Adahamjonov jahirbekning moliya va soliqlar
XX asr zamonaviy iktisodiy nazariyalarda davlat moliyasining talkini
Download 96 Kb.
|
Davlat va mahalliy moliya.
3. XX asr zamonaviy iktisodiy nazariyalarda davlat moliyasining talkini.
XX asrning birinchi yarmida vutsjudga kelgan jaxon iktisodiy inkirozi ingliz iktisodchisi J.M.Keyns nazariyasi asosidagi uzining samarali yechimiga ega buldi. J.Keynsning ijtimoiy takror ishlab chikarish jarayonini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmiga bulgan extiyojni kullab kuvvatlovchi nazariyasi yangi moliyaviy konsepsiyalarni shakllanishiga va moliyaviy siyosatni ishlab chikishga chukur ta’sirini utkazdi. J. Keyns konsetsiyasining asosida «Samarali talab» goyasi yotadi. Keyns uzining nazariyasida mamlakat kuchli iktisodiy inkiroz bilan boglik nobarkaror rivojlanish sharoitida davlatning aralashuvini zarurligini asoslaydi. avlatning iktisodiyotga aralashuvini asosiy instrumenti sifatida moliyaviy kategoriyalardan foydalanishni, birinchi navbatda davlat xarajatlaridan foydalanish lozimligi goyasini ilgari suradi. Soliklar va davlat zayomlarini usishi xisobiga davlat xarajatlarining usishi «samarali talab»ga erishishning muxim olimi xisoblanadi deb ta’kidlaydi. Iktisodchining ta’kidlashicha, soliklar va zayomlar xisobiga davlat xarajatlarinig usishi tadbirkorlik faoliyatini jonlantirishga va milliy daromadni usishiga, ishsizlikni oldini olishga olib keladi deb ta’kidlaydi. Bu maksadlarga erishish uchun davlat nafakat uzining xarajatlarini kupaytirish lozim, balki shaxsiy va investitsiya iste’moliga ta’sir kilishi lozim deb ta’kidlaydi. J Keyns soliklarga va ularni odamlarning is’te’molini kupaytirish ishtiyoklariga muvofik «psixologik konun» asosidagi ta’siriga aloxida axamiyat bergan. Davlat bu konunni salbiy okibatlariga karshi tadbirlar ishlab chikishi va solik tushumlari, davlat zayomlari xisobiga davlat xarajatlarini ustirib yetishmayotgan talabni koplashi yoki turli usullar vositasida xususiy investiiyalarni ragbatlantirishi lozim. Uning formulasi kuyidagicha: Jamgarmalar + Soliklar q Investitsiyalar + Davlat xarajatlari; Shuningdek, J. Keyns monopoliyalashgan iktisodiyot sharoitida iktisodiyotni tartibga solishga yunaltirilgan davlat moliyasining prinsipial yangi bulgan nazariyasini ishlab chikdi. Keynsning izdoshlari 60-yillarda uning nazariyasiga kushimcha dinamik element xisoblanuvchi, «iktisodiy usish nazariyasi»ga asos soldilar. Neokeynschilik nazariyasi deb nomlanuvchi mazkur yunalishda kupgina mamlakatlarning iktisodchilari (AKShda- A. Xansen, S.Xarris, Buyuk Britaniyada- R.Xarrod, A. Ilersik, Fransiyada- F.Perru) tomonidan ishlab chikilgan moliyaviy konsetsiya muxim urin egallaydi. Ular fiskal antitsiklik nazariya goyasini shakllantirishni oxiriga yetkazdilar. Uning moxiyati davlat daromadlari va xarajatlarini balanslashtirilgan iktisodiy usishni ta’minlash maksadida uzgartirishni kuzda tutadi. Ular «samarali talab»ga erishish usuli sifatida «kamomadli moliyalashtirish» goyasida kattik turib oldilar. Mazkur nazariyaning shakllanishi aksariyat davlatlar tomonidan vujudga keluvchi budjet kamomadini obyektiv xol sifatida tan olinishini anglatdi. Xar kanday soglom iktisodiyotga ega bulgan mamlakatda xam ma’lum chegaralarda budjet kamomadi mavjud bulishi iktisodiyotni kasallagini anglatmasligini isbotladilar. Ular davlat karzlarini usishini xisobga olmagan xolda yirik davlat xarajatlarining zaruratlarini isbotladilar. Birok, surunkali xarakterdagi yirik budjet kamomadi, Stokgolm maktabi deb nomlanuvchi (E. Lindal, G.Myural va boshkalar) iktisodchi olimlarning budjet muammosini yechishga karatilgan yangi goya uchun majbur kildi. Bu maktab "Siklik balanslashtirilgan budjet" ya’ni daromad va xarajatlarni iktisodiy sikllarga moslashtirish nazariyasini ilgari surdilar. Neokeynschilarning asosiy talablari mamlakat iktisodiyotini tartibga solish va ragbatlantirish uchun davlat budjetidan faol foydalanish lozim deb xisoblaydilar. Ammo shuni ta’kidlash joizki, 70-80 yillardagi iktisodiy inkiroz sabablarini Keyns va uning izdoshlarini nazariyalari xal kilish imkoniyatlariga ega emas edi. 50 yillardan sung Neokeynschilik nazariyasi bilan birgalikda neoklassik nazariya jonlandiki ularning goyalarida erkin tadbirkorlik va davlatning iktisodni tartibga solishini cheklash goyalari yotar edi. Neoklassik maktab nazariyachilari (R.Slou, J.Kenrik, A.Robbins, J.Mid) davlatning iktisodga aralashuv prinsipida kolishi bilan birga ta’lim va fanga xarajatlar strukturasini saklash yuli bilan bir vaktning uzida davlat xarajatlarini umumiy xajmini kamaytirish goyasini ilgari surdilar. Bunda ular «Inson kapitaliga investitsiyalar»ga aloxida axamiyat berganlar. Bir vaktning uzida solik darajalarini kiskartirishni kamomadsiz budjetni ta’minlash talabi bilan taklif kildilar. Amerikalik iktisodchi A.Lafferning solik konsepsiyasi neoklassiklar orasida keng tanildi. Bunda yukori solik stavkalari iktisodiy usish sur’atlarini cheklashini grafik model asosida isbotladi. Mazkur iktisodchi tomonidan solikka tortish buyicha tavsiyalar xozirgi sharoitdagi aksariyat mamlakatlar solik tizimida keng kullaniladi. Davlatning iktisodiyotga aralashuvining zamonaviy neoklassik goyalari pul siyosatining ustivorligidan kelib chikadi. Zamonaviy monetarizmning eng yirik namoyondalaridan biri Nobel mukofotining laureati M.Fridmen xisoblanadi. Uning nazariyasiga muvofik davlatning aralashuvi pul soxsida cheklangan bulishi lozim deb ta’kilaydi. Monetar siyosat esa iktisodiy faollik uchun kulay shart sharoit yaratadi deb ta’kidlaydi. Fridmenning fikricha, amerikadagi inflyatsiyaning asosiy sababi keynschilarning ekspansionistik moliyaviy va pul siyosati deb xisoblaydi. U xisoblaydiki AKShda muomaladagi pul massasining usishi 3 sabab bilan belgilangan: xukumat xarajatlarining tez usishi, tulik bandlik siyosatini amalga oshirish, Federal zaxira tizimini xato pul kredit siyosati. Uning fikricha pul siyosati unga nisbatan talab va taklif muvofikligini ta’minlashga yunaltirilgan bulishi lozim. Umuman Fridmennig nazariyasi iktisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini susaytirish goyasini ilgari suradi. Neoklassik maktabning rivojlanishiga karamasdan keynschilik ta’limoti yangi iktisodiy sharoitlarga mos xolda rivojlanib bormokda. 1970 yillardan postkeynschilik yunalishi shakllandiki ularning namoyondalari N.Kaldor, G.Shekl, X.Minskiy va boshkalardir. Postkeynschilik nazariyasining asosida moliyaviy mexanizm vositasida davlatning iktisodiyotga aralashuvini kengaytirish goyasi yotadi. Moliyaviy siyosat bosh axamiyatga ega bulishi lozimligini ta’kidlaydilar va monopoliya faoliyatini cheklashga, mudofaa xarajatlarini kiskartirishga yunaltirilgan bulishi lozimligini ta’kidlaydilar. «Daromadlar siyosati»ga nisbatan ular ijtimoiy masalalarni xal kilishga karatilishi lozimligini e’tirof etadilar. N.Kaldorning solikka tortish tizimini soddalashtirish goyasi kator mamlakatlar solik tizimida kullanilmokda. XX asrning oxirlaridagi iktisodiy fan bozor iktisodiyoti tizimini afzal sifatida tan olmokda. Bu vaktda moddiy extiyojlar cheklanmagan, resurslar esa cheklangan. Insoniyat utgan asrning oxirlarida resurs tankisligini xolatlariga duch kelishi, jamiyatdagi mavjud resurslardan okilona foydalanish zaruratini tushunib yetish lozimligiga duch kelmoka. Xozirgi sharoitdagi zamonaviy bozor iktisodiyoti nazariyalari amerikalik iktisodchi olimlar K.R. Makkonel va S.L. Bryularning ilmiy ishlarida uzlarining mazmunini topgan.Ular taklifga karatilgan fiskal siyosat yurgizish goyasini ilgari suradilar. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling