Adaptiv jismoniy tarbiyada mustaqil ta’lim turlari. Adaptiv jismoniy tarbiyaning asosiy turlari


Download 443.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana13.04.2023
Hajmi443.38 Kb.
#1355400
1   2   3   4
Adaptiv jismoniy reabilitatsiya adaptiv jismoniy madaniyatning turi sifatida 
imkoniyati cheklangan kishining organizmni tezroq tiklashni rag‘batlantiruvchi 
tabiiy, ekologik jihatdan o‘zini oqlagan vositalarni o‘zlashtirishi; unga tegishli 
mashqlar kompleksi, chiniqtiruvchi va termik muolajalar va boshqa AJT 
vositalaridan foydalanishga o‘rgatish hisobiga uning vaqtincha yo‘qotilgan yoki 
buzilgan funksiyalarni (asosiy kasallik tufayli uzoq vaqt yo‘qotilgan yoki buzilgan 
funksiyalardan tashqari) tiklashga ehtiyojini qondira 
oladi. Kreativ(badiiy-musiqiy) tanaga mo‘ljallangan 
amaliyotlar tur sifatida imkoniyati cheklangan kishilarning tanaga mo‘ljallangan 
ertak orqali davolash, o‘yin orqali davolash, shakl o‘zgartiruvchi ritmik plastikani 
o‘zlashtirish hisobiga ijodiy takomillashuv, harakatlar, musiqa va timsollar (shu 
jumladan, badiiy timsollar), san’atning boshqa turlari orqali ma’naviy mohiyatni 
ifodalashga ehtiyojlarini qondira 
oladi. Harakat 
faolligining ekstremal turlari tur sifatida imkoniyati cheklangan kishilarning 
xavfsizlikni ta’minlash texnikasi, taktikasi va vositalari hamda harakat 
faoliyatining ekstremal turlaridagi komponentlarni o‘zlashtirish hisobiga 
salomatlik uchun ob’ektiv yoki sub’ektiv jihatdan xavfli xatar, o‘zini noodatiy, 
ekstremal sharoitlarda sinashga urinishga ehtiyojlarini qondira 
oladi. Adaptiv jismoniy tarbiy komponentlari(turlari)ni to‘liqroq 
ko‘rib chiqaylik. Adaptiv jismoniy tarbiya (ta’lim)– adaptiv jismoniy 
madaniyatning komponenti (turi) bo‘lib, imkoniyati cheklangan shaxsning 
turmush, maishiy va mehnat faoliyatiga tayyorgarlik; adaptiv jismoniy 
madaniyatga ijobiy va faol munosabatni shakllantirishga ehtiyojini qondira oladi.


Adaptiv jismoniy tarbiyajarayonida imkoniyati cheklangan kishilarda maxsus 
bilim, hayotiy va kasbiy jihatdan muhim sensorli-perseptiv va harakatli uquv va 
ko‘nikmalar shakllanadi; asosiy jismoniy va ruhiy xususiyatlar rivojlanadi; turli 
organ va tizimlarning funksional imkoniyatlari oshadi; mavjud tana-harakat 
tavsiflari yangi ko‘rinishda rivojlanadi, saqlanadi va ulardan 
foydalaniladi. Adaptiv jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi shug‘ullanuvchilarda 
o‘z kuchlariga ongli munosabatda bo‘lish, ularga qat’iy ishonch, dadil va qat’iy 
harakatlarga tayyorlik, sub’ektning to‘laqonli harakatlanishi uchun zarur jismoniy 
yuklamalarni engish, shuningdek, jismoniy mashqlar bilan muntazam 
shug‘ullanish va valeologiya tavsiyalariga binoan sog‘lom turmush tarzini amalga 
oshirishga ehtiyojni shakllantirishdan iborat. Agar L.P.Matveev taklif etayotgan 
atamalarni yodga olsak, u holda adaptiv jismoniy tarbiya(ta’lim)ning mazmuniga 
adaptiv asosiy (maktab) va adaptiv kasbiy-amaliy jismoniy tarbiyaning mazmuni 
ham kiritilganini nazarda tutish lozim. Adaptiv jismoniy tarbiya jarayoni, bola 
tug‘ilishi yoki unda biror-bir nuqsonning aniqlanishidan boshlanib, asosiy nuqson, 
yondosh kasalliklar va ikkilamchi kamchiliklarni tuzatish, hayot faoliyatini amalga 
oshirish bo‘yicha kompensatsiyali mexanizmlarni ishlab chiqish, agar tuzatishning 
iloji bo‘lmasa, profilaktika ishlariga muhim e’tibor qaratish 


zarur. Aynan shu erda jismoniy mashqlar bo‘yicha 
mashg‘ulotlar jarayonida aqliy, sensor-perseptiv, harakatli ta’sir va tushunchalar 
o‘zlashtirilib, aqliy, axloqiy, estetik, mehnat va boshqa tarbiya turlari amalga 
oshirilganda fanlararo aloqa deb ataluvchi sohaga muhim ahamiyat kasb 
etadi. Inson hayotiy va kasbiy jihatdan muhim uquv va ko‘nikmalar (protezda 
yurish, ko‘rish qobiliyati yo‘qotilganda muhitni mo‘ljallash)ni qaytadan 
o‘rganishiga to‘g‘ri kelganida, orttirilgan nuqson vaziyatida adaptiv jismoniy 
madaniyatning bu komponenti juda muhimdir. Adaptiv sport– adaptiv jismoniy 
tarbiyaning komponenti (turi) bo‘lib, shaxsning o‘zini namoyon etish, o‘z 
qobiliyatlarini aks ettirish, ularni boshqa kishilar qobiliyatlari bilan qiyoslash
umuman ijtimoiylashuvda kommunikativ faoliyatga ehtiyojlarni 
qondiradi. Ko‘pgina 
kasalliklar va nogironlik turlarida adaptiv sport insonning asosiy ehtiyojlaridan biri 
– o‘zini namoyon etish ehtiyojini qondirishning deyarli yagona imkoniyati 
hisoblanadi, chunki kasbiy mehnat, ijtimoiy-siyosiy va boshqa faoliyat turlari 
noqulay bo‘lib qoladi. Adaptiv sportning mazmuni (asosiy shuningdek, yuqori 
yutuqlar sifatida) avvalo, imkoniyati cheklangan kishilarda (ayniqsa, iste’dodli 
yoshlarda) yuqori sport mahoratini shakllantirish va salomatligida shunday 
muammolarga ega kishilar bilan musobaqalarda uning turli shakllarida eng yuqori 
natijalarga erishishga qaratilgan. Adaptiv sportning mohiyatli asosini musobaqa 
faoliyati va unga maqsadli tayyorgarlik, qulay biologik darajada maksimal adaptiv-
kompensatorli imkoniyatlarga erishish, saqlanib qolgan funksiyalar hisobiga yakka 
holdagi sport texnikasini takomillashtirish tashkil etadi. Musobaqalarga 
tayyorgarlik shifokorlik-pedagogik jarayoni sifatida ko‘rib chiqilib, bunda 
imkoniyati cheklangan sportchining jismoniy, intellektual, hissiy-ruhiy 
imkoniyatlarini amalga oshirish, estetik, axloqiy, ma’naviy ehtiyojlarini 
qondiruvchi, jismoniy barkamolikka intilishni ta’minlovchi davolash va 
pedagogika vositalari maqbul nisbatda qo‘llanilgan. Hozirgi kunda adaptiv sport 
asosan yirik xalqaro paralimpiya, maxsus olimpiya va surdolimpiya harakatlari 
doirasida 


rivojlanadi. Ijtimoiy-
madaniy o‘lchamda inson tanasi muammolarini ko‘rib chiquvchi konsepsiyadan 
kelib chiqqan holda aynan adaptiv sport o‘quv-mashq jarayoni va turli (xalqaro 
musobaqalarni kiritgan holda) musobaqalar tizimida imkoniyati cheklangan 
kishilarning majburiy ishtiroki bilan ular tanasining aynan madaniy mavjudligi 
uchun ko‘proq mos keluvchi sharoitlar yaratib, uning muhim atributi muloqot ikki 
“Men”ning suhbatdagi ishtiroki hisoblanadi. Adaptiv sportning asosiy maqsadi 
imkoniyati cheklangan kishining sport madaniyati shakllanishi, uni ushbu sohadagi 
ijtimoiy-tarixiy tajribaga oshno qilish, jismoniy madaniyatning harakatchan, 
texnologik, intellektual va boshqa qadriyatlarini o‘zlashtirishdan iborat. Adaptiv 
sportniijtimoiy hodisa sifatida imkoniyat cheklangan shaxslarga jamiyatda amalga 
oshiriluvchi munosabatlarning aksiologik konsepsiyasiga ob’ektiv baho berish 
imkonini beruvchi lakmusli qog‘ozga qiyoslash mumkin: ularni haqiqatda o‘zini-
o‘zi namoyon etishda rivojlanish yo‘lini mustaqil tanlash huquqiga ega kishilar 
sifatida o‘zimizga teng hisoblaymizmi yoki uni faqat yuzaki e’lon qilamizmi?

Download 443.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling