Adl ila olam yuzin obod qila…


Download 132.14 Kb.
bet2/21
Sana06.04.2023
Hajmi132.14 Kb.
#1330593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ma\'naviyat o\'quvi

Kelib ayni inson-u insoni ayn,
Jahon vorisi Shoh Sulton Husayn.
Ki to bo‘lsa gardung‘a davvorliq,
Anga boqiy o‘lsun jahondorliq.
Xaloyiqqa bu shahdin o‘lsun nishot,
Dame bo‘lmasun xoli andin bisot.
“Mahbub ul-qulub”da ham, “Munshaot”da ham “Bir soatlik adolat ikki dunyo (insonlar va jinlar dunyosi) ibodatidan yaxshiroq” hadisini keltirib, adolatning maqomi qay darajada ulug‘ ekanligini ta’kidlaydi shoir. Alisher Navoiy tili zolim, johil, fisq-u fasodchi podshohlar haqidagi to‘rtinchi faslda o‘tkir tig‘ kabi jaranglaydi. Uni shunday yakunlaydi:
“Tengri mundoq balolarni Adam chohidin vujud taxtgohig‘a kelturmasun va yo‘qluq zindonidin borliq shahristonig‘a yetkurmasun».

She’riyattuyg’ular gulshani, davrning aks sadosi. Unda shoir nigohi bilan borliq va olamni tuyishning qalb o’rtanishlari aksini ko’rish mumkin. Xalq ruhiga ozodlik, vatanparvarlik tuyg’ularini singdirishda she`riyatning roli va o’rni beqiyosdir. She`riyat o’ziga xos timsollar, ramz va istioralar, ohanglar orqali kishi ruhida shunday buyuk tuyg’ular uyg‗otadiki, ularni qilich va qurol kuchi bilan ham yo’q qilib bo’lmaydi. Shaxs omili davrni, jamiyatni yangilashga, unga yangi ruh va kayfiyat bahsh etishga doimo intiladi. Bu har qanday zamon va makon bo’lmasin shaxsga xos xususiyatdir va shu bilan birga zamon va makon bilan ham bir-birini taqozo etuvchi omil hamdir. Ko’rib turgan real voqelikni qayta yangilash ishtiyoqi, ayniqsa, ijodkor shaxsida yaqqol namoyon bo’ladi. Ijodkor asari – she`rida o’z qalb to’lqini va epkinlariga hamohang u yashagan davrning shiddatli ritmi aks etib bo’y ko’rsatib turadi. Erkin Vohidov o’zbek xalqi qalbida sermazmun she`rlari bilan chuqur iz qoldirgan, o’z ijodida Vatanga bo’lgan muhabbatni tarannum etgan vatanparvar shoirlarimizdan biri, noyob iste`dod sohibidir. Erkin Vohidov asarlarining mavzu, ma`no doirasi keng. Uning ijodida Vatan, xalq tarixi, taqdiri tasviri, ona yurti, uning boy, shonli tarixi bilan faxrlanish tuyg’usi muhim o’rin tutadi. Shoir she`rlarida vatanparvarlik, vatanga sadoqat ruhi furib turadi. Bu tuyg’u, ayniqsa, ―O’zbegim‖ qasidasida o’zining yorqin ifodasini topdi. 60-yillarda ―O’zbegim‖ qasidasi shoir she`riyatining eng avj pallasi bo’lgan. Darsliklardan joy olgan bu asar millatning sha‘ni-g’ururi toptalgan, tarix darsliklarida xalqimizning shonli o’tmishi qora bo’yoqlar


bilan bo’yalgan, har tongda kuylanadigan davlat madhiyasi ulug’ otaga, partiyaga hamdu sanolar bilan boshlanadigan zamonlarda kechmishning shonli sahifalarini ulug’lovchi 
O’zbegim qasidasi g’ayrirasmiy milliy madhiyaga aylandi. Shu tariqa O’zbegim‖ 60-yillari birin-ketin chop etilgan beshta she`rlar to’plami, ―Nido, ―Palatkada yozilgan doston‖lardagi ijodiy izlanishlarning muayyan yakuni bo’ldi. Qasidani o’qir ekansiz, o’zbekning Pomiru Tyanshonga tengdosh, Ming asrlar ichra pinhon tarixi birma-bir ko’z oldingizdan o’tadi. Qasidaning ilk satrlaridanoq vatanga, o’zbek xalqi, uning buyuk 
tarixiga bo’lgan muhabbat, hurmat-ehtirom, g’urur va iftixor tuyg’ulari yaqqol sezilib turadi: 
Tarixingdir ming asrlar 
Ichra pinhon o’zbegim 
Senga tengdosh Pomiru 
Oqsoch Tyanshon, o’zbegim. 
O’zbekning tarixi ming yillar davomida pinhon bo’lib keldi. U Pomiru 
Tyanshan tog’lari bilan tengdosh. Ularning sir-sinoatlari kabi yurtimizning sir-
sinoatlari shunchalik ko’pdir. 
Afrosiyob Samarqandning qadim yodgorligi. Biz ko’rmagan asrlarni ko’rgan 
Afrosiyob o’zbeklarning buyuk o’tmishini so’ylasin deya o’zbekni tarix 
shodasining bitta marjoniga qiyoslaydi. 
So’ylasin Afrosiyobu 
So’ylasin O’rxun xati 
Ko’hna tarix shodasida 
Bitta marjon, o’zbegim. 
Tariximizga, adabiyotimiz tarixiga bir nazar tashlaydigan bo’lsak, yetuk 
shoir-u, shoiralarimizning ijod namunalarini ko’rib ulug’ iqtidor egalarining 
avlodlari ekanliginmizga yana bir karra amin bo’lamiz. Ammo ana shunday iqtidor egalari hayot so’qmoqlarida zamon qurboniga aylanishdi. O’zbekning erkin malikasi, buyuk shoira Nodira va uning fojiasi o’tmishimizning bir guli so’lishini Erkin Vohidov mahorat bilan tasvirlagan. She`riyatning gulshanida So’ldi mahzun Nodira Siym tanni yuvdi ko’z yosh, Ko’mdi armon, o’zbegim. Buyuk shoir Firdavsiy ―Shohnoma‖ asarining muallifi. U ―Shohnoma asarida xalqlar tarixini yoritgan, ammo shoir e`tiroficha, mingta Firdavsiy ham 
o’zbek xalqining buyuk o’tmishini qog‗ozga solishga ojizlik qiladi. O’zbekning 
buyuk tarixga ega ekanligini ko’rsatib, bir bor chekkan ohini mingta dostonga 
qiyoslaydi. 
Tarixing bitmakka xalqim, 
Mingta Firdavsiy kerak. 
Chunki bir bor chekkan ohing 
Mingta doston, o’zbegim. 
So’z mulkining sultoni Alisher Navoiyning ulug’ligini yana bir bor bayon 
qiladi. Yurtimiz hech bir yurtdan kam emas. Uning buyukligini dunyoga 
ko’rsatuvchi ulug’ ajdodlari, Navoiydek siymolari bor. Bundan faxrlanmaslikning, 
ko’ksi osmon bo’lmaslikning hech iloji yo’q. 
Menga Pushkin bir jahonu 
Menga Bayron bir jahon. 
Lek Navoiydek bobom bor 
Ko’ksim osmon, o’zbegim. 
Shoir o’z qasidasini xalqiga armug’on etib, bu uning bergan oq sut-u tuz 
hurmati ekanligini ta`kidlaydi. Bu bilan Vatanni Onaga qiyos etgan bo’lsa 
ajabmas.
Bu qasidam senga, halqim, 
Oq sut-u tuz hurmati. 
Erkin o’g’lingman qabul et, 
O’zbegim, jon o’zbegim
She`rda yurtiga bo’lgan cheksiz muhabbati, ojiz kunlariga achinish hissi, 
buyuk insonlaridan faxrlanish o’zbekligidan g’ururlanish tuyg’ulari aks ettirilgan. 
Vatan nima o’zi aslida?!... Biz tug’ilib o’sgan tuproqmi?! Zamin yo 
hududmi?! Shunday bo’lsa, u nimasi bilan muqaddas va mo’tabar, nimasi bilan 
qutlug’ va ulug’?! Nega inson uni qadriyat sifatida e`tirof etadi? Shoir qalbida 
bunga javoban yana bir she`rida quyidagi misralar yangraydi: 
Yo’q, mo’tabar emas asli er, 
Qutlug’ emas tuproq hech qachon. 
Muborakdir inson to’kkan ter, 
Mo’tabardir qutlug’ toza qon
Aslida yerning, tuproqning mo’tabar va hech qachon qutlug’ emasligini 
e`tirof etayotgan shoir bu tuproq, yer-u zamin inson omili bilan bog’liq ekanligini 
ta`kidlaydi. Zaminu yer, bu tuproq inson to’kkan ter, ya`ni insonning shu Vatan
uchun, tug’ilib o’sgan yurt, diyori uchun chekkan zahmatlari, ko’rsatgan 
fidoiyliklari, qahramonliklari, nainki uning tug’ilib o’sgan go’shasi, balki umri 
davomida Vatan deb atalmish ma‘voni tushunish u uchun bosib o’tilgan yo’lning 
inson bilan chambarchas bog’liq holda anglanishini ta`kidlaydi. Yeru tuproqning 
muqaddas va mo’tabarligi, qutlug’ va ulug’ligi sababini ajdodlarining tuproqqa 
to’kilgan teri va qoni barobarida tushuntiradi. 
Erkin Vohidovning 1974-yilda yozilgan ―O’zbekiston she`ri Sovet O’zbekistonining 50 yillik yubileyiga bag’ishlangan faxriya bo’lib, she`rning 
ibtidosidanoq anglashilib turibdi. Shoir tug’ilib o’sgan yurtining to’yi, shodiyonasi 
sabab qo’lga qalam olganligini, yurtining vasfini qog’ozga tushirayotganligini ilk 
misralardayoq aytib o’tadi. 
Yurtim, 
Seni yana oldim qalamga 
To’ying, shodiyonang bahona bo’lib 
Yana kelib qo’nding tonggi misramga 
Falak nisor etgan durdona bo’lib. 
Iqbol peshonamga bitgan oshyonim — 
O’zbekistonim. 
1924-yil 31-oktabrda O’zbekiston SSR Inqilobiy Komiteti (revkom) tuzildi, 
u O’zbekiston respublikasi tuzishni boshqarib bordi . ―Asli ellik emas, ellik 
ming yoshing‖ deganda shoir sho’ro hukumati tomonidan 1924 yilda tashkil 
etilgan O’zbekistonning yoshi, tarixi uzoq moziylarga qadar ekanligini ―ellik ming 
yoshing tarzida ifoda etib o’tadi.
Asli ellik emas, ellik ming yoshing, 
Kechmishing tarixlar nariyog’ida. 
To’marisdek ona Kayxisrav boshin 
Qon to’la sanochga solgan chog‗ida, 
Spitamen kamon tutib dastida 
Maroqandni saqlab turganda uzoq, 
Yovni adashtirib o’lim dashtida 
Ko’krak ochib qah-qah urganda Shiroq, 
Hali o’zbek emas, lekin olamga 
Mashhur eding soqu sug’d ona bo’lib. 
Iskandarni majruh etgan kamonim — 
O’zbekistonim. 
Yurtning shonli tarixga ega ekanligini tilga olib, elu ulusi, vatani, xalqi 
uchun jon fido etgan, mard, jasur, elining asl qahramonlarni bir-bir tilga olib 
o’tadi. 
Shoir Ona yurtini ―Iqbol peshonasiga bitgan oshyonga, jahon ichra tengsiz 
jahonga, alp pahlavonga, Iskandarni majruh etgan kamonga, buyuklar tan bergan 
buyuk dostonga, Barchinning ko‗ksida qolgan armonga, Barnodek, Anbardek dili 
so’zonga, do’stlik ipak yo’li ochgan karvonga, parvonadek kuyib o’rtangan jonga, 
taqdir sahrosida zoru sarsonga, kulib turgan, yorug’, munis makon‖ga qiyoslab, 
unga ―o’lkam, onajonim, yuragim, jonim‖ deya murojaat etadi o’z yurtidan yuksak 
faxr hissini tuyadi. Shoir baxti shundaki, uning har bir asari qa‘ridan san`atkorning
betakror uslubi, ovozi, o‗zligi aniq, tiniq bilinib, eshitilib, ko‗rinib turadi. Vatan
mehri, Vatan sog’inchi, Vatan borligi uchun tinmay mehnat qilib, elu yurtga foydasi 
tegadigan inson bo’lishni xohlaydi. Erkin Vohidov o’zbek adabiyoti uchun o’ziga xos ijod maktabini yaratdiki, bu maktab xalqimiz tomonidan qizg’in qarshi olindi. Xalqchil
ohanglarga yo’g’rilgan bu maktab davr muhitini yorib o’tib, xalqimiz qalbiga yetib bordi va elimizning eng ardoqli ma`naviy xazinasiga gavhar bo’lib qo’shildi. Uning 
yozganlarida insonlar ruhining tub tubigacha yetib boruvchi samimiy ohanglar 
ufurib turadi. Bu ohanglar xalqchil ruh bilan sug’orilgan bo’lib, xalqning 
ma`naviyatini yuksalishiga xizmat qiluvchi qimmatbaho bir manbaga aylanib 
ulgurdi. Vatan madhini kuylagan, yurt, xalq dardini o’zining dardi deb bilgan va 
o’z ijodida takrorlanmas satrlarda ifoda eta olgan shoir sifatida yuksak cho’qqilarni 
zabt etdi. 


Download 132.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling