bilag birgalikda borishi zarur deb takidlaydi. Kichik tovar xujaligini ximoya kilish buyicha shvetsariya iktisodchisi Jak Sismondining takidlashicha rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy siyosati tankid kilinadi. Ayniksa uning karashlarida proteksionizm siyesatini salbiy okibatlari uz aksini topgan. Uning takidlashicha, bunday siyesat millatning rivojlanishi uchun zararli deb xisoblaydi. J.Sismondi mamlakat iktisodiyotidagi katta rol uynovchi usib boruvchi yirik kapitallar mazmunini tugri baxolay olmadi. Yangi tarixiy maktab konsepsiyalari G.Shmoller, M.Veber, A. Vagner va boshkalar tomonidan shakllantirilgan. Davlat moliyasi tadkikotlari A.Vagnerning izlanishlarida kuprok mavjud bulib, u davlat yordamida kapitalllar jamgarilishining moliyaviy imkoniyatlarini tadkik kilgan. Davlat faoliyatining «ma’muriy, ijtimoiy madaniy va investitsion» kengayish yunalishi buyicha M. Vagner solikka tortishning tukkizta prinsipini ishlab chikdi va guruxladi. Umuman olganda, yangi tarixiy maktab namoyeyodalari A.Smit tomonidan ishlab chikilgan prinsiplarni tuldirdilar. Mumtoz iktisodchilar nazariy karashlarida ilgari surgan xolda A. Vagner xisoblaydiki, moliya - davlat tomonidan mamlakatdagi daromadlar va boyliklarning xakkoniy taksimlanishiga erishish uchun moliyadan foydalanish mumkinligini takidlaydi. 19 asrning urtalaridan to oxirigacha davlat moliyasi fani marksistik ta’limot ta’siri ostida buldi. Davlat moliyasiga bagishlangan katta maxsus ishlar ularda mavjud emas, ammo usha davrning ilgor mamlakatlaridagi davlat moliyasi muammolari ularning asosiy adabiyotlarida («Kritika politicheskoy ekonomii», «Kapital») urganilgan. Kapitallarning birlamchi jagarilish usullarini tadkik kilishda K.Marks birinchi navbatda davlat xarajatlari, davlat krediti va solik tizimi kabi moliyaviy usullari vositasi yordamida yondashgan. Aynan mazkur moliyaviy usullar kapitallar jamgarilishini tez usishini ta’minlaydi deb takidlaydi. K.Marks davlat budjeti moxiyatini taxlil kilish bilan takidlaydiki, budjetning asosiy masalasi daromadlar va xarajatlar kismlarining uzaro munosabatlari va budjet ortikchaligi yoki kamomadi xisoblanishini takidlaydi. Aynan kamomad solikka tortishning kiskarishini yoki kupayshini takidlaydi. K.Marks va F.Engelsning ta’limotlarida moliyaviy nuktai nazaridan davlat daromadlarini shakllantirishning moliyaviy usuli xisoblangan soliklar mexnatkashlarni ekspluatatsiya kilishning kushimcha kuroli degan bir tomonlama stixiyali karashlardan iborat edi. Uning fikrlarida davlatni jamiyatning siyosiy instituti sifatidagi funksiyalarini bajarish uchun zaruriy pul mablaglari resurslarning manbai usha davrdagi xujalik mexanizmi sharoitida soliklar bulishini tan olinmagan. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling