Mavzu: Davlat byudjeti daromadlari ijrosi hisobi
Download 9.92 Kb.
|
Davlat byudjeti daromadlari ijrosi hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Budjet kodeksi”ga asosan daromad quyidagi manbaalar hisobiga shakllantiriladi
Mavzu:Davlat byudjeti daromadlari ijrosi hisobiNormaxmatov Firuz Reja:1. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlari hisobining vazifalari. 2. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlari ijrosi hisobini hujjatlashtirish. 3. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlarini hisobvaraqlar va hisob registrlarida aks ettirish. 4. Davlat budjeti daromadlari hisobini yuritishda xorij tajribasi. “Budjet kodeksi”ga asosan daromad quyidagi manbaalar hisobiga shakllantiriladi:Respublika budjeti daromadlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiva mahalliy budjetlar daromadlari Respublika budjeti daromadlari:1.Qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar; 2.Qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo‘yicha davlat moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; 3.Qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; 4.Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5.Rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to‘lovlar; 6.Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiva mahalliy budjetlar daromadlari: 1. Qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga yo‘naltiriladigan mahalliy soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar; 2. Qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga o‘tkaziladigan umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar; 3. Qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki ob’yektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar; 4. Qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; 5. Yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari; 6. Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; Download 9.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling