Adgeziv tizimi


Download 24.45 Kb.
bet2/2
Sana11.03.2023
Hajmi24.45 Kb.
#1262033
1   2
Bog'liq
10- mavzu

Dentinga adgeziya
Adge­ziv materiallar dentin bilan mexanik, kimyoviy usul yoki ikkala usul yordamida ulanishi mumkin. Oxirgi paytda materialning emallik adgeziyaga o‘xshagan dentin bilan mikromexanik ulanishining muhimligi tushunilmoqda. Ko‘plab tadqiqodchilarning ta’kidlashicha, dentin adgeziyasi asosan kislotalik ishlov berish natijasida aniqlangan ochilib qolgan dentinning kollagenli tolalari o‘rtasidagi bo‘shliqqa adgeziv monomerlarning kirishiga asoslangan.
Dentinni bor yoki boshqa instrument bilan preparatlashda uning yuzasida surtilgan qatlam paydo bo‘ladi, ular organik va noorganik qoldiqlardan iborat. U dentintrubkachalar probkalar xosil qilib berkitadi, va dentinning o‘tkazuvchanligini 86% pasaytiradi. Surkalgan qatlamning tarkibiga, asosan, gidroksiapatit va shikastlangan denaturlangan kollagenlik tolalar kiradi. Preparatlash paytida mexanik va temperatura ta’siri ostida kollagenli to‘qimalar ko‘pincha gel sifat konsistensiya shaklini qabul qiladi. Surkalgan qatlamning submikronlik g‘ovakligi dentinlik suyuqlikning uning orasidan diffundirlash imkonini beradi.
Kislotalar yordamida surkalgan qatlamni va probkalarni olib tashlash, kanalchalardan dentin suyuqligi diffuziyasiningko‘payishiga olib keladi. Bu adgeziyaga to‘sqinlik qiladi, chunki gidrofoblik kompozit kompozitning dentinli trubochkalarida shakllanishida xam gidrofilsubstrat bilan ulana olmaydi.
Dentinadgeziyasida gibrid qatlamining roli bir mazmunlik emas. Ayrim tadqiqotlarning mazmuni ko‘rsatishicha,dentin trubochkalarining va intertubulyardentinnning monomerlar bilan infiltratsiyasi (yoki ularning «gibridizatsiyasi») kompozitning dentin bilan ulanishi uchun katta ahamiyatga ega. Boshqa tadqiqotlarning natijalari esa: kollagenli tolalar dentinadgeziyasida katta rol o‘ynamaydi deb taxmin qilish imkonini beradi. Turli adgezivsistemalarda o‘tkaziladigan tadqiqotlar, qarama-qarshi natijalarga ega. Prime&Bond2.1 (DentsplyCaulk, Milford, Dela­ware) ni qo‘llash yordamidagi tadqiqotlar ko‘rsatishicha, kollagenli tolalarni olib tashlash dentinadgeziyasining kuchini sezilarli ko‘tarishi mumkin. One-Step (Bisco, Inc.. Schaumburg, Illinois) qo‘llash bilan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, gibrid qatlami adgeziyada xech qanday rol o‘ynamaydi. Ko‘p komponentli adgezivsistemaning All-Bond2 (Bisco. Inc., Schaumburg, Illinois) qo‘llanishi bilan tadqiqotlar aniqlashicha, gibrid qatlamining borligi yoki yo‘qligi kompozitli-dentinli bog‘lanishning emirilishiga bardoshligida aks etmaydi. O‘zini konditsionerlovchi praymerni qo‘llash bilan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, dentinadgeziyaning kuchi tishlarning restavratsiyasidan keyin 6-12 davomida, okklyuzionyuklamaga uchragan, o‘zgarmagan, plombalashdan bir yil o‘tgandan keyin, kollagen tolalari orasida joylashgan kompozit buzilishi sababli gibrid qatlamining g‘ovakligi ko‘paygan [264]. Bu tadqiqotlarda gibrid qatlami o‘zini konditsionerlovchi praymerni qo‘llash yordamida yaratilganligi bois, olingan natijalarni boshqa adgezivsistemalarga nisbatan qo‘llash mumkin emas. Biroq bu natijalar kollagen tolalar v kompozitli-dentinli birikma mustaxkamligiida katta rol o‘ynaydi degan nazariyani qo‘llaydi.
Download 24.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling