Adim Simet va hozirgi zamon. D. Rekardo talimotining ahamyati


Download 264.83 Kb.
bet2/3
Sana07.05.2023
Hajmi264.83 Kb.
#1439151
1   2   3
Bog'liq
yangi

Iqtisodiy o`sishning pul shakli inkor etiladi va moddiy ne'matlar yaratish asosiy deb qaraladi, bular esa faqat ishlab chiqarish sohasida yuzaga keladi va shu sababli ustuvor deb hisoblanadi. Ammo qaysi (sanoat, qishloq xo`jaligi) soha afzalligi aniq aytilmaydi. Asarning 2-kitobida dehqonchilikka kapital qo`yish yaxshiroq samara beradi deb o`qtiriladi. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan sanoat tovarlarni narxi pasayish, qishloq xo`jaligi mahsulotlari narxi esa o`sish tendensiyasiga ega deb hisoblaydi. Demak, shunday xulosa qilish mumkinki, agrar soha ustun (bu xato). Metodologik jihatdan bu tadqiqot iqtisodiy liberalizm konsepsiyasiga, ya'ni fiziokratlarning tabiiy tartibi, yanada aniqroq bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslanadi. Olim o`z asarlari va tadqiqotlarid odamlar ba'zi bir shunday tabiiy xususiyatlarga egaki, ular ijtimoiy tuzumga bog`liq emas, degan xulosaga asoslanadi. Ana shunday xususiyatlardan biri - egoizm (xudbinlik) bo`lib, odamlar o`z xo`jalik faoliyatlarida unga amal qiladilar. Ammo ayrim shaxsninggina manfaatlari jamiyat manfaatlariga mos tushadi, deb uqtiradi u. Har bir odam o`z shaxsiy manfaatini ko`zda tutadi, ammo bu holatda ko`p boshqa holatlardagi kabi, u "ko`rinmas qo`l" tomonidan uning niyatida ham bo`lmagan maqsad sari yo`naltiriladi...

Bunda u ongli ravishda xususiy manfaatlarga intilganidan ko`ra ko`proq haqqoniy ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. "Ko`rinmas qo`l" - bu obyektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. Bu qonunlar odamlarning xohish-irodasidan qat'i nazar, odatda unga qarama-qarshi harakat qiladi. Har bir odam ko`proq foyda olish uchun kapitalni imkoni boricha qulay ishga joylashtirishga urinadi, chunki u jamiyatning emas, balki avvalo o`zining shaxsiy manfaatini ko`zlaydi.

XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida klassik iqtisodiy maktab to`la shakllandi, bu britaniyalik olim A.Smit tomonidan amalga oshirildi. Bu tasodifiy voqea bo`lmay, shu davrda Angliyada obyektiv shart-sharoitlar mavjud edi: burjua inqilobi manufakturadan fabrikaga o`tilishi, agrar islohot, kapitalning dastlabki jamg`arilishi, sinfiy va mulkiy differensiatsiya va boshqalar.


Download 264.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling