Adilov farxod abduvaliyevich


O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-nazariy, g‘oyaviy-mafkuraviy va falsafiy asoslari


Download 384.96 Kb.
bet5/84
Sana18.06.2023
Hajmi384.96 Kb.
#1560274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
yangi tarix - ҚЎЛЛАНМАохиргиси (2)

O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-nazariy, g‘oyaviy-mafkuraviy va falsafiy asoslari. Bunga quyidagilar kiradi:

    • Din bilan dunyoviylik o‘rtasida mu’tadil munosabat bo‘lishi va dunyoviylik aslo dahriylik emasligi;

    • Tarixni milliy, umuminsoniy, muqaddas xodisa hamda qadriyat deb tushunmoq;

    • Tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtai nazari va bag‘rikenglik asosida yondashish;

    • Tarixiy taraqqiyot asosini evolyusion – tadrijiy yo‘l va islohotchilik tashkil etadi deb anglamoq;

    • Tarixga milliy mentalitet nuqtai nazaridan o‘zgalar tarixiga hurmat ruhida murojaat etish;

    • Tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va jarayonlar) dialektika (Gegel) hamda sinergetika (Prigojin) qonuniyatlari asoslarida rivojlanishi haqiqat ekanligi;

    • Tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlarning joni, tani hamda g‘oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligi.

  1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik (uslubiy), ilmiy usul va tamoyillari.Ular quyidagilardan iborat:

    • Ilmiy xolislik (ob’ektivlik);

    • Tarixiy – tahliliylik;

    • Mantiqiy – uzviylik;

    • Vorislik va xronologik izchillik;

    • G‘oyaviylik va vatanparvarlik;

    • Qiyoslash, kuzatish va umumiylashtirish;

    • Baxslashish, munozara yuritish va asoslab berish;

    • Matematik hisoblash;

    • SHakllash va modellashtirish;

    • Ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrim (juz’iy)likka (deduksiya);

O‘zbekistonning eng yangi tarixi mazmun-mohiyatiga ko‘ra ilmiy va amaliy ahamyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1996 yil 13 dekabrdagi Farmoniniga ko‘ra ―O‘zbekistonning yangi tarixi‖ni tayyorlash va nashr qilish haqida‖ qaror qabul qilindi. Shu asosda 2000 yil “SHarq” nashriyotida Mustaqil O‘zbekiston tarixi (III jild) nashr qilindi. Mustaqillik davrida o‘tgan kunlarimiz alohida o‘rganishni, tadqiq etishni, ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishni taqozo qiladi. CHunki: birinchidan, istiqlol yillarida O‘zbekiston dunyo hamjamiyatida o‘ziga xos nufuzga ega bo‘ldi. Moddiy resurslari, ishlab chiqarish imkoniyatlari, aqliy va jismoniy salohiyatlariga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlar bilan tengma-teng turib, hamkorlik qilish imkoniyatlariga ega bo‘ldi; ikkinchidan, mamlakatimiz uchun og‘ir, mas’uliyatli paytda respublikamizda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorlik ta’minlandi. Respublika hukumati mana shunday ziddiyatli holatda to‘g‘ri siyosat yuritdi.
Bizning tariximiz ham, jahon tarixi ham din (aniqrog‘i dinlar) tarixi bilan uzviy bog‘liq. Ijtimoiy hayotni dindan, dinni ijtimoiy hayotdan ajratib bo‘lmaydi. Agar ajratilsa, tarixga ham, dinga ham mantiqqa ham zid bo‘ladi. Ma’lumki, sovet tarix fani tarixni soxtalashtirdi, din ilmga zid, tarixiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi degan dahriylikka amal qildi. Tarix qanday bo‘lsa, uni shundayligicha o‘rganish ustivor bo‘lmog‘i kerak. SHuning uchun ham u din bilan mu’tadil, mutanosiblik asosida o‘rganilmog‘i hozir eng asosiy zaruriyat bo‘lib turibdi. Bu esa, yoshlarni har xil din niqobidagi dinga aloqasi bo‘lmagan terroristik guruhlarga adashib kirib qolishlarining oldini oladi, shuningdek, tariximizni haqqoniy va to‘la yozilishiga imkon beradi.
Istiqlol tufayli o‘z tariximizni o‘zimiz yozish va tarix fani metodologiyasini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldik. O‘tgan davr ichida O‘zbekistonning yangi tarixi yozildi va tarix fani jadal rivojlanmoqda. Butunlay yangi ruh va mazmundagi ilmiy qarash (konsepsiya)lar paydo bo‘ldi, o‘quv qo‘llanma va darsliklar, tarixiy asarlar chop etildi. Bu o‘rinda yuqoridagi metodologik ilmiy-nazariy asos va ularning ahamiyati katta bo‘ldi.




  1. Download 384.96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling