Adaptiv jismoniy tarbiyada mustaqil ta’lim turlari. Adaptiv jismoniy tarbiyaning asosiy turlari


Adaptiv jismoniymadaniyatning kreativ (badiiy-musiqiy) tanaga


Download 443.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana13.04.2023
Hajmi443.38 Kb.
#1355400
1   2   3   4
Adaptiv jismoniymadaniyatning kreativ (badiiy-musiqiy) tanaga 
mo‘ljallangan amaliyoti – adaptiv jismoniy madaniyatning komponenti (turi) 
bo‘lib, imkoniyati cheklangan kishining o‘zini-o‘zi namoyon etish, o‘zini-o‘zi 
ijodiy rivojlantirish, harakat, musiqa, timsol (shu jumladan badiiy), san’atning 
boshqa vositalari orqali ma’naviy mohiyatini ifodalashga ehtiyojlarini 
qondiradi. SHubhasiz, ijodiy jihat adaptiv jismoniy madaniyatning hamma 
ko‘rsatib o‘tilgan komponentlari (turlari)da mavjud, biroq aynan shu erda u AJM 
mazkur turining mohiyati, asosiy, etakchi maqsadi hisoblanadi. Aynan kreativ 
tanaga mo‘ljallangan amaliyotlarda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishda 
insonning ma’naviy va tana xususiyatlarini birlashtirish faoliyatning majburiy, 
qat’iy atributi hisoblanib, adaptiv jismoniy madaniyat usiz mavjud bo‘la 


olmaydi.
Fragmentlar, elementlar, ba’zan esa, ilmiy-uslubiy rasmiylashtirilgan kreativ 
tanaga mo‘ljallangan amaliyotlar tizimi quyidagilarda qo‘llaniladi: 
ertak bilan davolash; 
o‘yin bilan davolash; 
shaklni o‘zgartiruvchi ritmik plastika; 
stressga qarshi plastik gimnastika
harakat plastikasi; 
psixiatriya va psixik tahlil, 
psixosomatik o‘z-o‘zini tartibga solish 
tizimi; 
mental trening; 
mental trening; 
neyrolingvistik 
dasturlashtirish; 
yaxlit harakat tizimi; 
davolash relaksatsiya 
plastikasi; 
tanaga mo‘ljallangan 
akterning psixik texnikasi; 
psixik gimnastika. 
Bu adaptiv jismoniy madaniyatning ushbu turi haqiqatda amaliyotda zarur ekani
bu bob muallifining fikricha, adaptiv jismoniy tarbiya, adaptiv sport, adaptiv 
harakat rekreatsiyasi va jismoniy reabilitatsiyaga kreativ tanaga mo‘ljallangan 
amaliyotlarni “kiritish” ilojsiz ekanini tasdiqlaydi.
Kreativ(badiiy-musiqiy) tanaga mo‘ljallangan amaliyotlarning asosiy maqsadi deb 
imkoniyati cheklangan kishilarni o‘zini-o‘zi namoyon eta olish, ijodiy rivojlanish, 
faollikdan qoniqish, jismoniy zo‘riqishni (“siqilish”ni) kamaytirish, oxir-oqibatda 
ularni adaptiv jismoniy madaniyatning boshqa turlari bilan shug‘ullanishga jalb 
etish imkonini beruvchiqulay faoliyat turlariga va istiqbolda kasbiy mehnat 
faoliyatiga oshno qilish hisoblash 
mumkin. Harakat faolligining ekstremal 
turlari – adaptiv jismoniy madaniyatning komponentlari (turlari) bo‘lib, 
imkoniyati cheklangan kishilarning xatar, yuqori keskinlik, o‘zini ob’ektiv va 
(yoki) sub’ektiv jihatdan salomatlik va hatto hayot uchun xavfli noodatiy


ekstremal sharoitlarda sinash ehtiyojini qondiradi. Ta’kidlash joizki, insonnning 
bunday ehtiyojlari biologik shart-sharoitlarga asoslanadi. Masalan, xatar, hayot 
uchun xavfli holat bilan bog‘liq yangi tajribaga ega bo‘lishga ehtiyoj mexanizmlari 
insonning frustratsiya, depressiya holatlarini profilaktika qilish vazifasini 
bajaruvchi o‘z endogen opiat tizimini faollashtirishga ehtiyoji bilan ifodalanishi 
ko‘rsatilgan. Deltaplanerizm, parashyut va tog‘ chang‘i sporti, cho‘qqiga chiqish, 
alpinizm, serfing, yuqoridan sakrash va suzish havoda erkin pastlashish, tananing 
tezkor ko‘chishi va aylanishi, keskin tezlashuv holati bilan bog‘liq “kuchli” 
hayajonga sabab bo‘lib, ular, o‘z navbatida, endogen opiat tizimini faollashtiradi, 
endorfinlar – “baxt” garmonlarining hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bunda qo‘rquv 
hissini engish insonda o‘zini hurmat qilish, shaxsan namoyon etish darajasi 
sezilarlicha oshishi, sotsiumning elitar guruhlariga mansublikni his etishga olib 
keladi. Zamonaviy neyrobiologik tadqiqotlarga ko‘ra, alkogol va narkotikka 
moyillik shakllanishining muhim sababi endogen opiat tizimining gipofunksiyasi 
hisoblanadi. Harakat faolligi ekstremal turlarining asosiy maqsadi ruhiy 
nomukammallik (o‘z kuchiga ishonchsizlik, o‘zini etarlicha hurmat qilmaslik) 
hislarini engish; o‘z-o‘zini takomillashtirish va rivojlantirishning zarur shartlari 
sifatida sezilarlicha zo‘riqishlarga ehtiyojni shakllantirish; imkoniyati 
cheklangan kishilarda frustratsiya, depressiya holatlarida salomatlikda to‘laqonli 
hayotni his ettirish hisoblanadi. Adaptiv jismoniy madaniyatning ko‘rsatib o‘tilgan 
turlari bir tomondan,, mustaqil ko‘rinishga ega, chunki ularning har biri o‘z 
vazifalarini hal etadi, o‘z tuzilmasi, shakli va mazmun xususiyatlariga ega; boshqa 
tomondan, ular o‘zaro uzviy bog‘liq. Zero, adaptiv jismoniytarbiya jarayonida 
ikkilamchi nuqsonlarni korreksiya va profilaktika qilish maqsadida davolash 
jismoniy tarbiyasi elementlaridan foydalaniladi; rekreativ mashg‘ulotlar esa o‘yin 
faoliyati; elementar sport musobaqalariga ehtiyojni qondirish, rivojlantirish, 
o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. Ko‘pgina imkoniyati cheklangan sportchilar 
statsionar sharoitdagi jismoniy reabilitatsiyadan rekreativ sog‘lomlashtirish sporti 
va yuqori natijalar sportiga asta-sekin 
o‘tadilar. Agar sog‘lom inson uchun 


harakatlanish faoliyati har kuni amalga oshiriluvchi tabiiy ehtiyoj bo‘lsa, 
imkoniyati cheklangan kishi uchun esa yashash qobiliyatning ob’ektiv shartlari, 
mavjud usulidir(S.P.Evseev). U mustaqillik va o‘z kuchiga ishonch bag‘ishlaydi, 
bilimlar va muloqot doirasini kengaytiradi, qadriyatlarni o‘zgartiradi, ma’naviy 
dunyoni boyitadi, harakatlanish imkoniyatini yaxshilaydi, yashash faolligi, 
jismoniy va ruhiy salomatlikni oshiradi, binobarin, biologik va ijtimoiy mavqeni 
ijobiy o‘zgartirish imkoniyatlarini ochadi. Shu tariqa, 
umuman, adaptiv jismoniy madaniyat va uning hamma turlari saqlanib qolgan 
funksiyalar, mavjud sog‘lik, tabiiy resurslar va ma’naviy quvvatdan foydalangan 
holda yashash faoliyatining tabiiy rag‘bati sifatida oqilona tashkil etilgan harakat 
faolligi yordamida to‘laqonli turmush, o‘zini namoyon etish va ijod, ijtimoiy 
faollik va sog‘lom kishilar jamiyatiga integratsiyalanish uchun shaxs va organizm 
imkoniyatlarini maksimal darajada amalga oshirishga qaratilgan.

Download 443.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling