Adl ila olam yuzin obod qila…


Manfaatlar to’qnashuvi: uning oldini olish, bartaraf etish yo’llari


Download 132.14 Kb.
bet3/21
Sana06.04.2023
Hajmi132.14 Kb.
#1330593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ma\'naviyat o\'quvi

Manfaatlar to’qnashuvi: uning oldini olish, bartaraf etish yo’llari

Ma’lumki O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonunida manfaatlar to'qnashuvi tushunchasi belgilangan. Ushbu Qonunga muvofiq manfaatlar to'qnashuvi deganda shaxsiy manfaatlar (to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita) shaxsning rasmiy yoki xizmat vazifalarini lozim darajada bajarishiga ta'sir qiladigan yoki ta'sir qilishi mumkin bo'lgan va shaxsiy manfaatlar va fuqarolar, tashkilotlar, jamiyat yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o'rtasida ziddiyat kelib chiqadigan yoki yuzaga keladigan vaziyat tushuniladi.


O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev "Facebook"dagi sahifasida Bosh prokuraturada Korrupsiyaga qarshi kurashda idoralararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi haqida post qoldirdi.
«Prezidentimiz korrupsiyaga qarshi kurash eʼlon qilganda, ayrimlar hayolida yana katta minbarda aytilgan umumiy gap, degan fikr paydo bo‘ldi, ayrimlar esa buni oxirgi ogohlantirish sifatida jiddiy qabul qilmadi. Lekin oxirgi yil natijalari, korrupsiyaga qarshi eʼlon qilingan kurash — Yangi O‘zbekiston — ochiq O‘zbekiston amaliyotiga to‘liq mos kelishini ko‘rsatdi. Davlat tashkilotlari hamda tadbirkorlikning barcha bo‘g‘inlarida korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash olib borilayotganligi namoyon etildi.
Qancha rahbarlar va tadbirkorlar o‘zlarining qilmishlariga yarasha jazo oldilar va eng muhimi (!!!) bu holatlar ochiqdan ochiq OAV orasida keng muhokama qilinishi boshlandi. Bundan bir necha yil oldin bunaqa qing‘ir ish uchun jazo belgilanganda bu ishlar oshkor qilinmasdan yopdi-yopdi bilan o‘tib ketardi va natijada xalq nima uchun u yoki bu rahbar, tadbirkor ishdan ketganiga turli taxminlarni bildirardi.
Lekin bu kurashda biz ham befarq bo‘lishimiz kerak emas. Yangicha fikrlashga tezroq o‘tishimiz kerak, korrupsiyaga undovchi omillarni ochiqchasiga muhokama qilib biz ham umumiy kurashga qo‘shilishimiz kerak. Maishiy korrupsiyaga befarq bo‘lmasligimiz zarur. Nima uchun yangicha fikrlash muhim — yoshlarimizda hashamatli uy-joy va mashinani “amallagan”, dabdabali to‘y-hashamlarni ko‘z-ko‘z qiladigan va ishga-o‘qishga kirishda “tanklar” borligidan faxrlanishlariga chek qo‘ymog‘imiz kerak.
Endi vaziyat o‘zgardi. Ochiqlik prinsipi eʼlon qilindi. Endi aybdorlar nafaqat jinoiy javobgarlikka tortilyapti, balki butun xalq oldida ismi va kirdikorlari oshkor etilib, tegishli bahosi berilyapti. Ushbu jinoyatlarni ochiqdan-ochiq eʼlon qilib, korrupsiyani bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlarni yakuniga yetkazish hamda ularning ildizlariga bolta urish uchun davlat rahbarimizda katta istak va kuchli siyosiy iroda mavjudligi ko‘ryapmiz.



Download 132.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling