Adim Simet va hozirgi zamon. D. Rekardo talimotining ahamyati
Download 264.83 Kb.
|
yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Ingliz klassik iqtisodiyotining mashhur namoyandasi David Rikardo (1772-1823) Petti va Smitning iqtisodiy g`oyalarini yanada rivojlantirdi. U Londonda sohibkor dallol yahudiy oilasida tug`ildi, 14 yoshidan otasiga yordamchi bo`ldi. Ikki yil Amsterdamda (Gollandiya) savdo maktabida ta'lim oldi. Yoshligidayoq birjadagi qulay operatsiyalartufayli katta boylik to`pladi (1793-1812). Boyigach, tabiiy fanlar bilan, keyinchalik siyosiy iqtisod bilan shug`ullandi. U matematika, fizika, ximiya va biologiyani mustaqil o`rgandi. D.Rikardo dastlab birja dalloli, keyinroq matematika o`qituvchisi bo`ldi, ikki marta sherif (politsiya boshlig`i) etib saylandi, 1819-1823 yillarda Angliya parlamentining a'zosi edi. Parlament minbaridan o`zining ilg`or iqtisodiy fikrlarini tarqatish maqsadida foydalandi, erkin savdoni talab etdi, proteksionizm va pul muomalasi sohasidagi davlat siyosatini tanqid qildi. Tarixiy manbalarga qaraganda, D.Rikardo 1799 yilda kurortda A.Smitning "Xalqlar boyligi..." asarini ko`rib qoladi va unda bu fanga ishtiyoq paydo bo`ladi.Bu fan bilan mashg`ulot uning uchun asosiy sohaga aylanadi. U hammani qiziqtirgan eng asosiy muammolarga javob berishga harakat qildi. U jamiyat moddiy boyligi o`sishi uchun ijtimoiy ishlab chiqarish va taqsimotning qanday sharoitlari eng qulay va optimal degan masalaga to`xtaladi. D.Rikardo yagona iqtisodiy konsepsiya asosida pul muammosi va kredit, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, soliq, yer rentasi, xalqaro mehnat taqsimoti to`g`risida funadamental fikrlar berdi. Iqtisodchi J.S.Mill bilan do`stona munosabatda bo`lgan. Smitdan keyinroq yashagan D.Rikardo sanoat inqilobi natijalarini to`laroq tushundi, uning fikrlari nisbatan teran bo`lib, klassik iqtisodni nihoyasiga yetkazdi; u sanoat davrining iqtisodchisi edi.Uning dastlabki "Oltin ajdahosi to`g`risida uch xat" (1809 y.) va boshqa asarlari pul va pul muammolarini tahlil qilishga bag`ishlandi. Millning tazyiqi bilan 1817 yilda uning asosiy asari bo`lgan "Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi" chop etildi. 1824 yilda yozilgan "Milliy bank tuzishning rejasi" asari esa uning vafotidan keyin bosilib chiqdi. Rikardo umrining oxirgi 4 yilini Angliya parlamenti a'zosi sifatida o`ziniig iqtisodiy g`oyalarini amalga oshirish uchun sarfladi.Parlamentda "non qonunlari"ni bekor qilib, iqtisodiyotni erkinlashtirish, erkin savdo va erkin matbuot, yig`ilishlar erkinligini qo`llovchi nutqlar bilan chiqqan. 1821 y. u tomondan siyosiy iqtisod klubi tashkil etilgan. Tadqiqot predmeti sifatida "daromadlar taqsimotini boshqaruvchi qonunlarini aniqlash"dan iboratidir.E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 264.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling