Mavzu: Davlat byudjeti daromadlari ijrosi hisobi


Download 9.92 Kb.
bet2/3
Sana30.01.2024
Hajmi9.92 Kb.
#1817258
1   2   3
Bog'liq
Davlat byudjeti daromadlari ijrosi hisobi

Davlat budjeti, jamg‘armalar budjeti, budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa mablag‘lari, bojxona organlari g‘azna depozit schyoti daromadlari kassa ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan yuritiladi.


Budjet tasnifi Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdan iboratdir.

Daromadlar tasnifi yordamida Davlat budjetiga kelib tushayotgan barcha ko‘rinishdagi daromadlar va tushumlarni turlari, kimlardan kelib tushayotganligi va respublikamizning qaysi hududlaridan kelib tushayotganligi to‘g‘risida yetarlicha aniq ma’lumotlarni olish mumkin.


Budjet tasnifi Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u budjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi.
Mablag‘lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifi;
Daromadlar turi;
Tashkiliy tasnif
Hududiy tasnif.
Yigirma bir koddan iborat bo‘lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to‘rt qismli ko‘rinishga ega:

Budjet tasnifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va 2010 yil 20 avgustda Moliya vazirining 65 son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 11 oktyabrda 2146-son bilan ro‘yxatga olingan.


Daromadlar kitobiga ma’lumotlar avtomatik o‘tkaziladi. Shundan keyin shu kundan kechiktirilmay G‘aznachilik organi bosh buxgalteri tomonidan Daromadlar haqida ma’lumotnomada daromadlar tasnifini aks ettirilganligi, buxgalteriya yozuvlari tekshiriladi va 274 - son shakldagi Memorial order tasdiqlanadi.

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlari hisobi 04 "Daromadlar" nomli hisob varaqda yuritiladi. 040-sonlihisobvaraq “Budjetdaromadlari” hisobot yili yakuni bo‘yicha g‘azna hisobvaraqlariga budjet ijrosi natijalari daromadlariga tushumlar, berilgan va olingan daromadlar (dotatsiyalar, subvensiyalar) summalari, ko‘chirmalar, qaytarish va o‘tkazishlar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan.


Aniqlanmagan mablag‘lar 041-sonli “Aniqlanmagan tushumlar” hisob varaqga o‘tkaziladi va har oyda oxirgi ish kunidan kechiktirmay 23402 bank tranzit schyotiga o‘tkazilib tegishli Budjet tasnifida aks ettiriladi.
042-DMJ va Budjetdan tashqari jamg‘armalar daromadlari
043-Yuqori Budjet prognoz ko‘rsatkichlarini oshirib bajarishdan mahalliy Budjetlarga kelib tushgan daromadlar
044-Respublika g‘azna hisobvarag‘iga respublika Budjeti hisobvaraqlaridan mablag‘lar tushumi
045-DMJ va boshqa Budjetdan tashqari jamg‘armalar g‘azna hisobvarag‘iga respublika Budjeti hisobvaraqlaridan mablag‘lar tushumi
046-To‘lovchilardan g‘azna depozit schyotiga boj va boshqa to‘lovlar tushumi

Download 9.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling